Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Amaldagi imloga ko‘ra йилдан – йилга, кундан – кун, кундан - кунга


Download 245.54 Kb.
bet31/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

2. Amaldagi imloga ko‘ra йилдан – йилга, кундан – кун, кундан - кунга kabi birikmalar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shunga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidalashtirilgan.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan kundan kunga, yildan yilga kabilar shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko‘pdan ko‘p, ochdan och kabi birikishlarning chiziqchasiz yozilishi belgilab qo‘yilgan.
Qiyoslang:
Йилдан-йилга - yildan yilga
Кундан-кунга - kundan kunga
Наридан-бeри - naridan beri
Тўғридан-тўғри - to‘g‘ridan to‘g‘ri
Кўпдан-кўп - ko‘pdan ko‘p
Тeкиндан-тeкин - tekindan tekin
Янгидан-янги - yangidan yangi
Очиқдан-очиқ - ochiqdan ochiq


3. Amaldagi imlo qoidalariga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha qo‘yilmaydi: 2003 йил, 1 сeнтябрь kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yib yozish belgilab qo‘yilgan.
Qiyoslang:
2003 йилнинг 9 сeнтябри - 2003 –yilning 9 –sentabri kabi.
4. Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi: qop-qora, yam-yashil, yap-yapaloq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug‘ kabi.
5. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida o‘zlashgan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injener–konstruktor, gramm-molekula, kilovat-soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi.
III. Ajratib yozish.
1. Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: imzo chekmoq, ta’sir etmoq, vafo qilmoq, sotib olmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq kabi.
2. Belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi och, to‘q, tim, nim, liq, jiqqa, lang kabi so‘zlar bilan kelgan sifat turkumiga oid so‘zlar ajratib yoziladi: och qizil, to‘q qizil, tim qora, nim pushti, liq to‘la, jiqqa ho‘l, lang ochiq kabi.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling