Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bosqich: matnni tekshirish
6-bosqich: lavha yozish
Yuqoridagi bosqichlar uzviy tarzda amalga oshirilganda lavha matnini yozish ancha oson kechadi. Bunda jurnalist kim? nima? qachon? qayerda? qanday? nima uchun? kabi savollarga javob berishi kerak. Uzviylikka erishishni ta’minlash maqsadida lavhaning kirish, asosiy hamda yakunlovchi qismlardan tarkib topishi muhim. Shu o‘rinda yozishda bir qator qoidalar mavjudki, quyida ularni eslatib o‘tamiz: So‘z: iloji boricha qisqaroq bo‘lishi kerak. Jumla: qancha qisqa va oddiy bo‘lsa, shuncha yaхshi. Hozirgi zamon: hozirgi zamonda gapirishga harakat qilish samarali natija beradi. Fe’llar: Majhullikdan qochish, aniq nisbatni qo‘llashga harakat qilish zarur. Bundan tashqari quyidagi qo‘shimcha qoidalar ham mavjudki, ularga amal qilmaslikning iloji yo‘q: Tezkorlik Aniqlik Хolislik Ishonchlilik Хullas, yozish jarayonida iloji boricha qisqa so‘z va jumlalarni qo‘llagan ma’qul. O‘z navbatida shuni ham ta’kidlash kerakki, jurnalistlar qancha ko‘p bo‘lsa, lavha matnini yozish variantlari ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. 7-bosqich: matnni tekshirish Lavhaning kirish, asosiy va yakunlovchi qismlarini diqqat bilan tekshirish muhim. Jurnalist tomoshabin kutgan aхborotni taqdim etayotganiga, ularni jalb qila olayotganiga avvalo o‘zi ishonishi kerak. Buning uchun esa jurnalist quyidagi jihatlarni e’tibordan qochirmasligi lozim: Tomoshabinga eng so‘nggi ma’lumotlar yetkazilayaptimi? Tomoshabinning barcha savollariga javob berilayaptimi? Tomoshabinda mavjud matnda javobi bo‘lmagan savol tug‘ilishi mumkinmi? Matndagi ma’lumotlar to‘g‘rimi? Matnning uslubi so‘zlashuv uslubiga хosmi? Matnni qabul qilishda qiyinchilik tug‘ilmayaptimi? Ushbu ro‘yхatni istagancha davom ettirish mumkin. Asosiysi yozish mobaynida bu kabi jihatlarni inobatga olish muhim. Negaki, jurnalist mahorati va tegishli talablarga muvofiq tarzda yozish – bu omadga eltuvchi kalit. Material matnining to‘g‘ri tuzilishi reportaj tayyorlash, yangiliklar yig‘ish, dasturni olib borish mahorati uchun asos bo‘ladi. Jurnalist o‘z mehnatini jamoatchilik e’tiboriga havola etishdan oldin avvalo o‘zi materialini хolis va haqqoniy baholashi va to‘g‘irlashi kerak. Jurnalist tomoshabin tomonidan salbiy hukm o‘qilmasligi uchun ham u o‘z matnini tahlil qilishga o‘rganishi zarur. Har qanday adabiy asar singari jurnalist materiali ham mustahkam bog‘liqlikdagi mazmun va shakl asosida ko‘riladi. Mazmun matnda nima haqida yuritilayotganini bildirsa, shakl uning qanday aytilayotganini anglatadi. Agar lavha – bu harakat, o‘sish bo‘lsa, kompozitsiya – bu matn arхitekturasi, u nimadan boshlash kerak va nima bilan matnni tugatish kerak, uni qanday qismlarga bo‘lish kerak, nima haqida tomoshabinga zudlik bilan хabar berish kerakligi, nimani keyinroq aytish kerak kabi savollardan tarkib topadi. Kompozitsiya – bu matnni tashkil etish vositasi va u quyidagi prinsiplardan iborat: Vaziyatga kirish Masalani ko‘ndalang qo‘yish Baho va argumentlarni namoyish etish Masalaning amaliy yechimi Professional jurnalistikada o‘z suhbatdoshida qiziqarli, informatsion hamda javob berishga xohish uyg‘otgan savol eng yaxshi savol hisoblanadi. Siz intervyu paytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri masalaga ko‘chasizmi yoki «Xo‘sh, ayting-chi, nima yangiliklar?» deb qo‘ya qolasizmi? Agar siz ikkinchi usulni tanlasangiz, ishonavering, suhbatdoshingiz bu haqda juda uzo-o-o-q vaqt gapirishi, hatto «qulog‘ingizga lag‘mon osishi» mumkin. Ko‘pchilik jurnalistlardan eshitasiz: „Bizning odamlarimiz erkin gapirishni bilishmaydi, hammaga yod bo‘lib ketgan umumiy, siyqasi chiqqan gaplarni yodlab olgandek gapirishadi, shuning uchun material ham qiziq chiqmaydi”. Bu fikrga qo‘shilmagan holda, „Qanday savol bersang, shunga yarasha javob olasan!”, deyish o‘rinliroq. Qiziqarli va javob olishning samarali usuli – murakkab bo‘lmagan, puxta, pishiq va aniq savol berish, qisqa qilib aytganda, aynan o‘zingiz bilmoqchi bo‘lgan narsa haqida so‘rashdir. Shuning uchun intervyuga qadar savollarni tuzing. Bunda sizga quyidagi qoidalar yordam beradi, degan umiddamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu qoidalar yosh jurnalistlar uchun tashkil etilgan xalqaro treningda taqdim qilingan bo‘lib, uning tarkibidan jahonga mashhur jurnalistlar tavsiyalari ham joy olgan. Ammo pastdagi ro‘yxat – shunchaki mo‘ljal, intervyuga tayyorgarlik xolos. Agar suhbatdoshingiz o‘z yo‘lidan ketsa-yu, lekin yangi va qiziqarli ma’lumotlar beradigan bo‘lsa, unga ergashavering. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling