Маърузани олиб бориш технологияси
Yurtdoshlarimiz “Bayroq”, “Gerb” va “Madhiya” haqida
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
Yurtdoshlarimiz “Bayroq”, “Gerb” va “Madhiya” haqida
Bayrog’imiz abad ul-abad hilpirab tursin. Chunki Davlat bayrog’i xalqni birlashtiradi, har bir fuqaroda Vatanga mehr-muhabbatni kuchaytiradi. Sultonmurod Olim ... Musaffo osmonimiz uzra mag’rur hilpirayotgan bayrog’imiz yuraklarda hayajon va g’urur uyg’otadi. Zotan, u har bir vatandoshimiz uchun Vatan va Millat birligi, iftixori va hurligi ramzidir. Uni mudom e’zozlash barchamizning qonuniy, vijdoniy burchimizdir. R.Jabborov O’zbekistonimiz jannatmakon o’lkadir. Mana shu jihatlari bayrog’imizda to’la aks etgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Yilning to’rt fasli – to’rt xil rang. Quyoshli yurt, osmoni musaffo – yulduzli, yeri saxiy, odamlari dono, mehnatkash-mo’min, sabr-toqatli, kamtarinligini bayrog’imizdan bilsa bo’ladi. N.Usmonbekov Xalqimiz qalbida gerb timsolida mustaqil O’zbekistonning baxtli fuqarosi ekanligidan g’ururlanish hissi kundan-kunga oshib bormoqda. Chunki, unda xalqimiz- ning orzu-umidi, ideallari, maqsad-muddaosi, milliy ifti- xori o’z ifodasini topgan. Shu boisdan ham davlatimiz gerbini milliy g’ururimiz belgisi sifatida sevish, e’zoz- lash, qadr-qimmatini butun dunyoga namoyon etish har birimizning Vatan, halq, millat, kelajak avlod oldidagi burchimiz hisoblanadi. O.Musurmonova Tug’u tamg’amizdagi milliy davlatimiz ramzlari – Vatan timsollari. Vatanning qadriga yetgan har bir kishi bu timsollar mohiyatini teran anglashi, kuni kelganida, ularni burro-burro tushuntira olishi kerak. Sultonmurod Olim Bugun millatimiz boshiga Tangri soyasi nasib etdi. O’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasi esa jonajon O’zbekistonimiz jahon hamjamiyatida o’z nufuziga ega. A.Hoshimov Madhiyamizning yaratilishi asosi–Istiqloldir. Madhiyamiz O’zbekistonni jahonga istiqlol g’oyasi yo’li- dagi yurt sifatida tanishtiradi hamda milliy iftixor- ni tarannum etadi. K.Normatov Turli xalqaro uchrashuvlar hamda anjumanlarda madhiyamiz tinchlik, do’stlik, tenghuquqlilik, o’zaro yordam va hamkorlik simfoniyasi ohangida baralla yangragan- ligidan xabardorsiz. Mamlakat ichkarisida esa madhiyamiz milliy g’urur, o’zlikni anglash, qadriyatlarni qadrlash, vatanparvarlik, barqarorlik, birodarlik timsoli bo’lib qolganligini yaxshi bilamiz. Jahon tanigan va tan bergan kelajagi buyuk davlatimizning ramzi – madhiyasi ana shunday kuch-qudratga ega, uning muqaddasligi boisi shunda. I.Normatov Davlatning Konstitutsiyasi, qonunlar bilan tasdiq- langan mustaqilligini ifoda etuvchi: nomi, chegarasi, tili, bayrog’i, gerbi, poytaxti va boshqa ramzlari bilan bir qatorda madhiyasi ham O’zbekistonning har bir fuqarosi uchun muqaddas qadriyatdir. A.Akmalov, T. Mirusmonova Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling