3. Iyerarxik tizimlar.
IBM firmasining Information Management System (IMS) tizimi (ko‘p tarqalgan va
taniqli) tipik vakil bo‘ladi. Uning birinchi varianti 1968 yilda paydo bo‘lgan. Hozirgacha
ko‘pgina ma’lumotlar bazasi u bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu MB da yangi texnologiyaga va
yangi texnikaga o‘tishda etarlicha muammolarni olib keladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik strukturasi
Iyerarxik MB tartiblangan daraxtlar to‘plamidan tuziladi. Yanada aniqrog‘i, bir xil
turdagi daraxtlarning bir nechta tartiblangan nusxalari to‘plamidan iborat bo‘ladi. Daraxt turi
bitta “ildizli” tur yozuvidan va tartiblangan bitta yoki bir nechta daraxt osti turlaridan (ular har
biri daraxtning turidir) tashkil topadi. Daraxt turi umuman olganda iyerarxik ravishda tashkil
topgan yozuvlar turlari to‘plamini tasvirlaydi.
Daraxt turiga misol (MBning iyerarxik sxemasi):
Bu erda “Rahbar” (Начальник) va “Xodimlar” (Сотрудники) uchun “Bo‘lim” (Отдел) ajdod
y’ani davomchi bolib, “Rahbar” va “Xodimlar” esa “Bo‘lim” (avlodlari) davomchilaridir. Yozuv
turlari orasida bog‘lanish mavjud.
Bunday sxemadagi ma’lumotlar bazasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (biz daraxtning bitta
nusxasini ko‘rsatayapmiz):
Barcha (avlod) davomchi turdagi nusxalar (ajdod) oldingi turdagi umumiy nusxalar bilan
yaqin, ya’ni egizak deyiladi. MB uchun to‘liq pastdan -yuqoriga, chapdan-o‘nga o‘tish tartibi
to‘liq (o‘rnatilgan) aniqlangan.
IMS da original va standart bo‘lmagan terminlar ishlatilgan: "сегмент" ornida "yozuv", hamda
"MB yozuvi" tushunchasida barcha daraxtlar sigmenti tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |