Mа’ruzа Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi (8 soat) reja
Download 98.88 Kb.
|
Mа’ruzа Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi (8 soat) reja3
Mа’ruzа Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi (8 soat) reja Mа’ruzа Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi (8 soat) REJA: 1. Qoya jinslarini qazib olish texnologik jarayonlarining xususiyatlari. 2. Portlatish usullari va vositalari. Sochilma jins konlarini qazish ishlarini xususiyatlari. 3. Tosh maydalash zavodlari. Tosh maydalash zavodlarining asosiy ish jarayonlari va bosh rejasi. SHag‘al-qum materiallarini qayta ishlash. 4. Asfaltbeton uchun mineral kukuni ishlab chiqarish. Tayyor mahsulotlar omborini tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Tosh materiallarni boyitish va yaxshilash texnologik jarayonlari. Mehnatni va atrof muhitni muxofaza qilish Tayanch so‘z va iboralar: tog‘ jinsi, qazib olish, pog‘ona-pog‘ona, gorizontal, ”brovka”, kar’er, “ishchi maydoncha”, qoya jins, “ochish qatlami”, burg‘ulash-portlash ishlari, rekul’tivatsiya, yo‘l xo‘jaligi, texnologiya, ishlab chiqarish bazasi, moddiy texnik ta’minot, ombor, rels bo‘yi bazalar, temir yo‘l, rejimli vaqt fondi, sex, mahsulot birligi, bosh plan, energetik ob’ekt, statsionar, yarim statsionar. Konlarda ishlashdagi asosiy jarayonlar jinslarni qazib olish va ularni qayta ishlash korxonalariga tashib keltirishdan iborat. Qazilma qatlamlar bo‘yicha chiqarib olinadi. Natijada tog‘ jinslari massivi pog‘ona-pog‘ona shaklda qazib olinadi va shunga yarasha bo‘shliqlar hosil bo‘ladi..Ularning o‘lchamlari gorizontal qatlamlarni olishda planda kattalashsa, qiyalik va tik joylarni olishda ham planda.ham chuqurlik bo‘yicha kattalashadi. Odatda qatlamlar gorizontal yo‘nalishda qazib olinadi.Ba’zan qiya qatlamlarni qazishda qiyaliklar ,tik joylarda –tik yuzalar hosil bo‘ladi. Har bir pog‘ona (1.2 - rasm ), unda transport yo‘llarining gorizont balandligi bilan tavsiflanadi. Pog‘onaning balandligi bo‘yicha cheklovchi yuzalar yuqori va quyi maydonlar deb ataladi. Pog‘onaning qazib olingan bo‘shliq tomondan cheklab turadigan qiya tekislik “ pog‘onaning qiyaligi” pog‘onaning qiyalik burchagi deyiladi. Pog‘onaning pastki va tepadagi maydonchalar bilan kesishgan chizig‘i pastki va tepadagi ”brovka” lar deyiladi. Karerda ishchi va ishchi bo‘lmagan bortlar va pog‘onalar bo‘ladi.Ishchi pog‘onalarda tog‘ jinslari qazib olinadi, shuning uchun uning pastki maydonchasi “ishchi maydoncha” deyiladi. Unda qazuvchi, ortuvchi mashinalar ishlaydi, transport yo‘llari bo‘ladi. Qazish texnologiyasi sharoitlariga ko‘ra pog‘onalar bo‘laklarga ajratiladi. Qazuvchi-ortuvchi mashinalar bo‘laklarda ketma-ket yoki bir vaqtning o‘zida ishlaydilar. Pog‘onaning qazishga tayyorlangan qismi uzunligini “ish fronti”, jami qazib olish ob’ekti bo‘lgan yuzasini “zaboy” deyiladi. Jinslarni rejali tarzda qazib olish, qurilish vatransport mashinalaridan ratsional foydalanish uchun konlar qatlamlar, ko‘pincha, gorizontal yo‘nali bo‘ylab qaziladi. 1.2-rasm. Pog‘onaning elementlari. 1-yuqori va quyi maydonchalar; 2-pog‘onaning qiyalanishi; 3-qazish brovkasi; 4-qazish joyi; 5-portlatilgan jins uyumi; 6-to‘g‘ri cho‘michli ekskovator; α-pog‘onaning qiyalik burchagi; β-qazilgan joyning qiyalik burchagi; N -pog‘onaning balandligi. Qatlamlar qalinligi va soni bo‘sh jinslarning miqdoriga, bog‘liq. Qatlamlar doim bir yo‘nalishda tepadan pastga qarata qaziladi. Bunda tog‘ jinslarining joylashuv yo‘nalishiga e’tibor berilmaydi. Qalinligi 2-3 m dan kam bo‘lgan yotqiziqlar (zaleji) bir pog‘ona qilib olinadi (trassa bo‘yi yo‘l karerlari ), gorizontal quvvati 20-40 m.gacha bo‘lgan qiya va tik joylashgan konlar bir necha pog‘ona qilib qaziladi. Bunda yuqori gorizontdagi jinslar to‘la qazib olingandan keyin yangi pog‘ona qirqiladi. Qoya jinslarni ishlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: ochish, burg‘ulash- portlatish; tog‘ jinslarini mexanik usulda yumshatish; bir cho‘michli ekskovatorlar,pogruzchiklar, skreperlar, buldozerlar yordamida qazish-tashish ishlari; zaboydagi tog‘ massasini tosh maydalash zavodiga jo‘natishga tayyorlash. Ochish ishlari. Qazilma boyliklar ko‘pincha, sanoatda foydalanishga yaroqsiz jinslar qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Bu qatlamni “ochish qatlami” deyiladi. Ochish ishlari,odatda,ochiq yo‘l bilan bajariladi.Bunda quyidagi qazish va ortish-tushirish mashinalari va texnologik usullardan foydalaniladi; 1) Bir cho‘michli ekskovatorlar (bo‘sh jins qalinligi kata bo‘lganda) va bir cho‘michli pogruzchiklar. Bo‘sh jinslarni o‘zi ag‘darar avtomobillar bilan ichki yoki tashqi ag‘darish joylariga (qazishlardan hosil bo‘lgan chuqurlarga) tashib boriladi.Ochish ishlari gorizontal qatlamlar bo‘yicha yoki frontni elpig‘ichsimon ilgari surib bajariladi. 2) Buldozerlar-portlatish ishlarini qo‘llab. Bu jinslarning qattiqligiga bog‘liq; 3) Buldozerlar skreperlar yordamida Bu sxema trassa bo‘yi yo‘l karerlarida va bo‘sh jinslarining hajmi ko‘p bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Texnolgiya oddiy ishlarga nisbatan arzonga bajariladi. Bo‘sh jinslarni tashib borish masofasi skreper cho‘michining hajmiga bog‘liq; 4) Bo‘sh jinslarni buldozer bilan bir joyga surib,u erdan ekskovator yoki bir cho‘michli pogruzchik bilan hudud ichkarisidagi yoki tashqarisidagi ag‘darish joylariga tashiladi; 5) Gidromexanizatsiya usullaridan foydalanish. Ochiq tog‘ konlaridagi qazish ishlarining muhim samaradorlik ko‘rsatkichi chiqarib olinadigan bo‘sh jinslar va foydali qazilma hajmlarining nisbati hisoblanadi (kub metrlar yoki tonnalar bilan o‘lchanadi).Bunday nisbat qazib olish koeffitsenti K k deyiladi; K k = V u.k / V f.k Bu erda: V u.k -karerning oxirgi konturlaridagi yoki bir qismdagi jinslarini ochish hajmi; V f.k -shu konturlarda olinadigan foydali qazilmaning umumiy hajmi. Burg‘ulash-portlash ishlari, foydali qazilmalarni olishdagi eng qiyin va qimmat turadigan ishlar hisoblanadi. SHuning uchun bunday ishlarda fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan foydalanib,mexnatni ilmiy tashkil qilib, maksimal darajada mexanizatsiyalab mehnat unumdorligini oshirish kerak. Qoya jinslarni ishlash samaradorligini oshirishda ularni bo‘shashtirish (sochib tashlash) asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Karerlarda burg‘ulash-portlash ishlarini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari tog‘ jinslari vatog‘-texnik sharoitlarining turli- tumanligidan kelib chiqadi. SHuning uchun konlarni ekspluatatsiya qilishda burg‘ilash va portlatish ishlarining eng samarali usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Burg‘ulash-portlatish ishlarining hisobiy parametrlari taxminiy bo‘ladi, ishlab chiqarish sharoitlarida aniqlik kiritiladi.Tog‘ massasini qazish-ortish va tosh maydalash zavodlarida qayta ishlash uchun tosh bo‘lagining gabarit o‘lchami ko‘rsatkich hisoblanadi: 1) ekskovator cho‘michining sig‘imi bo‘yicha (E, m 3 ); L g = 0,5 3 √E; 2) konveyer tasmasining eni bo‘yicha (V, mm); L g ′ = 0,5 V+200 mm; 3) birinchi bosqich maydalagichga to‘kish teshigining o‘lchami bo‘yicha (A, mm); L g ′′ = (0,78/0,85)A. Bu o‘lchamlarning dastlabki ikkitasi yoki uchalasidan katta bo‘lgan bo‘lak gabaritdan tashqari hisoblanadi va karerning o‘zida maydalanadi.(1.3-rasm) 1.3-rasm. Gabaritdan tashqari tosh bo‘lagini portlatish yo‘li bilan maydalash sxemasi: Download 98.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling