Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha


Download 245.54 Kb.
bet29/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi.
Fe’lning orttirma nisbat qo‘shimchasi –dir qo‘yidagicha yoziladi: a) jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda –tir, shaklida yoziladi: bo‘shat+dir>bo‘shattir, ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi; b) jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel so‘zi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda –tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq, cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq, sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir> uzaytirmoq kabi.
QO‘SHMA SO‘ZLARNING IMLOSI
I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi:
1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlardan biri qatnashgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi.
2. Ikkinchi qismi –ar (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.
3. O‘xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo‘shma otlar va qo‘shma sifatlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi.
4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling