Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Download 446 Kb.
bet11/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Distimik shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar o‘zining jiddiyligi bilan ajralib turishadi, ular o‘ta bosiq bo‘lib, kayfiyati pastodamni eslatadi. Ularning harakatlari sust bo‘lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi, o‘z imkoniyatlarini ham past baholashadi. Ular birovlar bilan kam muloqotga kirishadi, davralarda suhbatga aralashmay jim o‘tirishni xush ko‘rishadi. Bunday odamlar ko‘cha-ko‘ylarga chiqmay uyda o‘tirishni afzal ko‘rishadi, g‘alag‘ovur va shovqinli joylardan chetroq yurishadi, yolg‘izlikni yoqtirishadi. Bundaylarni o‘troq hayot kechiruvchilar deb atash mumkin, biroq ular bilan yaqinlashishga intilganlarni hurmat qilishadi, ularga bo‘ysunishga ham tayyor turishadi, haqqoniy do‘stlikning qadriga etishadi. To‘g‘rilik va haqiqatgo‘ylikka intilishadi, biroq o‘z fikrini bayon qilishda ancha sust bo‘lishadi.

  • Xavotirli shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar birovlar bilan darrov muloqotga kirishib keta olishmaydi, doimo xavotirda bo‘lishadi, qo‘rqoq va uquvsiz bo‘lishadi, o‘ziga ishonmaydi. Ular qorong‘ulikdan, uyda yolg‘iz qolishdan va hayvonlardan qo‘rqishadi. O’z tengdoshlariga qo‘shilib keta olmaydi, ulardan o‘zini chetga oladi, shovqinli, o‘yin-kulguli joylarni yoqtirishmaydi, mabodo bunday joylarda paydo bo‘lib qolishsa ham uyalib chetda tomoshabin bo‘lib turishadi. Agar ularning mehnat yoki o‘quv faoliyatini kimdir tekshirmoqchi bo‘lsa yoki biror bir fandan imtihon topshirishga to‘g‘ri kelsa, bunday holatlarni u juda og‘ir qabul qiladi, o‘ziga ishonchsizligi yana kuchayadi, juda bezovtalana boshlaydi. Agar biror bir masala bo‘yicha nutq so‘zlash kerak bo‘lsa yoki auditoriyada ma’lumot berish zarurati tug‘ilsa, u qattiq terga botadi, uyalib ketadi. Shuning uchun ham ular o‘z xohishi bilan minbarga chiqishmaydi. Kattalar himoyasiga o‘zini jon deb otadi, biroq ularning o‘zundan-o‘zoq pand-nasihatlari unda vijdon azobini qo‘zg‘aydi, o‘zining uquvsizligidan va uyatchanligidan aziyat chekadi, shunday bo‘lsada o‘zini yupatib yuradi, shundayligidan siqilib ba’zan yig‘lab ham oladi. Ularda burchga sadoqat, mas’uliyat hissi, yuqori darajadagi axloq va odob tamoyillari ancha erta shakllanadi. O’zida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qudrati etadigan ishlar bilan shug‘ullanishga intiladi, o‘sha erda o‘z imkoniyatlarini to‘la ochishga harakat qiladi. Bolalik paytidan mavjud bo‘lgan uyatchanligi va tortinchoqligi sababli katta bo‘lganda ham o‘zi xohlagan odamlar bilan tezda muloqotga kirishib keta olmaydi. Ko‘p gap ko‘tara olmaydi, agar uni nohaq ayblashsa, o‘zini himoya qila olmaydi, o‘sha erda kuchliroq odamlarning himoyasini xohlab qoladi. Atrofdagilar bilan janjalli voqealarga kam aralashadi, agar kelishmovchiliklar orasiga tushib qolsa, passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. Ular bilan do‘stona munosabatlarni boshlash oson, ular o‘z imkoniyatlarini tanqidiy baholay olishadi, xulq-atvoridagi kamchiliklarni his etishadi, har qanday topshiriqni bajarishga tayyor turishadi. Ularni «Mehribonlik izlovchilar» deb atash mumkin. Ular o‘zlarinio‘zlari himoya qila olmaganliklari sababli hamkasblari tomonidan kulguli voqealarning qahramonlariga aylanib qolishadi, shuning uchun biron bir nojo‘ya voqea yuz bersa osonlikcha uning bo‘yniga ag‘darishadi.

  • Xushchaqchaq shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlarning xulqatvorida yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan xislatlar – bular o‘ta baxtiyorlik, zavqlanish, xushchaqchaqlik, shodlanish, ho‘zurlanish hissidir. Boshqalarga shodlanish, zavqlanish hissini yuzaga keltira olmaydigan vaziyatlar ularda shunday histuyg‘ularni yuzaga keltira oladi. Ozgina bo‘lsada, quvonchli voqealar darrov ularning e’tiborini tortadi va kayfiyatini ko‘taradi, xuddi shunday g‘amgin voqealar esa ularning kayfiyatini tushiradi. Ular muloqotga tez kirishib ketishi, so‘zamonligi va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turishadi, ular kulishsa yayrab kulishadi. Shuning uchun ham ular ko‘pchilikka yoqadi. Ular bahslashishni xush ko‘rishadi, biroq bahsni janjalgacha etkazishmaydi. Turli xil kelishmovchiliklar orasiga tushib qolishsa, vaziyatga qarab yo faol yo passiv ishtirokchiga aylanishadi. Ular do‘stlariga va yaqinlariga juda bog‘lanib yashashadi, achinish va rahmdillik hissi yaxshi rivojlangan bo‘ladi, o‘z his-tuyg‘ularini hech yashirmay yaqqol namoyon qila olishadi. Agar suhbat chog‘ida ularni yaqinroq bilishga biroz harakat qilinsa, bemalol buning uddasidan chiqish mumkin, ya’ni ular o‘z dardini yoyib tashlashlari mumkin. Aksariyat hollarda vahimachi bo‘lishadi, arzimagan vaqt ichida kayfiyati tez o‘zgarib qolishi va birdan «portlab ketishi» mumkin. Ular beqaror ruhiyat egasi hisoblanishadi.


  • Download 446 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling