Ma’ruza№3 3-Mavzu: Bilim. Bilimlar ombori va ekspert tizimlari. Mavzu rejasi


Ekspert tizimlarini qurish vositalari


Download 448.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana02.01.2022
Hajmi448.08 Kb.
#201950
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-maruza

Ekspert tizimlarini qurish vositalari 

Bu  guruhga      hisoblash      algoritmlariga      muljallangan  (C,  C++,  Basic,  Fortran...)  va 

simvolli  va  mantiqiy  ma’lumotlarga  uncha  muljallanmagan  an’anaviy  dasturlash  tillari  kiradi. 

Shuning  uchun  bu  tillar  yordamida  sun’iy  intellekt  tizimlarini  yaratish    dasturlovchidan  katta 

mehnat talab etadi. 

Sun’iy intellektga muljallangan tillar. 

Bu avallambor sun’iy intellekt masalalarini yechishga muljallangan va eng ko‘p tarqalgan 

LISP  (LISP)  va  Prolog  (Prolog)  tillaridir.  Yana  kamroq  tarqalgan  va  Rossiyada  yaratilgan 

PEFAL kabi tillar ham mavjud. Yuqorida keltirilgan tillar an’anaviy tillarga qaraganda kamroq 

tarqalgan, lekin ular simvolli va mantiqiy   ma’lumotlar bilan ishlashda katta imkoniyatga ega. 

Qobiqlar 

Qobiqlar  deganda  (Shells)  bor  ET  larning  bo‘shlari,  ya’ni  bilimlar  bazasiga  ega 

bo‘lmagan tayyor ET lar tushuniladi. Bunga misol qilib to‘ldirilmagan MYCIN ET ni olishimiz 

mumkin  (Empty  MYCIN).  Bunday  qobiqlarning  afzalligi  shundaki,  ular  tayyor  ET  lar  tuzish 

uchun dasturchi mehnatini umuman talab qilmaydi. Faqat predmet sohasi bo‘yicha muttaxassis 

bilimlar bazasini to‘ldirish uchun kerak bo‘ladi.  

ES lar tuzish texnologiyasi. 

ET  ni  loyihalash  va  ishlab  chiqish  jarayonini  6  ta  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan 

bosqichlarga ajratish mumkin: 

     1.Jumboq (masalani) tanlash; 

     2.Prototip (timsolni) ni ishlab chiqish; 

     3.Sanoat ishlab chiqarishgacha tayyorlash

     4.Baxo berish; 

     5.Bog‘lash; 

     6.Qo‘llash. 

 Ekspert tizimi tuzish texnologiyasi. 

 

ET tuzishga mos keladigan jumboqni tanlash. U o‘zida quyidagi etaplarga bo‘linadi: 



muammoli soha va masalani aniqlashtirish; 

ushbu sohani yechishda hamkorlik qiluvchi ekspertni topish

muammoni yechishda dastlabki yaqinlashishni aniqlash; 

masalani ishlashdagi chiqimlar va qo‘llashdagi daromadni aniqlash

masalani yechish rejasini mukammal tayyorlash. 

 

Muammoni  to‘g‘ri  tanlash.  ET  ni  tuzishda  eng  muhim  qadamlardan  hisoblanadi.  Agar 



yaxshi,  to‘g‘ri  kelmaydigan  muammo  tanlansa,  uni  yechishda  tezda  biror  "botkoqqa"  borib 

taqalishimiz  va  uning  davomini  topolmasligimiz  mumkin.  Shuningdek  mos  kelmaydigan  ET 

iqtisodiy  jihatdan  ham  mos  kelmasligi  mumkin.  Qo‘llash  sohasini  tanlashda  shunga  e’tibor 

berish kerakki, agar masalani yechishda kerak bo‘ladigan bilimlar o‘zgarmas, aniq qo‘yilgan va 

qayta ishlashda hisoblash bilan bog‘liq bo‘lsa, muammoni yechishning eng qulay usuli an’anaviy 

algoritm va dastur tuzishdir. 

Muammoni aniqlashtirish. 

Masala aniqlashtiriladi, ET ni qurish yo‘llari rejalashtiriladi, aniqlashtiriladi; 

   kerakli resurslar (vaqt, odamlar, EHM va hokazo); 

   bilimlar manbaalari (kitoblar, qo‘shimcha ekspertlar, usullar); 

   bor o‘xshash ET lar; 

   maqsadlar (tajribani kengaytirish (tarqatish), og‘ir qul mehnatini yengillashtirish va hokazo




   masalani yechish sinflari va hokazo. 

  Muammoni  aniqlashtirish  bu  yana  tanishish  va  ishlab  chiqaruvchi  kollektivni  o‘qitish  ham 

hisoblanadi. Ushbu ishda ekspert, bilimlar bo‘yicha muhandis, foydalanuvchi ishtirok etadi. 

 Bilim yaratish. 



 Bilim  yaratish  ekspert  sistema  yaratishdagi  juda  muhim  joylardan  biri.  Hozirgi  kunda 

bilim yaratishning hech qanday avtomatik usullari mavjud emas. 

ES ning bilim predmetlari darsliklar, hisobotlar, tajriba kabi ko‘pgina manbalardan olingan 

bo‘lishi  mumkin.  Bilimning  asosiy  manbasi  maxsus  ekspertdir.  Bilim  injeneri  bilimni  ekspert 

bilan bevosita birgalikda ishlab olishi mumkin. 

1.  Injener ekspertdan ma’lumotlar, vazifalar va savollar so‘raydi. 

2.  Ekspert injeneriga bilim, tushuncha va yechim beradi. 

3.  Injener esa bajarilgan, strukturalashgan bilimni, bilimlar bazasiga yozadi. 

Bu  jarayon  odatda  juda  ko‘p  oy  mobaynida  davom  etadigan  sistematik  intervyuning 

davomiy  seriyalarini  tashkil  etadi.  Bilim  injeneri  ekspert  bilan  ishlayotganda  ekspertning 

aniq situastiyada qanday ishlayotgani kuzatishi kerak. 


Download 448.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling