Маърузани олиб бориш технологияси
Download 1.51 Mb.
|
muloqat ma'ruza 1doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot shakli va turi Muloqat soati
- Mashg’ulotning maqsadi: Pedagagik vazifalar
- Oquv faoliyatining natijalari
- O’quv faoliyati shakllari
- Mashg’ulotning texnologik xaritasi
- O’qituvchi O’quvchilar I. Kirish
- II. asosiy qism (30 daqiqa)
- III. Yakiniy qism (5 daqiqa)
Mashg'ulotning modeli
Mashg’ulotning texnologik xaritasi
(1- ilova) "Yaxshi niyat - yarim davlat", deydi xalqimiz. Tilak bildirish, yaxshi niyat, duo-yu olqishlar - bu ham o'zbek xalqining eng qadimiy udumlaridan biridir. Inson hayotining barcha fasllarida, turli yoshlarda, turli munosabatlar bilan, turmushning barcha chorra-halarida bir-biriga tilak bildiradi, yaxshi niyat qiladi. Bola tug'ilganda: "Farzand, zurriyod muborak bo'lsin, umri-yu rizqi, ota-onasi, boboyu buvisi bilan bergan bo'lsin", - deyiladi. Bu ixcham tilakning mazmunida katta hikmat bor. Bolaki tug'ilibdimi, avvalo uning umri uzun bo'lsin, rizqi nasibasi mo'l bo'lsin, ota-onasi tarbiya berib, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazar ekan, far-zandining huzur-halovatini, rohatini, iqbolini ko'rishsin, xalqning og'irini yengil qiladigan shaxs bo'lib yetishsin kabi ko'pga va uzoqqa mo'ljallangan tilaklar birgina shu ibora hikmatda o'z jamul-jamini topgan. O'g'il uylantirayotgan, qizini turmushga chiqarayotganda ham yangi oila qutlug' bo'lsin deya muborakbod qilinib, "Iloho ikki yoshning baxti iqbolini bersin, qo'shgani bilan qo'sha qarisin, uvalijuvali bo'lishsin, tuproq olishsa oltin bo'lsin" kabi ixcham ni-yatlar bildiriladi. Bu bilan hamrohini topgan baxt-u saodatini ham topsin, bir umr bir-birlariga sodiq yostiqdosh bo'lishsin, farzandlari ko'p-u, tarbiyali bo'lishsin, topganlari o'zlariga nasib qilsin, avlodning munosib davomchilari bo'lsin singari hayotiy, samimiy tilaklar ko'zda tutilgan. Safarga, sayohatga, xizmatga otianayotgan kishilarga, "Safaringiz bexatar bo'lsin, eson-omon yana diydor ko'rishaylik, Xudo yor, pirlar madadkor bo'lsin", degan tilaklar bildiriladi. Mo'ysafidlar, ota-onalar farzandlarining duoyi jonini qilisharkan, "oy borib, omon qaytgin", deya kaftlarini yuzlariga surtib, fotiha tortishadi. "Omad yor bo'lsin, olginu oldirmagin, to'rt muchang sog' bo'lsin, Xudo o'z panohida asrasin, chor-yorlar madadkor bo'lsin" tilaklari ham shu holatlarda qo'llanilishi mumkin. Birorjoydan, shahar, qishloq, davlat, safarvaziyoratdan qaytgan kishilarga, "ziyoratiar qabul bo'lsin" degan niyat bildiriladi. Bunga javoban safardan qaytgan shaxs, "murodingiz hosil bo'lsin" deya minnatdorlik bildiradi. Buning ma'nosi shuki, xolis, ezgu niyatlar bilan ziyoratga chiqib, mozor bosib, ulug' avliyo-anbiyolarni ziyorat qilib qaytibsiz, yaxshi niyatlaringizni xudo o'z dargohida qabul qilsin, deyilyapti. Javobda esa ikki ma'noli mantiq jo bo'lgan: Iloho aytganingiz kelsin, insholloh, Sizga ham ushbu ziyoratning savobidan tegsin, ma'nolari shular jumlasidandir. Odamlar ko'ngillari to'lmagan, gumonsiragan shaxs, voqea-hodisa, ish haqida, odatda, "oxiri baxayr bo'lsin, oxirini yarlaqasin" degan mulohaza-tilak aytishadi. Bu bilan ushbu shaxs hodisaning ketishi shu bo'ladigan bo'lsa, oqibati yaxshilikka olib bormaydi, yana ham Xudo insofini berib, bir tomonga boshqarib, oxirini yar-laqasa, noumid shayton, deya umid bildiriladi. Marhumlar xotirasiga fotiha o'qilarkan, "Xudo dargohida qabul qilsin, joylari jannatda bo'lsin, go'rida tinch yotsin, arvohi shod bo'lsin, Xudo rahmat qilsin" kabi tilaklar va ularning teng muqobillari ishlatiladi. Xonadon sohibiga, "Xudo sabr bersin, marhumning qolgan umrini sizga, bolachaqangizga bersin, qarat-magan tabi-bingiz qolmadi, Xudoning irodasi shu ekan. Xudo bir, o'lim barhaq" deya yupatiladi, ko'ngi! so'raladi. "Bandalik, hammamizning ham boshimizda bor gap, borar joyimiz o'sha man zil" singari iboralar ham shu marosimning yupatuvchi iliq so'zlari sanaladi. Marhum keksa odam bo'lsa; "Shu kishining yoshlariga yetib yuraylik, o'lim emas, buni to'y deyavering, tabarruk", — dey-iladi. Keyingi yosh avloddan biror farzand marhum bobo, ota, xola, onaga o'xshatiladigan bo'lsa, marhum hayotdan yosh ko'z yum-gan bo'lsa "Umri o'xshamasin-u, falonchi pismadonchiga quyib qo'ygandek o'xshabdi", - deyiladi. Kasal bemor ko'rgani borganda, avvalo, kech borilmaydi, payshanba kuni bemor ko'rilmaydi, "Tuzalib qoldingizmi, xayriyat, rang-ro'yingiz binoyiday", deyiladi. Qaytayotganda xayrlashayo-tib, "Xudo shifo bersin", deya yuzga fotiha tortiladi. "Dardini bergan Olloh davosini ham beradi, keng fe'lli bo'ling, ko'pi ketib ozi qoldi, ko'rmagandek bo'lib ketasiz", — deyiladi. Gadolar tilanib oldingizdan chiqsa ham, o'zbek ortiqcha sarmoyasi bo'lmasa, peshvozga qattiq gapirmaydi, Xudo bersin, deya yaxshi niyat qilib, o'tib ketaveradi. Bir kam dunyo. Bolachaqaning bosh-oyog'iga, sandig'i, sarpo-surug'iga yetkazishning iloji bo'lmasa, "hammasi to'la-to'kis bo'lishi shartmas, peshonasiga bersin", deyiladi. Ostona hatlab, o'zga xonadonga kirilganda, yuzga fotiha tortilarkan, "Iloho, tinchlik-xotirjamlik, omonlik bo'lsin, boy-badavlat Xizr barakasini bersin, qadam yetdi, balo yettnasin" kabi so'z va iboralar qo'llaniladi. Biror kishi yangi kiyim, uy-joylik, mol-mulklik bo'lganida o'zbekchiiikda "qulluq bo'lsin, muborak bo'lsin, nasib etsin, tepkilab-tepki!ab kiying, egningizda to'zisin, yarashibdi, buyursin"kabi so'z va iboralar qo'lianiladi. Xalqimizda odamlarga yaxshilik qilish, birovning kori xayriga yarash axloq normasi, odamgarchilik, insoniy burch sanaladi."Yaxshilik qil — daryoga tashla, baliq biladi, baiiq bilmasa, Xoliq biladi" aqidasiga rioya qilarkan o'zbek har bir o'zga insonga, uning yoshi, jinsi, millati, qavmidan qat'iy nazar, yaxshilik sog'inib yashaydi. Yaxshi niyat, tilak bilan bog'liq o'zbek xalq maqollari ham bir talay. (2-ilova) Ulardan:
* * * Yaxshi so'z jon ozig'i, yomon so'z bosh qozig'i. * * * Yaxshi oshini yeydi, yomon boshini. ** * Yaxshidan vafo, yomondan jafo. ** *
Yaxshilik to'rga eltar, yomonlik go'rga. * * *
Yaxshilikka yaxshilik - har kishining ishi, yomonlikka yaxshilik — er kishining ishi. * * *
Yaxshi so'z ham, yomon so'z ham bir og'izdan chiqadi. * * *
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.kabi axloqiy-tarbiyaviy maqol-naqllar shular jumlasidandir. Yaxshi niyat-tilaklar odob-axloq, nasihat, maslahat, yaxshilik sog'inish mayllarida bo'lganidan oddiy muomala-munosabat, kundalik: turmush lahzalari, umrguzaronlik yo'ilarida, umr saboqlari sifatida har qadarnda uchraydi: • Xush kelibsiz. • Xush ko'rdik. • Yaxshi boring. • Yaxshi qoling. • Yoqimli ishtaha, ishtahangiz karnay bo'lsin. • Xayrli tun, xayrli tong; yaxshilikka buyursin. • Yaxshi kunlarda ko'rishaylik. • Bola-chaqangizning huzur-halovatini ko'ring. Insonning boshiga bar xil savdolar tushishishi mumkin. Minnatsiz osh, g'avg'osiz bosh bo'lmasa, deydi o'zbek. Jabrdiyda, alamdiyda kishidan ko'ngil so'raganda, uni yupatilganda, odatda, "Ko'nglingizni cho'ktirmang, oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug'", "Albatta yorug' kunlar ham keladi", "Boshin-giz omon, joningiz sog' bo'lsin", "Boshingiz toshdan bo'lsin", "Bu kunlar unut bo'lib ketadi", "Davlat, pul qo'lning kin", "Mol topiladi, jon topilmaydi" qabilidagijumla, ibora, so'zlar, rnaqolu naqllar qo'llaniladi. Adolatsizlik oldida ojiz qolib, yer mushtlab, yiglab-zorlanib turgan odamga, "Kuyinmang, keng bo'ling, u Xudo bexabarga ham tikilgani-boqqani bordir", "Qarz qiyomatda qolmas", deydilar. "Qirq kun o'tmay xudoyi taolloning o'zi ko'rsatadi", "Xudoning g'azabiga uchraydi, o'shanda meni aytdi deysiz", degan gaplar bi-lan tasalli berishadi. Kishining ko'ngliga qarash, nozikta'blik, dardkashlik, hamdardlik -o'zbekning ko'ngil hamrohi. Biz o'zganing dard-g'amiga, tashvishiga loqayd, befarq qarolmaymiz. Shodligidan boshimiz osmonga yetsa. dard-tashvishida sherikbo'lamiz. Shunda quyidagi so'zlarni ishlatamiz: • Mushkulingiz oson bo'lsin. • Do'stga xor, dushmanga zor, nodonga muhtoj qilmasin. • Ko'nglingizga olmang. • Ko'pga bersin, ko'p qatorida bizga ham bersin. Bir-birimizdan kam qilmasin. • Ishingiz baroridan (o'ngidan) kelsin. • Keng fe'l, ketmas davlat bersin. Xulosa: Yaxshilarga yondashtirgin, yomonlardan uzoqlashtirgin. Sig'inish, iymon-e'tiqod bilan bog'liq yaxshi niyatlar ham ha-yotda juda ko'p qo'llaniladi. Ular ruhlanish, madad, ishonch va e'tiqodni kuchaytirishga yordam beradi. "Yo, Ali", "Yo, pirim", "Yo, Alisheri Xudo", "Yo, Rabbim" kabi xitoblar shular jumlasidandir. Bir ishga jazm qilish, faoliyatni boshlash, kirishish, polvonlik, kurash hamda ko'pkari-uloqda va boshqalarda kuch-quvvat talabqilingan lahzalarda bu xitoblar bot-bot qo'llaniladi. O'zbekning har gapida ishlatiladigan yaxshi niyat, tilaklari bu xalqning odob-axloqi yuksak bo'lgan qadimiy madani-yat egasi ekanligidan dalolat beradi. "Yomonlik hammaning, yosh bolaning ham qo'lidan keladi", deydi xalq. Qavmimizning tili shirin, gapi qiziq, qalbi saxovat, mehr-mu-habbatga to'la, niyatlari pok, yaxshilik va ezgulikka yo'g'rilgan. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling