(3-ilova)
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriq: “OITS bizga nima beradi, bizdan nima oladi. OITSni qanday yo’qotish mumkin” savollari yuzasidan munozara olib boring
Xulosa:
Dunyoda hozirgi davrda aholisi ko’pligi natijasida, OITV infeksiyasining yanada tarqalishi xavfi bo’lgan 5 ta strategik mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Nigeriya, Efiopiya, Rossiya deb belgilangan. Kasallanishning ko’payib borishi munosabati bilan istiqbollilar fikricha bu mamlakatlarda kasallanish 2010 yilda Markaziy va Janubiy Afrikada 30-35 mlnga yetish ehtimoli bor. Dunyoda OITS tarqalmagan mamlakat qolmadi. Yer yuzida OITV bilan zararlanganlar soni 42 mlnga yetdi. Ulardan 3.5 mlnini 15 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etmoqda.
MDH mamlakatlarida OITS bilan kasallanish to’xtamay o’sib bormoqda.
2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra OITS ga chalinganlar (har yuzming kishi hisobida):
1. Rossiya 250.6
2. Ukraina 161
3. Belorusiya 79.5
4. Qozog’iston 49
5. Qirg’iziston 20.8
6. Tojikiston 7.2
7. O’zbekiston 37.7
Do'stlaringiz bilan baham: |