Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Download 446 Kb.
bet21/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Psixogen giperesteziya


Psixogen giperesteziya psixoasteniya yoki nevrasteniya kasalliklarining asosiy simptomlaridan biri sanaladi. Bunday bemorlar tashqi odatiy ta’sirlarga shu qadar sezgir bo‘lishadiki, ularni quyosh nuri, shamolning biroz qattiq esishi, avtomobillar tovushi, telefon yoki eshik qo‘ng‘irog‘ining jiringlashi, bolalarning shovqinsuroni ham juda bezovta qiladi. Odatda, bunday bemorlar har qanday tovushdan eti jimirlab ketishi, tanasini xuddi tok urgandek bo‘lishi va boshi qattiq og‘rib, o‘zlarini juda yomon his qilishlaridan shikoyat qilishadi.
Ularni vrach tekshirayotganda, doimo seskanib turishadi, tanasiga qo‘l tekkizgani qo‘yishmaydi, chunki og‘riq kuchayib ketishidan qo‘rqishadi. Agar vrach «Men sizga tekshirmay turib tashxis qo‘ya olmayman», desa bemor vrachning qo‘lini o‘zi ushlab tanasining og‘riydigan joylariga olib boradi. Bunday bemorlarda tananing eng sezgir joylari, odatda bosh va oyoqlar hisoblanadi. Tanadagi giperesteziya sohalari ichki a’zolar kasalliklari natijasida ham bo‘lishi mumkin va ular tananing hamma joyida emas, balki ma’lum bir sohalarida kuzatiladi. Bu sohalar Xed-Zaxarin sohalari deb ataladi.

Psixosomatik sindromlar


O’tkir va doimiy stress natijasida ichki a’zolarda rivojlanadigan funksional tuzilishlarga psixosomatik sindromlar deb aytiladi.
Psixosomatik sindromlarning tibbiy amaliyotda ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishib chiqamiz:

  1. psixogen kardialgiyalar;

  2. yurak ritmining psixogen buzilishlari;

  3. psevdorevmatizm;

  4. psixogen astma;

  5. oshqozon-ichak sistemasining buzilishlari;

  6. psevdourologik sindromlar; 7) psixogen jinsiy buzilishlar; 8) psevdodermatologik sindromlar. Psixogen kardialgiyalar

Ko‘krak qafasining chap tomonidagi har qanday sezgilar (uvishish, og‘riq) bemorlar tomonidan katta xavotir bilan qabul qilinadi. Negaki, bu erda yurak joylashgan. Mabodo, boshimiz og‘rib qolsa, bemalol analgin yoki tsitramon ichib ishga ketaveramiz (ba’zan ichmasdan ham), lekin yurak sohasida og‘riq sezsak, darrov doktor chaqiramiz, kardiogramma qildiramiz, «Hammasi joyida, yuragingiz biroz siqilibdi, xolos», degan xulosani eshitgachgina tinchlanamiz. Chunki ko‘pchilik uchun «yurak» tushunchasi, «hayot» tushunchasining sinonimidir.
Yurak sohasidagi og‘riqlarning sababi hammavaqt ham yurak kasalligi hisoblanadimi? Yana qanday kasalliklar yurak sohasida og‘riq keltirib chiqaradi?
Yurak sohasidagi og‘riqlarni, ya’ni kardialgiyalarni keltirib chiqaruvchi kasalliklarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin. Bular: 1) yurak kasalliklari;

  1. niqoblangan depressiya;

  2. vertebrogen va miofatsial sindromlar.

Demak, kardialgiyalarning sababini aniqlash uchun kardiologik tekshiruvlarning o‘zi etarli emas. Vertebrogen kasalliklar bemorda chuqur nevrologik, depressiv sindromlarning ko‘payganligi esa psixologik tekshiruvlar o‘tkazish lozimligini taqozo qiladi.
Psixogen kardialgiyalar boshqa affektiv buzilishlar bilan birgalikda kuzatiladi. Bular – o‘lim qo‘rquvi, «yurakka havo etishmasligi», uning tez-tez yoki «to‘xtab-to‘xtab» urishi hamda «qizib ketishi yoki muzlab qolishi», «tomoqqa tiqilishi» va shu kabi simptomlardir. Psixogen kardialgiyalarda bemorlar yurak sohasidagi bitta nuqtani barmog‘i bilan ko‘rsatishadi. Bu nuqta, asosan, yurak uchiga to‘g‘ri keladi, bunda og‘riq bitta joyda doimo yoki ko‘chib-ko‘chib turadi. Og‘riq joylashgan sohada kuchli psixogen giperesteziya ham aniqlanadi. Buni kardiosenestopatik sindrom deb ham atashadi. Haqiqiy stenokardiyada esa odatda, psixogen giperesteziya kuzatilmaydi.

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling