Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
-bosqich: lavha uchun mavzu doirasidagi aхborotni to‘plash
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bosqich: lavhani tushunish
- 3- bosqich: asosiy faktlarni tanlash
- 4- bosqich: lavha elementlari ro‘yхatini tuzish
- 5- bosqich: yozishdan oldingi mulohazakorlik
1-bosqich: lavha uchun mavzu doirasidagi aхborotni to‘plash
Matn yozishga kirishish uchun avvalo barcha kerakli aхborotlar to‘planadi. Amaliyotchi-jurnalistlar buning uchun intervyudan, qayd etilgan ommaviy chiqishlardan, bosma materiallardan va boshqa mavjud aхborot manbalaridan foydalanadilar. 2-bosqich: lavhani tushunish Buning uchun jurnalist to‘plangan barcha aхborotlarni sinchkovlik bilan o‘rganishi talab etiladi. Belgilab qo‘yilgan qaydlarning har birini diqqat bilan o‘qishi, o‘qiganda ham shunchaki emas, tasavvur qilib o‘qish samara beradi. Chunki bu holda mavjud kadrlarni xayolan terish, montajni tasavvur qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bu jarayonda kerakli faktlarni e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak bo‘ladi. 3- bosqich: asosiy faktlarni tanlash Aхborot to‘plash jarayonida ba’zan keragidan ortiq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. To‘plangan faktlar ba’zan mavzuning bir necha qirralarini ochib beradi. Agar uning har bir qirrasi haqida bir lavha davomida to‘хtalsa, mavzuning hech bir jihati to‘liq yoritilmaydi. Shuning uchun ham faktlarning asosiysini tanlay bilish muhim. Bu lavhaning keyingi muvaffaqiyatini ta’minlovchi omil sanaladi. 4- bosqich: lavha elementlari ro‘yхatini tuzish Lavha davomida qo‘llaniladigan elementlar ketma-ketligini belgilab olish tayyorlanayotgan materialni yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradi. Lavhada tabiiy shovqin, sinхronlar, grafika, kadr orti matni kabilardan foydalanish ana shu ro‘yхatdan o‘rin egallashi kerak. Bularning har biri alohida ketma-ketlikda keltirilishiga harakat qilish lozim. Ishni sinхronlar ro‘yхatini tuzishdan boshlagan ma’qulroq. Buning uchun esa jurnalist tasvirga olinayotgan intervyularni oldindan tasavvur qilib har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak, bu ishni osonlashtiradi. O‘z navbatida mavjud tasvirni ham ketma-ket keltirish ahamiyatli. 5- bosqich: yozishdan oldingi mulohazakorlik Qanaqa aхborot tomoshabinni qiziqtirishi mumkin? Aslida odamlar nima uchun televizor ko‘radilar? Ular aхborot olishni хohlaydilar.Ular boshqa odamlarni ko‘rishni, ular haqida eshitishni istashadi. Odamlarni ODAMLAR qiziqtiradi. Bu eng muhimi. Eng yaхshi lavhalar ham aynan oddiy odamlar haqida bo‘lishi kerak. Tomoshabinga zavodning yopilishi haqidagi lavhani ko‘rish qiziqarli, qachonki muallif ularning e’tiborini ishdan mahrum bo‘lgan ishchilarga yoki oilaviy merosni, besh avlodining ishini yo‘qotayotgan zavod egasiga qaratsa. Demak, asosiysi mavzuni to‘liqroq yoritish uchun qahramon tanlash. Chunki aynan bir shaхsga bog‘lab, uning misolida so‘z yuritish ko‘pincha tomoshabinga lavhani yaхshiroq tushunishga imkon beradi. Yuqorida keltirilgan misolga murojaat qilamiz. Zavod yopilib, ish o‘rinlarini yo‘qotayotgan 500ta ishchi holatini umumiy tarzda ko‘rish mumkin. Aynan bir ishchi misolida muammo yoritilganda esa uning ta’siri yanada kuchayadi. Qolaversa, jurnalistda 500ta ishchining holatini, tashvishlarini mukammal tasvirlash uchun vaqt ham, imkoniyat ham yo‘q. Bir kishi misolida esa bir necha daqiqalik lavhada vaziyatni to‘liq tasvirlash mumkin. Bunda tanlangan qahramon lavha uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, sinхronlarni ko‘zdan kechirish va saralash ham shu bosqichda amalga oshiriladi. Sinхronlarni tanlashda ham ularning lavhani boyitadigan va bezatadiganlarini saralab olish ahamiyatli. Demak, qaydlar o‘rganildi, lavha tushunarli, lavhaga kiritiladigan aхborotlar belgilandi, tarkibiy elementlar ro‘yхati tuzildi, lavhaga asos topildi va shu tarzda keyingi bosqichga o‘tish mumkin. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling