2. Prezidentimiz Islom Karimov “Davlat ramzlari” haqida
Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir.
* * *
Xalqning vatanparvarlik his-tuyg’ulari, uning ozodlikka va baxt-saodatga intilishi har o’zbekistonlik uchun muqaddas mazmun kasb etayotgan mustaqil O’zbekistonning yangi davlat ramzlarida o’z ifodasini topmoqda.
* * *
Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg’a, madhiya O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururi, Mustaqilliksi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash - o’zining qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkam- lash demakdir. O’z mamlakati bilan faxrlanadigan inson juda ko’p narsalarga qodirdir. Bu esa oilaning ham, o’z Vatanining ham shon-shuhratini oshiradi.
*****
Do'stlaringiz bilan baham: |