Маърузани олиб бориш технологияси
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
3. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i - O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i – mamlakat davlat suverenitetining ramz- laridan biridir. U bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda mamlakatning milliy-madaniy an’ana- larini o’zida mujassamlashtiradi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i, o’z ko’rinishiga ko’ra, butun uzunligi bo’ylab o’tgan to’q moviy rang, oq rang va to’q yashil rangda uchta endan tarkib topgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli en- larning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga teng- dir. Bayroqning o’rtasida oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o’tkazilgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuza tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o’n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tavsirlangan. 1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks et- gan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhratni va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining ham rangi moviy rangda edi. 2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg’uborlik, soflik- ni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli. 3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko’p- gina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. 4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. 5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda u qo’lga kiritil- gan mustaqilligimiz ramzi ham. 6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilno- mamizga bevosita aloqador. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi 12 yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komilikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim. Buyuk timsol bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti saroyida, Oliy Majlis, O’zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralarida, O’zbekistonning turli vakolat- xonalari ish olib borayotgan xorijiy mamlakatlarda, BMT va boshqa qator xalqaro tashkilotlar qarorgohida mag’rur hilpirab turibdi. Bu timsol har bir o’zbek uchun, o’zbekistonlik uchun ona Vatan kabi aziz va muqaddas. Xulosa: Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat, va, albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. Prezidentimizning xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashriflari davomida bayrog‘imiz o‘sha yurt ko‘chalarini bezaydi. Turli bayram tantanalarida, yurtimiz delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘urur va iftixorini yorqin aks ettiradi. Yurtimizdagi bayram shodiyonalari, tantanalari chog‘ida ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlab turgan bayrog‘imiz har birimizda shukronalik hislarini uyg‘otadi. Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasi o‘laroq, xalqaro miqyosda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, turli sport musobaqalarida g‘oliblikka erishgan yigit-qizlarimiz sharafiga yurt bayrog‘i baland ko‘tarilmoqda. Ana shunday lahzalarda qalblarimizda Vatan tuyg‘usi yanada kuchliroq jo‘sh uradi, xalqimizning salohiyati, kelajagimizga ishonch yanada mustahkamlanadi. Davlatimiz bayrog‘idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ramziy ma’noga ega. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling