Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 245.54 Kb.
bet41/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

Ilmiy maqola- fan muammolari bilan shug‘ullanadi, unda obyektivlik, mantiqiy izchillik aniqlik, isbot yaqqol ko‘zga tashlanishi shart.Ilmiy maqola muayyan soha mutaxassislarini bilimini oshirishga qaratiladi, unda bugungacha fanda hal etilmagan muammoning mohiyatan dolzarb sanalgan bir yoki ikki qirrasi tekshiriladi. (hamma qirrasini o‘rganish monografiyaning vazifasidir).Fikrlar, mulohazalar eng tipik misol, faktik material, formula, qonun bilan isbotlanadi. Siqiqlik, qisqalik, asosiy xulosani tushunarli va ishonarli qilib bayon etish olimlik salohiyatining sifat belgisi sanaladi.Har qanday kichik ishda ham inson fikri charxlanadi, o‘tkirlashadi.
Tadqiqotchi har kungi vaqtini reja bilan, o‘rinli sarflashga o‘rganishi lozim. Kun tartibi tuzib, har bir ishga zarur darajada vaqt ajratishi, bunda ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun har kuni albatta maxsus vaqt belgilashi kerak. Agar ana shunday kun tartibiga muntazam amal qilib borilsa, qilingan mehnat samarali bo‘ladi, barcha ishlarga vaqt ham topiladi.
Jurnalistlik kasbi yoza olish mahoratidan boshlanadi. Agar u risoladagidek yoza olmasa, demak, voqealarni tomoshabinga tushunarli tarzda yoritib bera olmaydi. Qachonki yozishni o‘rganganda esa nima haqida yozishni bilish muhim. Tasvir uchun matn yozishning ikki usuli mavjud. Birinchisi mutaхassislar talqinida «amerikacha usul» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, jurnalist avval matn yozadi, keyin esa unga mos tasvirni topadi. Ikkinchi usul ham borki, buni mutaхassislar professional usul deb bilishadi. Bu usulga ko‘ra, dastlab kadrlar teriladi, montaj qilinadi va shundan keyingina matn yozishga kirishiladi. Natijada birinchi usulga nisbatan mukammal, professional matnga ega bo‘lish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Birinchi uslubda matnga moslab montaj qilingan videoga nisbatan ikkinchi uslubdagi tasvirlar tomoshabin e’tiborini ko‘proq jalb qiladi. Sabab esa televideniyeda tasvirning birlamchiligiga borib taqaladi.
Tomoshabin e’tiborini jalb qilish uchun videoyozuvga «to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etish» mumkin. Masalan, «mana bu» so‘z birikmasini qo‘llash barobarida biror-bir narsaga tomoshabin e’tiborini qaratsa bo‘ladi: «O‘z bilimiga ishonmaydigan ba’zi abituriyentlardan mana bunday “shpargalka”lar imtihon boshlanishidan oldin olib qo‘yildi». Bu kabi videotasmaga bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat tomoshabinni tasvirdagi eng muhim elementga e’tibor qaratishga chaqiradi. Jurnalist o‘z materiali ustida ishlayotganda albatta uning asari «o‘tkinchi» bo‘lmasligiga, shunchaki efir vaqtini to‘ldirish uchungina kerak bo‘lmasligiga umid qiladi, uni tomoshabinlar, hamkasblari baholashini, u odamlarning esida qolishini, ularning fikrlari, qarashlari, faoliyatlariga ta’sir etishini хohlaydi. Lekin negadir ba’zi ko‘rsatuvlar, dasturlarni tomoshabin shunchaki tasodifan ko‘radi va shu zahotiyoq unutadi, yana qaysilarinidir biroz e’tibor bilan ko‘radi, uchinchilarini esa diqqat bilan kuzatadi, o‘ylaydi va o‘z tanishlari bilan ham muhokama qiladi. Bu esa jurnalistning qay tarzda yoza olishi, mahoratiga borib taqaladi.
Jurnalist telematn yozish davomida bir qancha bosqichlardan o‘tishi lozim. Quyida axborot dasturlari uchun yoziladigan telematn tayyorlash bosqichlarini ko‘rib chiqamiz:

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling