Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko‘chiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang


Download 245.54 Kb.
bet33/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

3. Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko‘chiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: Кў-нгил, тонг-ги, си-нгил; помe-шчик, мe-шчан; ma-shaqqat, ke-chuv, kech-qurun, tong-gi, so‘ng-ra, pome-shik, me-shchan kabi.
4. Kirill yozuvidagi imloga ko‘ra ayirish, yumshatish belgilari oldingi bo‘g‘in bilan qatorda qoldiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: суръ-ат – sur’-at, суль-фат - sul-fat, разъ-eзд - raz-yezd, маъ-руза - ma’ruza kabi.
5. Bosh harflardan tuzilgan qisqartma otlar, ko‘p xonali raqamlar ikkinchi qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi: O‘zMU, BMT, AKT, 155, 2003, XXIX kabi.
6. Ism va familiyalarning harfiy qisqartmalari ajratib ko‘chirilmaydi: I. O. Sultonov, A. B. Ahmedov kabi.
BOSH HARFLAR IMLOSI
Orfografiya qoidalariga ko‘ra bosh harflar quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1. Abzas, gap, she’rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi.
2. Atoqli otlar bosh harf bilan boshlanadi: Alisher Navoiy, G‘afur G‘ulom, Toshkent, O‘zbekiston kabi.
3. Planeta va yulduzlarning nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Yer,Quyosh, Oy, Mars, Hulkar kabi. Ammo Yer, Quyosh, Oy so‘zlari planeta ma’nosidan boshqa ma’nolarda kelganda kichik harf bilan boshlanadi. Qiyoslang: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; Hamma bir yerga to‘planib, kelasi oyning rejasini tuzib oldik.
4. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarning, xalqaro tashkilotlarning nomlaridagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi kabi.
5. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Madaniyat fazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Til va adabiyot instituti kabi.
6. Madaniy- maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq- ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshoatlariga qo‘yilgan nomlar bosh harflar bilan boshlanadi: «Saodat» drammasi, «Navruz» xayriya jamg‘armasi, «Toshkent» mehmonxonsi, «Qutlug‘ qon» romani, «Paxtakor» stadioni, «Dilorom» operasi kabi.
7. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh har bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramozon hayiti, Navro‘z bayrami kabi.
8. Davlatning oliy darajali mukkofotlari nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: «O‘zbekiston Qahramoni» (unvon), «Oltin Yulduz» (medal).
Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: «Sog‘lom avlod uchun» (orden), «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» (faxriy unvon), «Matbaa aloqachisi» (nishon) kabi.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling