Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet46/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Konstitutsiya baxtimiz qomusi

2. "Konstitutsiya — mustaqilligimiz poydevori" mavzusida adabiy-badiiy kompozitsiya.




Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mavzu bo’yicha kompozition namoyish o’tkaziladi (2-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1- ilova)

1. Konstitutsiya baxtimiz qomusi

Uzoq asrlar davomida bashariyat ming-minglab qoidalar va nizomlardan jamiyat hayoti uchun asosiylarini, o'ta muhimlarini tanlab oldi. Aynan ana shu tanlab olinganlar Konstitutsiya yaratilishiga poydevor bo'ldi. Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir odam ularsiz yashay olmaydi, negaki inson har kuni duch keladigan muammolar hal etilishi ham ko'pincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bog'liqdir. Mamlakatdagi boshqa qonunlar poydevori bo'lgani sabali Konstitutsiya davlatning Asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiya, garchi hajman anchayin chog'roq hujjat bo'lsa-da, unga shunchalik ko'p bilim va donishmandlik jo etilganki, mazmuni butun boshli olam bilan qiyoslagulikdir. «Konstitutsiya» so'zi tarixda ilk marta Qadimgi Rimda uchraydi. Rim imperatorlarining ayrim farmonlari yoki dekretlari «konstitutsiya» deb atalgan. Bu so'z lotin tilidan tarjima qilinganda «qoidalar, nizom» degan ma'noni anglatadi. O'rta asrlarda Yevropa mamlakatlaridan ayrimlari qonunchiligida yangi tushuncha — «asosiy qonun» tushunchasi paydo bo'ldi. Davlat va jamiyat, xokimiyat va xalqning o'zaro munosabatlariga asosiy e'tabor qaratilgan hujjatlar shunday atalgan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ana shu hujjat Muqaddimasida O'zbekiston xalqining inson huquqlariga va davlat suvereniteti prinsiplariga, demokratiya va ijtimoiy adolat ideallariga, respublika fuqarolari munosib turmushni ta'minlashga intilishga sodiqligi e'lon qilingan. O'zbekiston asosiy qonunining oily yuridik kuchi va huquq ustunligi Konstitutsiya moddalarida mustahkamlab qo'yilgan, jumladan: «15-modda. O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat biralshmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar. 16-modda. Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishiu mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normative-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.»

Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan bin uning Asosiy qonuni — Konstitutsiya hisoblanadi. O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi munosobati bilan bevosita Mustaqillik Dekloratsiyasining muhim tamoyillari asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim degan xulosaga kelindi. 1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining 11-sessiyasi bo'ldi. Unda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqidagi masala ko'rildi. Bu xu-stisda Konstitutsiyaviy komissiya raisi, Prezident I. A. Karimov ma'ruza qildi. Ushbu maruzada sesiya muhokomasiga havola qilingan O'zbekistonning Asosiy qonuni respublikada avvalgi yillarda qabul qilingan qonunlardan farqli o'laroq demokratik yo'l bilan tayyorlangan bo'lib, unda yillar davomida sinovdan o'tgan umuminsoniy qadriyatlar o'z aksini topganligi, u ko'plab taraqqiy ctgan mamlakatlarning tajribaiarini o'ziga singdirganligi alohida uqtiriladi. Shuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qariday yetakchi mamlakatning Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkun, deb takidlandi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o'zgarish, qo'shimcha va aniqliklar kiritdilar.

Shunday qilib, suveren demokratik O'zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.O'zbekiston Respublikasining Prezidenti, Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi I. A. Karimov Oliy Kengashning 11-sessiyasida konstitutsiya loyihasi yuzasidan so'zlagan nutqida bunday deb ta'kidladi: "Hur O'zbekistonimizning tarixida birinchi Konsti­tutsiyani qabul qilish jumhuriyatimizning yangidan tug'ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qommlarga asos bo'lishi muqarrar".

O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasi o'ziga xos xususiyatlari bilan diqqatga sazovordir. Birinchidan, ushbu hujjat huquqiy va siyosiy tafakkuraing eng yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon konstitutsiyaviylik ilmini ozida mujassam etgan. Ikkinchidan, O'zbekiston Konstitutsiyasining o'zbek xalqi madaniyati va milliy an'analarining chuqur ildizlariga suyanganligi ham uning o'ziga xos muhim ijtimoiy, iqtisodiy, davlat siyosiy tizimidan amalda boshqa tizimga o'tganligini, tubdan yangilanish ro'y berganligini konstitutsiyaviy rasmiylashtirish bilan ajralib turadi.

Davlat suverenitetining mazmuni Konstitutsiyada o'z ifodasini topgan va juda aniqochibberilgan.Chunonchi, 1-bobda O'zbekiston suveren demokratik respublika ekanligi mustahkamlab berilgan. Konstitutsiyada davlat hokimiyati, bir tomondan, mamlakat ichida ustunlik va mustaqillikka ega bo'lsa, ikkinchi tomondan, tashqi siyosat boshqa davlatlar bilan o'zaro munosobatda o'zi erkin, mustaqil ish yuritishi belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi mustaqil ravishda o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshiradi, respublika

Konstitutsiyasi o'z hududida ustunlikka ega bo'lgan qonunlar qabul qiladi. Xalqaro doirada O'zbekiston Respublikasining ustunligi va mustahkamligi uning davlatlararo muloqotlarini to'laqonli va teng huquqli subyekti sifatidagi maqomiga asoslangan.

Yangi Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan o'z qadrini o'zi belgilash qoidasi mukammal tarzda o'rin olgan. Shu bois u xalq hokimiyati tamoyiliga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. "Xalq hokimiyati" degan ibora butun hokimiyat amalda va'yuridikjihatdan xalqniki ekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati o'z vazifalarini ham bevosita, ham o'zi say lagan davlat organ lari orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlatning birdan bir manbaidir.

Shu o'rinda Prezidentimiz Islom Karimovning "" Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch kitobidan olingan fikrlarni ta'kidlab o'tsak: «Ma'lumki, bugun biz yurtimizda xalqimiz xohish irodasining ifodasi bo'lgan Konstitutsiya va qonunlar asosida demokratik, dunyoviy davlat barpo etmoqdamiz. Bu davlat, avvalambor, dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilg'or yutuq va natijalariga tayanadi. Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi lozim, zero, mustaqillik so'zining zamirida ham katta, ulug' huquqqa ega bo'lish degan tushuncha yotadi. » Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» kitobidan. Qadimgi Gretsiya faylasufi Platon kishilarning davlat va qonunlar yaratish sari bosib o'tgan yo'lini shunday tavsiflaydi: «Deydilarki, adolatsizlikka yo'l qo'yish odatda soz, unga sabr qilish esa og'ir kechadi. Ammo, ma'lum bo'ldiki, birinchisida yaxshisiga qaraganda ikkinchisida yomoni ko'proq ekan. Kishilar har ikkalasini ham tatib ko'rishganidan so'ng bir-birlari bilan ahdlashib olish zarurligini anglab yetishdi. Adolatli snalgan narsa qonunga aylandi. Qonuniylik tamoyiliga rioya etmaslik jazolanar edi. Qonuniylikvaadolatshutariqavujudgakelgan». Konstitutsiya boshqa qonunlardan qanday farq qiladi? Konstitutsiya, oliy yuridik kuchga egaligi, ya'ni qolgan barcha qonunlar Konstitutsiyaga zid bo'lmasligi, balki uning mazmunini ochib berishi tufayli davlatning asosiy qonuni sanaladi. Boshqa qonunlardan farqli o'laroq, inson huquq va burchlari, ana shu huquqlarga rioya etilishini ta'minlovchi davlat tuzilishi Konstitutsiyaning mazmunidir. Konstitutsiya davlatning har bir fuqarosi uchun zarur, negaki u podshoh yoki president emas, balki Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq oliy hukmdorga aylanadi, bu narsa yuridik tilda huquq ustunligi deb yuritiladi. Konstitutsiya jamiyat va davlat faoliyatining uzoq muddatiga qabul qilinadi. Konstitutsiyani o'zgartirish juda qiyin, negaki Asosiy qonunning arzimas darajada o'zgartirilishi mamlakat hayoti asoslarini o'zgartirishini anglatadi. Davlat zaruratga ko'ra u yoki bu qonunlarni almashtirishi mumkin, ammo Konstitutsiya hamisha barqaror, ya'ni doimiy bo'lib qolishi zarur, aynan shu narsada Konstitutsiyaning boshqa qonunlar va qarorlardan yana bir farqi namoyon bo'ladi. Yagona, asosiy qonun ko'rinishida yozilgan birinchi konstitutsiya XVIII asr oxiridagi mustaqillik uchun kurash jarayonida Amerika Qo'shma Shtatlarida vujudga keldi. Aytish mumkinki, aynan konstitutsiya qabul qilinganidan keyin bir qancha talangan shtatlar amalda yangi davlatga — AQShga aylandilar. AQSh Konstitutsiyasida atigi 7 modda bo'lishiga qaramasdan, arzimas miqdorda tuzatishlar kiritilgan, bu hujjatga hozir ham amal qilinmoqda. Hozirgi kunda jahondagi deyarli barcha davlatlar amalda o'z konstitutsiyasiga egadir.


2. "Konstitutsiya — mustaqilligimiz poydevori" mavzusida adabiy-badiiy kompozitsiya.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling