Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari
Download 446 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe
Qotma shaxs. Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur odam. Kam gapirsada, nasihat qilishni xush ko‘radi. Unga nisbatan aslida mavjud bo‘lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi. Shu sababli uning xatti-harakatida odamlarga nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik ustun turadi. Gina va xafagarchilikka beriluvchan, tez ranjiydigan, voqea va hodisalarga shubha bilan qaraydigan shaxs. U bilan yuz bergan voqealardan o‘zoq vaqt siqilib yuradi, xafagarchilikdan oson chiqa olmaydi, qasoskor bo‘ladi. Bunday odamlar janjal va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishda tashabbuskor bo‘lib qolishlari mumkin. Izzattalab, o‘ziga qattiq ishonadigan va o‘z bilganidan qolmaydigan sobitqadam bu shaxs biror bir ishni qat’iyatlilik bilan boshlab oxiriga etkazadi ham. Ular o‘ta ishchan bo‘lib, har qanday sharoitda ham yuqori ko‘rsatgichlarga erishishga intilishadi, boshlagan ishini birov bilan baham ko‘rmay yolg‘iz o‘zi bajarishni xush ko‘rishadi. Qaysar, o‘jar va tez-tez affekt holatlariga tushib turadigan bu shaxslarning xulq-atvorida haqiqatgo‘ylik, ranjish, tez xafa bo‘lish, gumonsirash, rashk kabi turli xislatlar birgalikda namoyon bo‘ladi. Ular affekt holatiga tushishsa ham, buni darrov yuzaga chiqaraverishmaydi, ichida saqlab qo‘yishadi va bu borada ularning fikrini tez bilib olish qiyin.
Rasmiyatchi shaxs. Sinchkov, maydakash va o‘ta rasmiyatchi shaxs. Janjal va kelishmovchiliklarga kam aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda paydo bo‘lib qolsa, o‘zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. Shunday bo‘lsa-da, shakllanib qolgan tartib-qoidalarning buzilishiga tezda diqqatini jalb etadi. Ishda u haqiqiy byurokrat bo‘lib, har bir ishda rasmiyatchilikka boradi, qo‘l ostida ishlaydiganlarga juda ko‘p talablar qo‘yib tashlaydi. O’z ishiga puxta, o‘ziga va boshqalarga o‘ta talabchan, tartibni xush ko‘radigan, o‘oyatda sinchkov bo‘lib, har bir ishni reja asosida bajarishni yoqtiradi. Biror bir ishni boshlashdan oldin uni sinchkovlik bilan o‘rganadi, reja to‘zadi, o‘zi ham o‘sha rejaga qattiq amal qilishga harakat qiladi, o‘z oldiga qo‘ygan ishlarni shoshmasdan, biroq yuqori darajada sifatli bajarishga intiladi. Xatoga yo‘l qo‘yil madimi deb, o‘zini va boshqalarni tez-tez tekshirib turadi. Rasmiyatchilik uning hayot tarziga aylangan bo‘ladi, vaziyat shuni taqozo etsa mansabdan osonlik bilan voz kechadi. Ruhiy jarohatlarni o‘zoq vaqt esida saqlab yuradigan, og‘ir tabiatli va o‘ch olishga moyil shaxs. Ta’sirchan (qo‘zg‘aluvchan) shaxs. Jizzaki, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmaydigan, qo‘pol, janjalkash va tez g‘azablanadigan kishilardir. Ularning xulq-atvorida instinktiv intilishlar ustun turadi. Ular badqovoq va zaharxanda kishilar bo‘lib, birov bilan osonlikcha murosaga borishmaydi, doimo janjalning o‘rtasida bo‘lishadi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchilardir, aksariyat hollarda esa janjalning muallifi ularning o‘zi bo‘lib chiqishadi. Jamoada o‘zoq ishlay olishmaydi, tez-tez yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sababli bir joyda ishlay olishmaydi. Ularda verbal va noverbal reaksiyalar ancha sust bo‘ladi, shuning uchun ham odamlar bilan bemalol til topishib keta olishmaydi. U biror bir ishga ishtiyoq bilan kirishmaydi, ishga ham zarurat uchun boradi, biror bir sohani yoki ilmni o‘zlashtirishga ham ishtiyoq bo‘lmaydi. Kelajakka befarq, bugungi kun bilan yashaydi, ko‘ngli o‘yin-kulgi va vaqtichog‘likni istaydi.Hamma bilan til topishavermagach, o‘zidan kuchsizroq odamlar bilan muloqot qilishga va ularni o‘ziga bo‘ysundirishga intiladi. Yuqori darajada qo‘zg‘aluvchan bu shaxslarni boshqarish qiyin bo‘lib, ularning xatti-harakatlari atrofdagilar va jamoa obro‘si uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Gipertim shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar yuqori darajada harakatchanligi, so‘zamonligi, mimikalarga boy xatti-harakatlari, dilkashligi bilan ajralib turishadi. Ular har qanday odamlar bilan tezda muloqotga kirib keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘rishadi, shum va sho‘x bo‘lishadi. Suhbat chog‘ida dastlabki mavzudan tezda chetga chiqib ketishi mumkin, buni o‘zi ham sezmay qoladi. O’z tengdoshlari orasida e’tiborda bo‘lishni, iloji bo‘lsa ularga yo‘lboshchi bo‘lishni va shovqin-suronli hayotni xush ko‘radi. Deyarli doimo yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi, o‘zlarini yaxshi his qilishadi, yuqori hayotiy quvvatga va ishtahaga ega bo‘lishadi, yuzi-ko‘zi kulib turadi, hayotdan quvonib yashashadi. Ular o‘ziga yuqori baho berishadi, chaqqon va engiltak bo‘lishadi, quvnoq hayotni yoqtirishadi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi, yuzaki ishlarni zudlik bilan bajarib tashlashadi. Ular juda ajoyib suhbatdosh bo‘lib, atrofdagilarning ko‘nglini chog‘ qilib o‘tirishni xush ko‘rishadi, ko‘ngil yozar ishlarga yo‘lboshchilik qilishadi, kerak bo‘lsa turli xursandchiliklarni o‘zlari o‘ylab topishadi va boshqalarni bunga jalb qilishadi. Bu ishlarga keragidan ortiqcha berilish janjalli vaziyatlarning kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. Agar ular qilayotgan ishlariga ochiq to‘sqinlikni sezishsa yoki bu ishlarni amalga oshirayotganda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, asabiylashib ketishadi, g‘azabi qo‘zo‘aydi. Ba’zan o‘z majburiyatlariga yuzaki qarashadi, qattiq tartib-intizomga ularning toqati yo‘q. Hayot tarzida bir xillikni va yolg‘izlikni yoqtirishmaydi, ba’zan axloqsiz ishlarga qo‘l urib qo‘yishadi. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling