Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


-MAVZU: SOHAVIY TERMINLATNING LEKSIK XUSUSIYATLARI. ILMIY USLUB. SOHAVIY TERMINLARNI QO‘LLASH USULLARI


Download 245.54 Kb.
bet40/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

6-MAVZU: SOHAVIY TERMINLATNING LEKSIK XUSUSIYATLARI. ILMIY USLUB. SOHAVIY TERMINLARNI QO‘LLASH USULLARI.
Reja:
1. Sohaga oid atamalar haqida ma’lumot
2.Sohaviy leksikada ma’nodoshlik, shakldoshlik, ko‘p ma’nolilik munosabatlarining namoyon bo‘lishi.
3. Ilmiy-ommabop matnlar
4.Sohaviy terminlarni qo‘llash xususiyatlari.
5.Lug‘atlar.Lug‘atlarning turlari.Qomusiy va lingvistik lug‘atlar.
6. Maqola, tezis, taqriz, annotatsiya, rezume matniga qo‘yiladigan talablar.

Har qaysi fanda ma’lum ilmiy tushunchalarni ifodalovchi o‘ziga xos so‘zlarga duch kelamiz. Masalan, kimyo fanidagi suv so‘zining ma’nosi umumxalq tilida qo‘llaniladigan suv so‘zining ma’nosidan farq qiladi. Xuddi shunday holatni temir, oltingugurt, oltin singari so‘zlarda ham kuzatish mumkin. Bundan tashqari, turli kasb-hunar tarmoqlarida ham umumxalq tilidan ma’nosi chegaralab olingan so‘zlar qo‘llaniladi. Masalan, chevarchilik sohasidagi suv so‘zining ma’nosi umumxalq tilidagi suv so‘zining ma’nosidan tamomila farq qiladi. Shuningdek, duradgorlik sohasida ishlatiladigan qosh so‘zining ma’nosi umumxalq tilidagi qosh so‘zining ma’nosidan yanada boshqacharoq. Atamalar o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari negizida hosil qilinishi bilan birga, boshqa tillardan ham tayyor holda olinadi. Masalan, menejment, konsalting kabi.


Atamashunoslikning o‘rganish birligi atamalar (terminlar)dir. Наr bir fan, kasb-hunar tarmog‘i atamalarsiz ish ko‘ra olmaydi. Shuning uchun atamashunoslik muammolari faqat tilshunoslikninggina muammosi bo‘lib qolmay, u barcha fan va kasb-hunarning ham asosiy masalalaridandir.
Atamalarni mumkin qadar milliylashtirish, tilimizning ichki imkoniyatlaridan atamalar yaratishda unumli foydalanish (kichik korxona, jamoa xo‘jaligi, tadbirkor, qo‘shma korxona kabi), shu bilan birga, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnik taraqqiyotimizga doir yangi tushunchalarni ifodalovchi chet tilidan kirib kelgan atamalarni ham zarur hollarda qabul qilish (kompyuter, fermer, dizayn) hozirgi atamashunosligimizning bosh tamoyili sanaladi. Shuning uchun ham xalq o‘rtasida keng iste’molda bo‘lgan radio (ovoznigor emas), aeroport (tayyoragoh emas), institut (oliygoh emas), avtobus (ko‘pkursi emas), telefon (durovoz emas), samolyot (uchoq emas) kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi.
Shuningdek, iqtisodiy hayotimizda mustaqillik sharoitida buyuk burilishlar bo‘lganligi sababli, ana shu reallikni ifodalovchi qator chet tilidan kirgan atamalar tayyor holda qabul qilindi: birja, diler, aksiya, audit, auditor kabi. Ana shu yo‘llar bilan atamalar izga solinmoqda. Istagan o‘zbek tilida so‘zlashuvchilardan ildiz nima deb so‘rasangiz, o‘simlikning oziqa bilan ta’minlab turadigan qismi deb javob beradi. Lekin matematikaga daxldor kishilar bu savolga ishorasi, matematik amallardan biri ekanligini aytadi. Ko‘rinadiki, bir so‘z umumxalq tilida bir ma’noni, ma’lum ixtisoslik sohasida esa boshqa ma’noni ifodalaydi yoki qosh so‘zi umumxalq tilida «odamning yuz qismida ko‘z kosasidan tepada yoysimon shaklda o‘sib chiqqan yung» hamda «yon» (qoshimda o‘tiribdi) ma’nolarini bildirsa, duradgorlikda boshqa ma’noni ifodalaydi.
Muayyan fan tarmoqlari, kasb-hunar sohalarida ma’lum tushunchalarni aniq ifodalash uchun umumxalq tilida ishlatilayotgan so‘zlardan ma’nosini maxsuslashtirish yo‘li bilan foydalaniladi.
Masalan, yuqorida keltirilgan misolda matematik tushuncha uchun umumxalq tilidan ildiz so‘zining ma’nosini maxsuslashtirish yo‘li bilan olingan. Agar umumxalq tilida ana shunday so‘zlarni topish imkoniyati bo‘lmasa, u vaqtda boshqa tillardan tayyor holda olinadi. Masalan, fonema, valentlik, element, sinus, kosinus va boshqalar.
Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan so‘z yoki so‘z birikmalariga atama (termin) deyiladi..
O‘zbek tilshunosligida xilma-xil terminlarni o‘rganuvchi bir qancha ishlar amalga oshirilgan.Har bir milliy til o‘zining ilmiy terminologiyasini yaratdi.Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda o‘rganilayotgan sohaning terminlarini o‘rgatish ancha mashaqqatli ish hisoblanadi.Har bir sohani maxsus terminlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Masalan, tibbiy, texnika, istisodiy va boshqalar.
Atamashunoslik lug‘atshunoslikning ajralmas qismi bo‘lib, mustaqillikka erishgandan so‘ng bu sohaga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Respublikamizga ilmiy texnik informatsiyaning muddatli oqimi kirib kela boshladi. Iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning kuchayishi, yanhgidan yangi qo‘shma korxonalarning barpo bo‘lishi, ishlab chiqarishda xorijning yuksk texnologiyalarini tadbiq qilishga bo‘lgan intilishi atamalar tizimini sistemalashtirish va ma’lum sohalarga oid ikki yil yoki undan ortiq tilli lug‘atlar tuzishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Atamalar tilda o‘ziga xos leksik qatlamni tashkil qilib ma’no jihatidan neytral va emotsional, ekspressiv bo‘yoqlardan xoliligi bilan farq qiladi.
Turli tillardagi atamalar o‘rtasidagi muqobillikni aniqlash, aniqrog‘i atamalarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish hozirgi atamashunoslik sohasini dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Tarjimada muqobillikni aniqlash qat’iy, zaruriy talab bo‘lib, bir tildan ikkinchi tilga atamani bir maromda o‘girish tarjimondan chuqur bilim, katta mahorat, og‘ir mehnatni talab etadi.
Ayrim atamalar u yoki bu tilda o‘z mutanosiblikka ega bo‘lmasligi, so‘z ma’no va so‘z shaklining yo‘qligi tarjimon oldiga ko‘p muammoni qo‘yadi. Bu o‘rinda izohli tarjimada foydalanish maqsadga muvofiqdir. Izohli tarjimada u yoki bu tilga transkripsion shaklda o‘giriladi, ya’ni so‘zma so‘z shakli bilan birgalikda berilib uning ma’nosi izohlanadi. Kаландироватъ (gazmol yoki teri sirtini silliqlash , yoyish, (chig‘iriqli mashina)
Har bir til shu tilga munosib xalqning moddiy va ma’naviy dunyosini butun borligicha o‘zida aks ettiruvchi yorqin ko‘zgu bo‘lib, insonning mehnat va ijtimoiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bois jamiyatda sodir bo‘lgan har qanday voqeallar yoki o‘zgarish, birinchi navbatda iqtisodiy taraqqiyot davomida tilning lug‘t tarkibida doimiy rivojlanib, boyib boradi. Bu boyish jamiyat rivojlanish natijasida paydo b’olgan yangi tushunchalarni ifodalovchi yangi so‘zlar, nomlarning vujudga kelish hisobida sodir bo‘ladi.
Tilning lug‘at tarkibi, uning leksik- semantik sistemasi doimo o‘zgarib boradi, ayni zamonda jamiyat uchun keraksiz holga tushuncha yoki predmet nomlarini ifodalab kelgan so‘zlar arxaik soz sifatida iste’moldan chiqib uning o‘rnini yangi so‘zlar egallaydi. Lug‘at birliklarining iste’moldan chiqishi lingvistik va ekstorolingvistik taomillari asosida, tilning tabiati, tilning taraqqiyoti qonuniyatlari asosida ro‘y beradi. Bunda ikki asosiy hodisa kuzatiladi:
1) Jamiyat va tabiatdagi narsa-hodisalarning yo‘qolishi bilan bilan ularning ifodasisi bo‘lgan so‘zlar ham yo‘qoladi. Til strukturasidan chiqadi va tarixiy so‘zlarga aylanadi.
2) Tilning takomillashuvi jarayonida narsa-hodisaning mohiyatini aniq, to‘liq va to‘g‘ri ifodalay olmaydigan lug‘aviy birliklar iste’molidan chiqib, ularning o‘rnini hodisani aniq, to‘g‘ri va to‘la ifodalaydigan lug‘aviy boyliklar egallaydi.
Yangi so‘z ixtiro qilinmaydi, balki, tilda mavjud bo‘lgan so‘z yasovchi elementlar, ya’ni muayyan tilning o‘z ichki imkoniyatlarini hisobga olib vujudga keladi.
AKUSTIK FONETIKA (yun.—tovush, tovushga oid). Eksperimental fonetikaning nutq tovushlari hosil bo‘lishini yuzaga kelgan tovush to‘lqinlari aspektida o‘rganuvchi bo‘limi. Akustik jihatdan tovushning bir qator belgilari farqlanadi: 1) tovush kuchi (s.), 2) t o v u sh
b a l a n d l igi (s.), 3) tovush tembri (q.), 4) tovush cho‘ziqlig i (q.).
AKSENT (lot. — urg‘u). Boshqa tilda so‘zlaganda, tovushlarni o‘sha tildagidan boshqacha holda, o‘z til tovushlari kabi talaffuz etish: o‘zbekcha aksent bilan gapirmoq.
AKSENTEMA (lot.— urg‘u). Bo‘g‘indagi urg‘uning kuchli va kuchsizligi.
AKSENTOLOGIYA (lot. assepiz — urgu; yun. logos— so‘z ta’limot). Fonetikaning urg‘uni (urg‘uning tabiati, tipi, vazifasi va h.) o‘rganuvchi bo‘limi.
AKSENTUATSIYA. 1. So‘z yoki frazadagi ma’lum unsurlarni urg‘u vositasida ajratish.
AMALIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikning lingvistik masalalarni (mas., mashina tarjimasi) hal etishni hisobga olgan holda amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika kabi).
AMALIY USLUBIYAT. Nutq uslubiyatining amaliy bo‘limi. Amaliy uslubiyatning vazifasi til vositalarishshg ta’sirchanlik va b. jihatdan imkoniyatlarini belgilay (baholay) olish, ulardan mahsadga muvofiq holda, mohirona foydalanishga o‘rgatishdir.
AMORF TILLAR (yun. shaklsiz, shaklga ega bo‘lmagan). Affikslarga ega bo‘lmagan, so‘zlar orasidagi grammatik alohalar bitishuv yo‘li bilan yoki yordamchi so‘zlar vositasida ifodalanadigan tillar. Mas., xitoy tili.
AMFIBOLIYA (yun. — ikki ma’nolilik). Ikki xil talhin etish, ikki ma’noda tushunish mumkin bo‘ladigan jumla (gap). Og‘zaki nutqda amfiboliya ohang va to‘xtam yordamida bartaraf etiladi: Yangi joyning bu dilni siyoh qiluvchi manzarasi qanchalik noxush tuyulmasin, Mohidil ko‘nikishga majbur (J. Abdullaxonov). Misoldagi bu olmoshi dil so‘ziga bog‘lansa, bir ma’no, manzara so‘ziga bog‘lansa, boshqa ma’no ifodalanadi (asli keyingi bog‘lanish ko‘zda tutilgan). Bu olmoshi manzara so‘zi oldidan qo‘llansa, amfiboliya yo‘qoladi.
ANALITIK TILLAR (yun. — yoyiq, yoyilgan). Grammatik ma’nolar (gapda so‘zlarning o‘zaro munosabati) so‘z shakllari (shakl yasovchi qo‘shimchalar) vositasida emas, balki yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, ohang yordamida ifodalanadigan tillar. Mas., ingliz, fransuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga kiradi. Qiyos. Sintetik tillar.
ANALOGIYA (yun. muvofiqlik, moslik, o‘xshashlik). Til unsurlarining (so‘z yasalish, shakl yasalish va b. modellarining) o‘zaro qandaydir munosabat ta’sirida o‘xshashlik. kasb etishi, mahsuldor bo‘lgan hodisaning boshqasiga yoyilishi: Analogiya yo‘li bilan o‘zgarish. Analogiya asosida yasalish. Mas., qara obyektsiz fe’lining ko‘r obyektli fe’liga sinonim sifatida qo‘llanishi (cho‘chimasligini qara), shuningdek, ko‘r ko‘makchi fe’liga qara, boq fe’llarining sinonim sifatida qo‘llanishi (o‘qib ko‘r, o‘qib qara, o‘qib boq) ham analogiya natijasidir: ...buning natijasida o‘quv yurtiga tanlashda kelishmovchiliklar va yanglishmovchiliklar kelib chiqadi (Gazetadan), Bu misolda yanglishmovchilik so‘zi noto‘g‘ri qo‘llangan. Uning qo‘llanishi anglashilmovchilik so‘zining ta’siridadir.
ASSOTSIATSIYA. Til birliklarining shakli yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashuvi.
VIBRANT (lot. — titroq)—q. Titroq undosh.
VOKABULA (lot. — so‘z). 1. Leksikologiya va leksikografiyaning o‘rganish manbai sifatidagi alohida olingan so‘z.
VOKALIZM (lot. — unli)—q. Unlilir tizimi.
GEMINATA — q. Qo‘sh undosh.
GEMINATSIYA — Q. Qo‘sh undoshlik.
GERMANIZM (lot.— german). German tillaridan o‘zlashgan, lekin yot unsurlar ekani sezilib turadigan so‘z yoki ibora: dendi, miss va b.
GLOSSARIY. Biror asar, ayniqsa qadimgi asarlardagi eskirgan va kam qo‘llanadigan, tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohlanadigan lug‘at.
Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo`lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg`ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog`ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo`ladi
Ilmiy uslubda har bir fanning o`ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so`zlar o`z ma’nosida qo`llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo`laklar, kirish so`zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo`shma gaplardan ko`proq foydalaniladi.
Atamalar, odatda, ilmiy uslubda qo‘llanadi. Masalan, fonetikada: tovush, harf, undoshlar, unlilar, grafika, fonema, urg‘u, bo‘g‘in; morfologiyada: kelishiklar, yasovchi qo‘shimchalar, o‘zak, negiz, qo‘shma otlar, yuklama; sintaksisda: so‘z birikmasi va gap, to‘ldiruvchi, hol, ajratilgan bo‘lak, uyushiq bo‘lakli gap, undalma, shaxsi topilmas gaplar; ergash gap, bosh gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, ko‘chirma gaplar va boshqalar.Ma’lum bir kasb-hunarga oid so‘zlar ham majudki, ular asosan shu kasbning so‘zlari hisoblanadi.Masalan, tikuvchilikka oid so‘zlar – igna, qaychi, ip, andoza, chok, angishvona kabi.
Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q. Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazardan tadqiq yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun kimyo-texnologiya terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi. Hozirda o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan soha terminlarni to‘plash va sistemalashtirish ham juda dolzarbdir.. Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir. “Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli: 1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir; 2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir; 3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli 78 tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
1.Umumiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
2.Xususiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
O’zbek tilining barcha leksik resurslarida bo’lgani kabi atamalarning ham o’z boyish yo’llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibi o`zbek tilining butun tarkibiy taraqqiyoti davomida shakllangan. Tildagi so`zlarning paydo bo`lish davri va kelib chiqish manbalari ham har xil. So`zlarning paydo bo`lish davri va kelib chiqish manbaidan qat’i nazar, o`zbek millatiga mansub kishilar tilida qo`llanadigan barcha so`zlar o`zbek tilining lug`at boyligini tashkil etadi. Demak, tildagi barcha so`zlar yig`indisi lug`at tarkibini tashkil etadi. Tilning lug`at tarkibi qanchalik boy bo`lsa, unda fikrni mukammal ifodalash imkoniyati mavjud bo`ladi.
Tilning lug`at tarkibi jamiyat taraqqiyoti jarayonida boyib boradi va o`zgarib turadi, ya’ni ayrim so`zlar ehtiyojning yo`qligi yoki uning o`rnini bosadigan so`zning yuzaga kelishi bilan iste’moldan chiqib ketadi, yangi tushunchalarni ifoda etadigan so`zlar kirib keladi.
Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibini quyidagi turkum so`zlar tashkil etadi:
1. Kundalik turmushda ishlatiladigan hamma uchun tushunarli bo`lgan so`zlar:
1) oziq-ovqatga doir narsalarning nomlari: yog`, guruch, mosh, loviya, piyoz, kartoshka, sabzi, polov, arpa, bug`doy, un, shakar, non;
2) narsa-buyum, qurol nomlari: bolta, tesha, randa, arra, kosa, tovoq, taroq, daftar, ruchka, kitob, qalam, mashina, samolyot, poezd, elak, chakich, belkurak, ketmon, qamchi, pichoq;
3) tabiiy borliqqa oid nomlar: quyosh, er, oy, yulduz, osmon, chaqmoq, zilzila, shamol, qor, yomg`ir, bulut, tuman, o`t, suv, daryo, tog`, tosh, daraxt, kecha, kunduz, tun, yorug`lik, oy, yil;
4) tirik mavjudot va ularning tana a’zolari nomlari: kishi, odam, er, xotin, chol, kampir, qari, yosh, dehqon, bog`bon, shifokor, o`qituvchi, do`st, dushman, mehnatkash, qush, hayvon, buzoq, mol, sigir, ot, mushuk, ilon, toshbaqa, chivin, qo`l, oyoq, bosh, tish jigar, qorin, ichak, kurak, burun, lab, ko`z;
5) qarindoshlikka oid nomlar: ota, ona, buva, buvi, momo, amaki, amma, xolla, tog`a, aka, opa, singil, uka, o`g`il, qiz;
6) jamiyatga oid nomlar: vatan, mamlakat, yurt, xalq, armiya, davlat, tuzum, jamiyat, tashkilot, hokimiyat, sud, prokrotura;
7) harakat bildiruvchi so`zlar: yurmoq, turmoq, o`tirmoq, yotmoq, uxlamoq, uyg`onmoq, yuvmoq, bormoq, kelmoq, kulmoq, yig`lamoq, gapirmoq, o`smoq;
8) miqdor bildiruvchi so`zlar: bir, ikki, uch, to`rtinchi, oltinchi, o`ninchi, ming, o`n ming, ko`p, oz, picha, sal;
9) olmoshlar: men, sen, biz, siz, u, ular, ana, manna shu, o`sha, ana shu, kim, nima, qaysi, qachon, qaer, hamma, barcha;
10) holat va belgi nomlari: yaxshi, yomon, kuchli, qo`rqoq, to`g`ri, egri, baland, past, katta, kichik, achchiq, chuchuk, shirin, oq, qora, qizil, sho`x, eski, yangi, o`tkir, o`tmas, asta, sekin, tez;
2. Jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq holda tilda paydo bo`layotgan yangi so`zlar, iboralar: bakalavr, magistr, magistratura, menejment, broker, fermer.
3. Iste’moldan chiqib ketgan va ketayotgan so`zlar: pud, botmon, mingboshi, jallod, sekretar, revolyutsiya, oblastь, rayon, ministr.
4. Kasb-hunarga doir so`zlar: ag`darma chok, bigiz, sakmanchi (qo`zilarga qarovchi chorvador), dehqon (kulolchilikda ishlatiladigan tosh o`g`ircha), randa, oxorcha, tahlilchi va boshqalar.
5. Fan-texnikaga doir atamalar: ega, kesim, gap, so`z turkumi, ot, tovush, atom, zaryad, chumchuq, hujayra, qo`shuv, oluv, bo`luv, ko`paytiruv, fizika, professor, dotsent, xirurg.
6. His-tuyg`ularni ifodalaydigan so`zlar: ura, yasha, hormang, rahmat, barakalla, oh, voh, uh, ehhe, likillamoq, jimir-jimir.
7. Shevaga oid so`zlar: satil (chelak), so`ri (ishkom, supa), kura (xo`tik), et (go`sht), sipsa (supurgi), kosa (piyola).
8. Jargon va argolar: oftobi olam, olam panoh, loy, yakan (pul), danab (xotin), kalmata (so`z), otar (to`y), qiviz (non) va boshqalar.
1- mashq. Atamalarni topib, ularni izohlang. Vodorodning ishlatilishi uning kimyoviy xossalariga asoslangan. Undan kislorod bilan birikkan paytida ko‘p issiqlik chiqadi. Shu bois, vodoroddan motor yoqilg‘isi sifatida foydalaniladi. Metallarni qirqish va payvandlash ishlarida ham u faol qo‘llaniladi. Vodorodning metallmas moddalar: xlor va azot bilan birikishi reaksiyasi asosida sanoatda xlorid kislota va ammiak ishlab chiqariladi. Ammiakdan, o‘z navbatida, nitrat kislota olinadi. Molekulalar Olamdagi barcha narsalar mayda zarralar – atomlardan, aniqrogi atomlar guruhidan tashkil topgan. Bunday atomlar guruhi molekulalar deb ataladi. Har bir moddaning o‘z molekulalari bo‘ladi. Bu molekulalardan ba’zilari juda oddiy tuzilgan. Masalan, kislorod molekulasi ikkita kislorod atomidan, vodorod molekulasi esa ikkita vodorod atomidan tashkil topgan. Bular oddiy moddalardir. Uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan molekulalar ayniqsa qiziq xossalarga ega. Ularning soni juda ko‘p bo‘lib, hozirga qadar 3 milliongacha boradi, olimlar esa ko‘plab yangi bunday birikmalarni uzluksiz kashf etmoqdalar va sun’iy ravishda yaratmoqdalar. Juda murakkab molekulalar ham mavjud. Oqsil, kauchuk, yog‘och va ko‘pgina sintetik materiallarning molekulalari bir necha yuz, hatto mingga yaqin atomlardan tuzilgan. Moddalarning xossalari birinchi navbatda ulardagi molekulalarning xossasiga bog‘liq. Agar molekulalar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsa, bu molekulalardan tashkil topgan modda gazsimon bo‘ladi. Bunga suv bug‘ini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Suv bug‘ida molekulalar tez va erkin harakatlanadi, faqat gohi-gohida bir-biri bilan to‘qnashib qolishi mumkin. Agar suv bug‘i sovutilsa, suvning molekulalari sekin harakatlanib, bir-biri bilan qo‘shila boshlaydi va bug‘ suyuqlikka aylanadi. Suyuq moddalardagi molekulalar bir-biri bilan ancha zich bug‘langan, lekin ular hali nisbatan erkin harakatlana oladigan bo‘ladi. Agar suvni 0 darajagacha sovutilsa, u muzlaydi va qattiq kristall modda – muz hosil bo‘ladi; muzda suv molekulalari joyidan deyarli qo‘zg‘almagani holda tebranishi mumkin, xolos. Molekulalarda ko‘pgina o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlar kimyoviy reaksiyalar deb ataladi. Kimyoviy reaksiyalar yordamida yangi moddalar va materiallar hosil qilish mumkin.
Lug‘at tuzish ishi bilan shug‘ullanuvchi leksikologiyaning bir sohasi lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi. Bu soha o‘zbek tilining lug‘at tarkibiga kiruvchi so‘zlar, iboralar, maqol va matallaar, hikmatli so‘zlarni yozma shaklda alfavit tartibida joylashtirib, maxsus kitoblarni tuzish haqidagi talimotdir. Lug‘atlar avvalo, ikki turga bo‘linadi; 1) qomusiy lug‘atlar, 2)lingvistik (yoki filologik) lug‘atlar.
Qomusiy lug‘atlar. Bunday lug‘atlarning farqlovchi belgilari. Qomusiy lug‘atlarning sohasi so‘z emas, balki ular bildirgan narsalar, tarixiy shaxslar, jug‘rofiy nomlar haqida ma’lumot beriladi.
Qomusiy lugt’atlar ham ikki xil 1) umumiy lugatlar; O‘zbekiston Respublikasi qomusi, Toshkent, 14 tomdan iborat “ O‘zbek sovet ensiklopediyasi ” kabi; 2) maxsus lug‘atlar “ Tibbiyot qomusi”,”Til qomusi”, S.Ibrohimov ”Farg‘ona shevalarining kasb -hunar” leksikasi(Toshkent, 1956) va boshqalar.
Lingvistik lug‘atlar. Bunday lug‘atlarning farqlovchi belgilari.So‘zlik shu tilning barcha lug‘aviy birliklarini (leksik, frazeologik) o‘z ichiga oladi va ularning ma’nosi, grammatik va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. So‘zlik barcha so‘z turkumlaridan bo‘ladi.
Lingvistik lug‘atlar lug‘aviy birliklarining necha tillardan olinishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. 1)bir tilli ( o‘z til ) lug‘atlari, 2) ikki tilli(tarjima) lug‘atlari.
Bir tilli (o‘z til ) lingvistik lug‘atlarda so‘z va iboralar bir tilda (masalan, o‘zbek tilida) izohlanadi. Bunday lug‘atlar ham ikki xil ko‘rinishda ega. 1) umumiy lug‘atlar : izohli lug‘at , imlo lug‘at, morfemik lug‘at va boshqalar.
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir.To‘plam, jurnal,gazeta kabilar uchun yozilgan yoki ularda bosilgan hajmi uncha katta bo‘lmagan ilmiy yoki publitsistik asar ma’nosini beradi.Maqolaning quyidagi farqlanuvchi umumiy belgilari bor.Ahamiyatli hodisa yoki bir guruh hodisalarni tushunish va tahlil etish, tavsiya etilgan g‘oya, nuqtai nazarni tasdiqlovchi aniq va ishonchli umumlashma va xulosalar chiqarish.Demak maqola ilmiy asar janri bo‘lib, u keng ma’noda gazeta, jurnal, to‘plamlarda, i yoki bu soha yuzasidan jamlangan tadqiqotlarda bosilgan asarlarga nisbatan ishlatiladi. Maqola bajarayotgan vazifasiga qarab publitsistik, muammoli, nazariy, tanqidiy, ilmiy, uslubiy xarakterda bo‘lishi mumkin.Bundan tashqari amaliyotda bosh maqola ham ishlatiladi.(ilg‘or tajribalar bilan xunuk nuqsonlarni umumlashtiruvchi maqola)

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling