Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


Azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o’simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati


Download 93.44 Kb.
bet12/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

3.Azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o’simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati.
Azot: Azot tuproqda eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanishi manbalaridan bo’lgan nitratlar (NO-2, NO3) dan va ammoniy tuzlari (NH4) dan o’zlashtiradi. Bunday shakldagi azot tuproqda kam bo’ladi, chunki ular suvda yaxshi eriydi, o’simliklar va mikroorganizmlar ularni to’la o’zlashtiradi. Faqat dukkakdosh o’simliklar tuproqdagi azotdan tashqari, tugunak bakteriyalar yordamida atmosferadagi molekulyar azotdan ham oziqlanadi.
Fosfor: Tuproqda fosfor kam harakatchan bo’ladi, tuproqqa singadi, suvda yomon eriydi, o’simliklar qiyin o’zlashtiradi. Tuproqda uning yalpi miqdori juda ko’p. Agar ular o’simliklar o’zlashtira oladigan holatga o’tkazilsa, yerlarga fosforli o’g’it solinmasdan ham 40-50 yil davomida ekinlardan mo’l hosil olish mumkin bo’lar edi.
O’simliklar vegetasiyasining dastlabki davrlarida fosfatlarni ko’plab o’zlashtiradi. Ular fosfor bilan yetarli darajada oziqlanmasa, ekinlarning keyingi rivojlanishi susayadi. Dastlabki davrda fosfor yetishmasligi oqibatlarini keyinchalik ekinlarni normal oziqlantirish bilan tuzatib bo’lmaydi.
O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg’ish yoki qo’ng’irroq tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi.
Kaliy: Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va xarakatini faollashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal va qand lavlagi ildizida shakar to’planishida hamda o’simliklar organizmida oqsillarning taqsimlanishiga tasir etadi.
O’simliklarni kaliyga muxtojligi sezilganda umuman barglari, barglarning cheti va uchi sarg’ayadi yoki sarg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi, guyo kuygandek ko’rinadi. Dastlab pastki shoxlaridagi qari barglar, keyin esa yesh barglar kasallanadi. Bunga sabab o’simlik yerdan kaliy ololmagandan keyin yangi barglar chiqarish uchun shoxlarining barglaridagi kaliydan foydalanadi. Qo’ng’ir tusga kirgan barglar so’liydi va qurib qoladi.
4.Tuproq oziq rejimini boshqarish usullari
Ekinlardan mo’l va sifatli hosil olishda tuproqning oziq rejimini boshqarish va uni o’rganish katta ahamiyatga ega.
Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni qo’yidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) Tuproqni oziq moddalar bilan boyitish.
2)Tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini o’zlashtiradigan holatga o’tkazish.
3)Oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yaratish.
4) Tuproqdagi oziq moddalar miqdorini kamayishiga qarshi kurashish.
Malumki, asosan yerga mineral o’g’itlar solish orqali tuproq oziq moddalarga boyitiladi. Ammo, yuqorida keltirilgan tadbirlar hamda tuproqda atmosfera azotining fiksasiyasi hisobiga to’planishi bevosita dehqonchilik madaniyatiga va qo’llanilayetgan agrotexnika tadbirlariga bog’liq.
Go’ng solinganda yerlarda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, yani mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi yengil tuproqlarning yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.
Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqni ohaklash, ishqoriylarni gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, yetarli namlikni saqlash, oziqa rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Tuproqning oziqa rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlarini ekish yaxshi tasir etadi.
Yuqorida aytib o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, dehqonchilikda to’g’ri almashlab ekish tizimini joriy qilish va ekinlarni tegishli ravishda navbatlash, tuproqni azot bilan boyitadigan ekinlar ekish, shuningdek, tuproqni malum bir tizim asosida ishlash hisobiga tuproqning oziqa rejimini yaxshilash hamda o’g’itlarning samaradorligini oshirish mumkin.


XULOSA
Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqliq, suv va havo qanchalik zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shunchalik zarurdir. Shuning uchun ham, ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda tuproqning oziqa rejimlarini boshqarish katta axamiyatga ega.
Nazorat uchun savollar
1.O’simliklar hayotida oziq elementlarining ahamiyati qanday?
2.Tuproq oziqa rejimida organik modda va mikroorganizmlarning faoliyati nimada?
3.Tuproqning oziq rejimini yaxshilash tadbirlarini ayting?



Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling