3 Elektrotexnikaning rivojlanishi.
Har qanday elektr zanjirini oʻzaro bogʻlangan aktiv va passiv ikki qutbliklardan iborat deb qarash mumkin (6.1.rasm).
Aktiv ikki qutblikni ekvivalent generator usuli bilan ketma-ket ulangan muqobil Yee EYuK manbai va Re qashilikdan iborat tarmoq bilan almashtirish mumkin (6.2-rasm), passiv ikki qutblikning esa bitta Rn qarshilikka keltirish mumkin. 6.2-rasmdagi elektr sxema boʻyicha aktiv ikki qutblikning asosiy ishlash rejimlarini tushuntiramiz.
Nominal rejim. Manba va istehmolchi shu rejimda uzoq vaqt ishlatishga moʻljallangan boʻladi. Har bir element va qurilma uchun nominal kuchlanish (Un), nominal tok (In) va nominal kuvvat (Rn) belgilangan boʻladi. Masalan, ishlatilayotgan generatorlar uchun nominal kuchlanish 115 V, 230 V yoki 460 V qilib belgilangan, istehmolchilar uchun esa 110 V, 220 V yoki 440 V etib tayinlangan boʻladi.
Salt ishlash rejimi (Rejim xolostogo xoda). Agar istehmolchi generatordan uzib qoʻyilsa (6.3-rasm), generator salt ishlash rejimida ishlay boshlaydi, unda
Uabx.x =Ee , Ix.x=0 , Ix.x Re=0 boʻladi.
3) Qisqa tutashuv rejimi (Rejim korotkogo zamqkaniya). Bu rejim elektr zanjirlarida tasodifiy tashqi tahsirlar, avariyalar tufayli yuz beradi yoki sunhiy ravishda hosil qilinadi. Bunda istehmolchi qarshiligi "o"ga teng boʻlib qoladi (6.4-rasm), natijada generatordan oqayotgan tok eng katta qiymatga ega boʻladi:
Rn=0 , Ik.3= , Ik3 In .
Zanjirdagi tokning bunday tusatdan ortib ketishi oʻtkazgichning qizishiga va izolyatsiyaning kuyishiga olib kelishi, bu esa bahzi hollarda yongʻin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. SHuning uchun barcha elektr asboblari, qurilmalari va tizimlarida himoya vositalari (saqlagichlar) ulangan boʻladi, ular tok mahlum belgilangan qiymatga yetganda zanjirni asosiy tok berayotgan tarmoqdan uzib quyishga xizmat qiladi.
4) Moslashtirilgan rejim. Bu rejim elektr zanjirlarida sunhiy ravishda hosil qilinadi, bunda manbadan istehmolchiga maksimal energiya uzatiladi. Bunday hol Re= RN shart bajarilganda kuzatiladi, unda
Rn=I2Rn , , (6.1)
Salt ishlash rejimida I=0, Rn=0.
Qisqa tutashuv rejimida Rn=0, Rn=0.
Rn qarshilikning qanday qiymatida Rn eng katta boʻlishligini aniqlash uchun Rn ning (6.1) ifodasidan Rn boʻyicha hosila olamiz:
(6.2)
Matematika kursidan ma’lumki Rn funktsiya maksimum qiymatga erishadigan Rn argument qiymati (6.2) ifodani “0” ga aylanish shartidan topiladi:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |