Yurak ritmining psixogen buzilishlari, odatda, yurak urishining tezlashuvi bilan ifodalanadi. Bu paytda yurak urishlari bir daqiqada 100 dan 120 gacha etadi va ko‘pincha o‘lim vahimasi bilan kechadi. Bunda bemorlar yurakning har bir urishini aniq sezib turadi. Nafas etishmaydi, sovuq terga botadi, oyoqlari titraydi va bemor, odatda, yotib oladi. Yurak ritmining psixogen buzilishlari jismoniy zo‘riqishlardan emas, balki hissiy zo‘riqishlardan so‘ng paydo bo‘ladi.
Affektiv-ipoxondrik bemorlar o‘zlarining odatdagi ishlash yoki yashash uslubini o‘zgartirishsa, uzoq vaqt transportda yurishsa yoki hissiy va aqliy zo‘riqishlarga olib keluvchi har qanday vaziyatlarda yurak urishlari tezlashib ketadi. Ular yozning issiq kunlarini yomon o‘tkazishadi, doimo salqin joyga intilishadi, asosan kunning ikkinchi yarmida yurak urishi kuchayadi va nafas etishmaydi.
Ovqat (ayniqsa, xamir ovqat) ni to‘yib eyish, mehmonda uzoq vaqt qolib ketish ham yurak urishining kuchayishiga olib keladi. Psixogen taxikardiyalarda EKG da organiq o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
Bemorlarda simpatik tonusning oshishi sinusli taxikardiya, parasimpatik tonusning oshishi sinusli bradikardiya bilan namoyon bo‘ladi. Psixogen astma
Psixogen astma o‘tkir va surunkali siqilishlardan so‘ng kuzatiladigan xurujsimon kechuvchi nafas bo‘g‘ilishidir. O’tkir stress va hissiy zo‘riqishlardan so‘ng nevrozga chalingan bemorlarda nafas etishmovchiligi, bo‘g‘ilish kabi holatlar ko‘p uchraydi. Psixogen bo‘g‘ilish uchun o‘ta xos bo‘lgan simptomlardan biri nafas chiqarishdan ko‘ra nafas olishning qiyinligidir. Ular «to‘yib nafas ololmasliklari va havo o‘pkasining oxirigacha etib bormasligidan» shikoyat qilishadi. Bu holat keyinchalik surunkali tus olishi mumkin va bemorda xuddi astma kasalligiga o‘xshash xurujlar kuzatila boshlaydi.
-
Psixogen astma
|
Bronxial astma
|
|
|
-Xuruj stressdan keyin va ko‘pincha odamlar bor paytda boshlanadi.
Nafas yo‘llari toraymaydi.
Xuruj kam-kamdan qisqa vaqt – kuzatiladi.
Nafas olish qiyin.
Yuz terisi o‘zgarmagan.
Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turmaydi.
Balg‘amsiz yo‘tal.
Auskultatsiyada vezikulyar nafas – Emfizema kuzatilmaydi.
Barmoqlar shakli o‘zgarmagan.
Platseboterapiya yordami katta.
|
Xuruj har qanday vaziyatda rivojlanishi mumkin (stress, allergiya, o‘tkir infeksiyalar).
Nafas yo‘llari torayadi.
-Xuruj bir necha daqiqadan soatgacha davom etadi.
Nafas chiqarish qiyin.
Yuz va lablarda tsianoz .
Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turadi. – Balg‘amli yo‘tal.
Auskultatsiyada xushtaksimon nafas.
Emfizema xos. – Barmoqlar baraban. tayoqchalari shaklida.
Platseboterapiya yordami kam.
|
bir
|
necha
|
Do'stlaringiz bilan baham: |