Маърузани олиб бориш технологияси


"Ogohlik-muqaddas burch" mavzusidagi davra suhbati savolnomasi


Download 1.51 Mb.
bet86/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

"Ogohlik-muqaddas burch" mavzusidagi davra suhbati savolnomasi:

  1. Jinoyatchilar qopqoniga kimlar, nima sababdan tushmoqda?

  2. Nosog'lomoilaviymuhit, axloqiy – tarbiyaviy zaiflik bolaning
    ma'naviy shakllanishiga qanday ta'sir etadi?

  3. Bilimi sayoz, aqliy faoliyati sust, ongi rivojlanmagan yoshlar
    ekstremistik to'dalar ta'siriga oson tushadimi?

  4. Nega intellektual ojizlik mavjud joyda yovuzlik, jinoyat
    urug'i tezroq nish uradi?

  5. Giyohvandlik - insonni jinoyat yo'liga boshlovchi vosita.

  6. Jinoyatchilar bizning qaysi kuchsiz tomonlarimizdan foy-
    dalanishadi?

  7. G'animlarimizning imkoniyatlari va zaif tomonlari nimada?

  8. Yoshlarimizni yovuz kuchlar ta'siridan, Vatanirnizni qo'poruvchilik harakat-laridan asrashning asosiy yo'li nimalardan iborat?

9. Yovuz kuchlarning maqsadi nima? O'z fikr va inulohazalaringizni bayon etsangiz.
O'qituvchi: Odam boiasi jinoyatchi yoki yovuzlikka moyil bo'lib tug'ilmaydi. Ayrim yoshlarning jinoyatchilik yo'liga kirib qolishining asosiy sabablarini sanab o'tsak,

1-o'quvchi: Men davra suhbatini Yurtboshimiz I. Karimovning quyidagi so'zlari bilan boshlamoqchiman, chunkiulardaayrimyoshlarning jinoyatchilik yo'liga kirib qolishining asosiy sabalaridan bin yoritilgan: "Bizning targ'ibot-tashviqot ishlarimiz ko'pincha tor doiralarda qolib ketyapti, hayotning keng qatlaralariga kirib borolmayapti, tajribasiz, g'o'r, bilimi va dunyoqarashi cheklangan ayrim yoshlarning ongiga yetib bormayapti. Natijada ular bizga yot bo'lgan tashqi ta'sirlarga, buzg'unchi g'oyalarga ko'r-ko'rona beri-lib, hatto o'z ota-onasiga, xalqi va Vataniga qo'l ko'taruvchi yovuz qotillarga aylanmoqda".

2-o'quvchi: Oiladagi sog'lom, emotsional muhit shaxsning ma'-naviy shakllanishida katta imkoniyatlar yaratadi. Ammo ayrim oilalarda ota-onalarning bola taqdiriga beparvoligi, loqaydligi, e'tiborsizligi, nazoratning yo'qligi tufayli bolalar yomon muhit, har xil jinoyatchi to'dalar, giyohvandlar ta'siriga tushib qolmoqda.

3-o'quvchi: Ba'zi yoshlar ota-onasi yoki boshqa oila a'zolari ichkilikbozlik, buzuqlik, talonchilik qilganliklari tufayli shu yo'lga kirib qoladi.

4-o'quvchi: Giyohvandlikka moyil, narkotik moddalarni yaxshi ko'ruvchi yoshlar yovuz to'dalar qopqoniga tez tushib qolishadi. Chunki ular o'zining xumorini bosish uchun, qanday yo'l bilan bo'lsa-da, pul topishga kirishadi. Shuning uchun ular o'g'irlik qilishga, birovning mol-mulkini talash, yo'lto'sarlik, qotillik kabi og'ir jinoyatlarga qo'l uradi. Narkomaniyaga qarshi kurash — terrorizmga, turli shakldagi jinoyatlarga qarshi kurashning tarkibiy qismidir.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling