Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet39/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

  1. Davlat ramzlari

  2. Prezident I. Karimov davlat ramzlar haqida

  3. Bayrog'm - faxrim, g'ururim

Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mashg’ulot rejasining savollari bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazadi 2.4. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Mashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


(1- ilova)

O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayroq, gerbi va madhiyasiga ega”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 5 modda.

1. Davlat ramzi – bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog’i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarda o’z ifodasini topadi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin MDH mamlakatlari orasida birinchilar qatorida juda qisqa vaqt ichida davlatimizning asosiy belgilari – Bayroq, Gerb va Madhiyamizga ega bo’ldik.

Mustaqillik bizga in’om etgan vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida so’zlamasdan iloj yo’q. Vatanparvar- likning oliy ramzlari xalqimiz va har bir fuqaro qalbi- dan mustahkam o’rin olayotganligi nihoyatda quvonchlidir. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar bayroqlari qatorida mag’rur hilpirab turishini ko’rish va his etish naqadar katta baxt, insonni naqadar kuchli bir hissiyotga chulg’ab oladi... Prezidentimiz Islom Karimov juda to’g’ri ta’kidlab o’tganidek: “O’zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat Bayrog’i, Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona-Vatan – O’zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi”.

O’zbekiston Davlat madhiyasi yangrab, bayrog’imiz boshimiz uzra hilpiraganda, ozod Vatanimizga nisbatan qalbimizning tub-tubidan chuqur muhabbat qaynab chiqadi, hurmat e’tibor kuchayadi, g’ururlanamiz. O’zbek xalqiday buyuk millatni ajdodlarimiz hoki yotgan zamin uzra birlashtirgan ona Vatandan doimo faxrlanib, unga sadoqat, bor mehrimiz, mehnatimiz, iste’dodlarimizni baxsh etib, yashashimiz zarur.

Haqiqatan ham har bir davlat fuqarosi o’z ramzlarini tumordek e’zozlashi shart. U qaysi millatga yoxud dinga mansub bo’lmasin, o’z davlatining shon-shavkati uchun kuyunishi tabiiy bo’lmog’i kerak. Jumladan, O’zbekiston bayrog’i, gerbi, madhiyasini, ya’ni davlatimiz ramzlarining har birini o’z o’rnida ulug’laymiz.

2006 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilingan kunga 15 yil to’ldi.

2007 yil 2 iyulda - O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilinganiga 15 yil to’ladi.

2007 yil 10 dekabrda esa - O’zbekiston Respub- likasining Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 15 yil to’ladi. Har kuni tong otganda, televizor yoki radioda Davlat madhiyasi yangraydi. Bayrog’imiz esa mustaqil yurti- miz osmonida hilpirab turibdi.

“O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan. Bu qonunda bayrog’imizning shakl-shamoyili, foydalanish yo’l-yo’riqlari aniq ko’rsatib berilgan.

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O’zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari, O’zbekistonning turli vakolat- xonalari ish olib borayotgan binolarda, O’zbekistonning ramziy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko’tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilan- gan. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’iga nisbatan hurmatsizlik bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.

Bugun u O’zbekistonning chet mamlakatlaridagi elchi- xonalari uzra Vatanimiz va xalqimizning yorqin timsoli bo’lib balqimoqda. Xalqaro sport musobaqalarida g’olib bo’lgan yurtdoshlarimiz sharafiga bayrog’imiz baland ko’tarilganida o’zlarini O’zbekiston farzandi deb bilguvchi har bir kishining qalbida g’urur va iftixor tuyg’ulari jo’sh uradi. Zero, Vatan bayrog’i uning o’zi kabi aziz va muqaddasdir.

Bayroq qadim-qadimdan Vatan ozodligi, millat birligi va g’alabasi timsoli bo’lib kelgan. Bayrog’imizdagi har bir rang va belgida xalqimiz- ning asriy an’analari, milliy qadriyatlarimiz aks etgan. Moviy rang azaldan kuch-qudrat, tinchlik, tenglik, beg’ubor- lik, donishmandlik timsoli sanalgan. Oq rang poklik va farovonlik, xalqimizning bag’ri kenglik va oq ko’ngil- liligi ifodasi. Yashil rang yasharish va yangilanish timsoli. Qizil chiziqlar tomirlarimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat - mangulik ifodasidir. Bayrog’imizdagi yarim oy va yulduzlar tasviri ozodlik, barqarorlik, kelajakka ishonch, iymon-e’tiqod timsolidir. Sharqda o’n ikki raqam mukammallik ramzi sanalgan. O’n ikki oy, o’n ikki burj... Sohibqiron Amir Temur ham davlat boshqaruvida raiyat- ning o’n ikki qatlamiga alohida e’tibor qaratgani ma’lum. Binobarin, bayrog’imizdagi hilol va o’n ikki yulduz ham o’ziga xos teran ma’noga ega.

Darhaqiqat, A.Ko’chimov ta’kidlaganiday:

U adolat, koinot, obihayot timsoli.

U ezgulik, shon-shuhrat, baxt-saodat timsoli,

Buyuk Amir Temurning g’olib tug’u misoli,

Kamalakdek tovlanar istiqlolim mayog’i.

O’zbekiston bayrog’i!

O’zbekiston bayrog’i!


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling