Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Download 446 Kb.
bet13/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Shaxsni tekshirish usullari


1. Tugallanmagan gaplar usuli. Sinaluvchiga uning shaxsini ochib beruvchi va atrof-muhitga munosabatini ko‘rsatib beruvchi bir nechta tugallanmagan gaplarga o‘zi xohlagan so‘zini qo‘yish taklif etiladi. Masalan, «Men opamni ..... ko‘raman», «Ishxonamiz rahbari menga .....», «Mening ukam....», «Mening erim....», «Mening xotinim .....», «Men uni .....», «U meni.....», «Men unga .....», «Mening qo‘l ostimdagilar.....», «U .... odam» «Men qizlarni ..... ko‘raman», «Men onamni .... ko‘raman». «Men otamni ......ko‘raman», «Mening kayfiyatim doimo .....», «Mening kayfiyatim kechga yaqin ......», «Men hayotdan .... yashayman»,
«Men o‘zimni ..... ko‘raman», «Men kelajakka......», «Men .... xohlardim», «Men bolalik davrimdan.......», «Mening ota-onam .......bo‘lgan», «Maktabda mening ustozlarim......», «Men gaplashayotgan yigit va qizni ko‘rsam......», «Menimcha barcha yosh yigitlar va qizlar......», «Kattalar meni.......», «Men farzandlarimdan......», «Mabodo men o‘lib qolsam, atrofdagilar.....» va h.k. Iloji boricha bu gaplar soni ko‘p bo‘lishi kerak (20-30 ta). Sinaluvchi gaplarni qanday to‘zishiga qarab uning shaxsini aniqlab olish mumkin. 2. Tematik aperseptiv test (TAT). Ushbu test turli voqealar aks etgan 20 ta syujetli kartinadan iborat. Sinaluvchi har bir kartinaga qarab hikoya to‘zishi kerak. Shu yo‘l bilan sinaluvchining tasavvuri, qobiliyati, hissiyoti, voqealarga bo‘lgan munosabati va mimikasiga qarab uning shaxsiga oid ma’lumotlar to‘planadi.

  1. Shaxsni har taraflama tekshirishga mo‘ljallangan Minnesot savolnomasi (MMPH). 1957 yil Kettel tomonidan tavsiya qilingan. Shaxsning barcha xususiyatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun ham ilmiy va amaliy psixologiyada ko‘p qo‘llaniladi. Sinaluvchining testda ko‘rsatilgan savollarga shaxsiy munosabati, ya’ni ijobiy, salbiy va befarqligi o‘rganiladi. Savolnomaning to‘la varianti 187 ta, qisqartirilgan varianti 71 ta savoldan iborat.

  2. Lyusher testi. Bu testni o‘tkazish uchun 6 ta kartadan foydalaniladi: ularning 4 tasi asosiy ranglar – havorang, yashil, qizil, sariq va 4 tasi qo‘shimcha ranglar – binafsharang, jigarrang, qora, kulrang. Sinaluvchining qaysi rangni tanlashiga qarab uning ruhiy holati, kayfiyati va shaxsiy xususiyatlari aniqlanadi.

  3. Ayzenk shkalasi ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Anketa 57 ta savoldan iborat bo‘lib, ulardan 24 ta savol ekstraversiya-introversiya shkalasi bilan, 24 ta savol neyrotizm shkalasi bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan 9 tasi Yo-shkalasi bo‘lib, sinaluvchining savollarga aldamasdan naqadar to‘g‘ri javob berganligini ko‘rsatadi (XHX bobga qarang). Savolnomaga javob berib bo‘lingandan so‘ng, savolnoma kaliti yordamida E – ekstraversiya, N – neyrotizm, Yo – yolg‘on ko‘rsatkichlari bo‘yicha shaxs xususiyatlari aniqlanadi. Sinaluvchida shaxsning qaysi xususiyati, ya’ni ekstraversiya, intraversiya, neyrotizm ko‘proq namoyon bo‘lganligi va uning temperamenti aniqlanadi. Ko‘rsatkich lar normadan farq qilsa, sinaluvchiga o‘z shaxsi ustida o‘ylab ko‘rish uchun zarur maslahatlar beriladi. Umuman olganda, ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm shaxsning tug‘ma xususiyatlaridir. Ekstravertlar xulq-atvori ko‘proq tashqariga yo‘naltirilgan bo‘ladi, ular o‘z his-tuyg‘ularini boshqalar bilan baham ko‘rib yashashadi, hamma bilan kirishib ketishadi, ko‘p do‘st orttirishga intilishadi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi va ko‘p gapirishga moyil bo‘lishadi.

Intravertlarda buning teskarisini ko‘rish mumkin, ya’ni ular kamgap, o‘z ichki dunyosini va his-tuyg‘ularini birov bilan baham ko‘rmaydigan, do‘stlari kam, tashqi tomondan faqat o‘ylanib yuradigan odamni eslatuvchi shaxslardir. Neyrotizm esa hissiyotga beriluvchanlikni, ortiqcha xavotirni, doimo tarang holatda yurishni va depressiyaga moyillikni belgilab beruvchi shaxs ko‘rsatkichidir.

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling