Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet44/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

  1. OITS asr vabosi

  2. OITS to’g’risida slaydlar namoyishi




Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mavzu bo’yicha slaydlar namoyishi o’tkaziladi (2-ilova)

2.2 Mashg’ulot rejasining savollari bo’yicha “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing” texnologiyasi og’zaki munozara o’tkazadi (3-ilova)

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Mashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1- ilova)

OITS – XXI asrvabosi

Barchaga ma’lumki, 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni. Dunyoda aqlbovar qilmas darajada ko’payib borayotgan OITS kasalligiga chalinish buxronini to’xtatish bugunning eng muhim masalalaridan biri ekanini anglash va tushunish har bir fikrlovchi fuqarolarga taaluqlidir.

Odamlarni bu ofatdan saqlashda asosiy e’tiborni jamiyatimizning qadimdan odat bo’lib kelgan sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, xalqimiz tomonidan qoralangan illatlar (narkomaniya, foxishabozlik, ichkilikbozlik)ni tag-tomiri bilan yo’qotish kabi masalalarga qaratish darkor.

Shuo’rinda:

● OITS o’z girdobiga ko’proq o’smirlar, yoshlarni qamrab olib, o’limga olib kelishini;

● Bu hol ota-onalarga tuzatib bo’lmas ruhiy ta’sir o’tkazishini;

● Xalq xo’jaligida eng samarali ishchilar soniga salbiy ta’sir ko’rsatishi;

● Vatanimiz mudofaa quvvatining susayishiga;

- Kelajak avlodning sog’lig’I va faoliyatini ishdan chiqishiga olib kelishi va buni hotirjamlik bilan kuzatish mumkin emasligini alohida ta’kidlamoqchiman.

Gellap xizmatining m’alumotiga binoan 12 % so’ralganlar: “OITS – axloq-ma’naviy me’yorlarining susaygani uchun jazo”, deb javob berganlar. Gomoseksualizm va narkomaniyani qoralovchilar OITS insonning yashash qoidalarini buzgan gunohkorlar uchun haqiqiy jazo deb hisoblaydilar. Boshqa fikrdagilar “OITS bu baxtsizlik” deb hisoblaydilar. Mashxur olimlar va amaliyotchilar fikricha:

● Kelib chiqishi, tibbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar masshtabi bo’yicha OITS epidemiyasini yadroviy falokatga tenglashtirish mumkin. (Rossiya Akademiyasi Prezidenti V.I.Pokrovskiy)

● Kelib, ketuvchi vabodan farqli o’laroq OITS hech qachon ketmaydi, doimo qoladi. Ba’zi mamlakatlar aholisi butunlay qirilib ketish xavfi bor. (“OITS kuzatuvchisi” ni AQSHda birinchi bor ochganlardan R.Gall.)

● Hozirda insoniyat shunday global portlash yuz berganidan daxshatda. Biz buni sezmay qoldik. Hozirda planetamizda 5 mln inson ushbu virusni yuqtirgan bo’lsa, natijada yaqin bir necha yil ichida millionlab kasallar paydo bo’ladi. Insoniyat OITSning yangi epidemiyasi oldida turibdi va bu urushda insoniyat yutqazish xavfiga duch keldi. (OITS bilan kurash va uni oldini olish bo’yicha VOZning global loyiha direktori D.Mann)

● Ba’zi Afrika mamlakatlarida, kasalxonaga yotqizilganlarning 80 % ida OITVga antitelolar bo’lsa, kimdan bola tug’iladi? Tranzitreyslar, avtomobil haydovchilarining 33% infeksiya bilan zararlangan va ular virus tashuvchilardir. (Buyuk Britaniyaning Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligining bosh tibeksporti D. Edison)

OITS nima? OITS- orttirilgan immunitet tanqisligi sindomi so’zlarining qisqartmasidir. Ya’ni orttirilgan – tug’ilmagan, balki virus (OITV) ning ta’siri oqibatida olingan; immunitet – tizimga taaluqli; tanqisligi – kasallikni chaqiruvchi viruslar hozir bo’lganda immunitet tizimi tomonidan javob bo’lmasligidir; sindrom – bu insonning kasal ekanligini ko’rsatib beruvchi bir qator alomatlar va simptomlardir.

Immun taqchilligi qon quvvatlik va hatto organizmning kasallikka qarshi kurashuvchi himoya tizimining zararlanishiga olib keladi. Ta’kidlash joizki, virusning o’zi emas, kasalliklari o’limga sababchi bo’ladi. Kasallik hujayralar va immune tizimini chuqur izdan chiqaradi. Bunday holatlar esa so’zsiz yuqumli kasalliklar, somatic kasalliklar va o’sma kasalliklarni keltirib chiqaradi. OITS insonlar immune tizimining birlamchi kasallanishi bo’lib, avvalo bu immunakomponent to’qimalarning T-limfotsitlar (helper)larni parchalanishi hamda patologik jarayonlarga makrofaglarni ham jalb etadi.

1981-yilning iyun oyida birinchi marta AQSHning Nyu-York va San-Fransizko shaharlarida yosh erkaklar orasida yuqumli kasallik va teri o’smalarining ko’paygani haqida xabarlar paydo bo’ldi. Ularda, o’pka yallig’lanishining, parazitlar kuzatuvchisi pnevmotsista (karinini) keltirib chiqarayotgani, hamda shilliq qavatlarning zamburug’lar (kandida) bilan zararlanishi, o’smalar (limfoma) paydo bo’lishi, sporalar va virus bilan zararlanganlarda bosh miya kasalliklari kelib chiqishi kuzatilgan. Bu mikro organizmlar sog’lom odamlar uchun xafvsiz bo’lgani holda, uning immune tizimi pasayganda, jadallik bilan rivojlanish xususiyatiga ega. 1986-yilda dunyoda 40 ming kishi OITS bilan kasallangan, AQSHda 30 mingga yaqin, Fransiya va Braziliyada 1 mingga yaqin, Markaziy Afrikada 4 mingga yaqin, Angliya va boshqa mamlakatlarda 0.5 ming atrofida kasallanganlar qayd etilgan. 1987-yilda Efiopiya, Mozambik, Gvineya-Bisaudan kelgan fuqarolarning OITV bilan zararlangani aniqlangan. 1989-yil mamlakatimiz fuqarosida ham OITV infeksiyasi aniqlanadi: bu ayol Afrika fuqarosiga erga tegib, uning ota-onasinikiga boradi. U yerda farzandli bo’ladi, ammo oilaviy kelishmovchilik natijasida qaytib keladi. Qaytgandan so’ng unda mazkur virus aniqlanadi.

XXI asr vabosi bo’lmish bu kasallik OITS nomini olguncha “Sayoqyurganlar chumasi”, “4 G” (ya’ni, gomoseksualistlar (75-77%), o’ziga geroin yuboruvchilar (16%), donorlar qonidan tayyorlangan dorilardan zararlangan gemofiliya kasallari hamda Amerikadan tashqari eng ko’p kasallik kuzatilgan Gaiti aholisi ) kabi nomlar bilan atalgan.

Fuqarolik jamiyati uchun eng og’ir oqibat bizning naslimiz-bolalarimizni OITV bilan zararlanishi va OITS bilan og’rishidir. Homilador ayol uchun OITV bilan zararlanish yoki kasallanishi tug’ilajak bola uchun o’lim xavfini keltirib chiqaradi. Chunki bola infeksiyaga o’ta beriluvchan bo’ladi. Bunday holatda bolaning tug’ilishi, sun’iy tug’dirish (kesarevosecheniye) ham yordam berolmaydi. Bolalarda OITV ona qornida va qon quyish natijasida, shu bilan birga kasallangan onani emish natijasida tarqaladi.

Kasal bo’lgan bolalarning 80% ini 6 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi. OITV bilan zararlangan bolalarning o’limi holati ilk marotaba 1988-yilda Odessada ro’ybergan. Yengil tabiatli ona o’z bolasini tug’ruqxonadan olib ketmagan.

Bolalarda OITS kasalligining xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Kasalliknin gyuqishi virus yuqtirgan onalardan homiladorlik davrida, tug’ish vaqtida va emizishda sodir bo’ladi. Bunday holatda kasallik yuqqanidan 4-6 oy o’tgach boshlanadi;

2. OITV infeksiyasining inkubatsion davri bolalarda kattalardagiga qaraganda yil emas, oylarni tashkil etadi;

3. OITSning klinik belgilari erta, kuchli va yaqqol ko’rinadi;

4. Bosh miyaning organic zararlanishi kasallikni tezlatadi;

5. O’sishdan qolish hisobiga jismoniy rivojlanishning susayishi, tana vaznining kamayishi hamda ruhiyatning buzilishi natijasida: aqlsizlik kelib chiqishi, gapirish qobiliyatini yo’qotish;

6. o’pka va ichak faoliyatining tez-tez buzilishi kuzatiladi;

7. Yomon sifatli va davolanishi qiyin kechadigan ikkilamchi infeksiyalar – bakteriyalar, zamburug’lar paydo bo’ladi;

8. 1-2 yil ichida kuzatuvda bo’lganlarning 60 % o’ladi (kattalarda bu ko’rsatkich 50 % ni tashkil etadi.)

OITSning dolzarb masalalri yuzasidan slaydlar namoyishi (2-ilova)




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling