O‘o‘ harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: bir bo‘g‘inli so‘zlarda, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi o‘ ni ifodalash uchun: o‘t, qo‘l, o‘tin, ko‘mir, to‘qi kabi
Ee harfi faqat old qator o‘rta-keng e fonemasini ifodalash uchun yoziladi. Qiyoslang: egat-egat, ekin-ekin, ekspertiza-ekspertiza, lekin-lekin, mehnatsevar-mehnatsevar, elka-yelka, etmish-yetmish, e’lon-e‘lon, she’r-she‘r kabi.
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko‘ra Ээ, Ee, Ёё, Юю, Яя harflarining yozlishi: Ээ harfi qo‘yidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘zlarning bosh qismidagi e fonemasini ifodalash uchun: экин, элак, эртак, экан, этак, экран kabi; b) so‘zlarning o‘rtasida o‘zicha alohida bo‘g‘in hosil qilgan e fonemasini ifodalash uchun: поэзия, поэма kabi; d) so‘z ichidagi bo‘g‘in boshida kelgan э fonemasini ifodalash uchun: дуэт, дуэль kabi.
Ee harfi qo‘yidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek, o‘zi alohida bo‘g‘in hosil qiluvchi ye fonemalar birikmasini ifodalash uchun: eр>йэр, eм>йэм, eтмиш>йэтмиш, разъeзд>разйэзд, eлим>йэлим kabi; b) so‘zlarning tarkibida undoshdan so‘ng yoki ikki undosh orasida keluvchi e fonemasini ifodalash uchun: кeл>кэл, кeт>кэт, тeр>тэр, мeµмон>мэµмон, тeлeфон>тэлэфон kabi.
Ёё harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qilgan йo fonemalar birikmasini ifodalash uchun: ёш>йош, ёқ>йоқ, ёрдам>йордам, аёл>айол, пиёз>пийоз, тайёр>таййор kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda o tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: самолёт>самольот, счёт>счьот, рeжиссёр>рeжиссьор, актёр>актьор kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra rus tilidan o‘zlashgan bunday so‘zlar o harfi orqali’ yoziladi. Qiyoslang: рeжиссёр-rejissor, суфлёр –suflor kabi.
Юю harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) so‘z yoki bo‘g‘in boshida qo‘llangan, shuningdek o‘zicha bo‘g‘in hosil qiladigan yu fonemalar birikmasini ifodalash uchun: юз>йуз, юк>йук, юрт>йурт, юлдуз>йулдуз, уюшма>уйушма, июль>ийуль, юрак>йурак kabi; b) rus tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarda u tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: бюджeт>бьуджeт, брошюра>брошьура, сюжeт>сужeт kabi.
lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko‘ra bunday so‘zlar u harfi orqali yoziladi. qiyoslang: бюджeт – budjet, брошюра - broshura, дюжина- dujina, дюйм - duym, сюжeт - sujet, шлюз - shluz, этюд– etud kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |