Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari
Shaxsning kasallikka nisbatan reaksiyasi
Download 446 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixogigiena
Shaxsning kasallikka nisbatan reaksiyasi. Nozogeneziya turlari: x Giponognoziya x anozognoziya x Gipernozognoziya x Adekvat kasalligini baxolash
x Kasallikni notugri baxolash Giponozognoziya - Kasallik og‘irlik darajasini yetarlicha baxo bermaslik Gipernozognoziya- Kasallik og‘rlik darajasini bo‘rtirib kursatish Anozognoziya -Kasallikni inkor qilish Kasallikni adekvat baxolash- Bemornik kasallikni anglay yetiɳi va unga qarshi kurashishga o‘zini safarbar qilish. Vrach va medpersonal bilan ishonchli munosabat o‘rnatish va vrach ko‘rsatmalarini bajaradi, yaqinlar yordamini oladi..Bemor axvolini yaxshilanishiga va sog‘ayib ketishiga ishonchini yo‘qotmaydi. Simulyatsiya- Mavjud bo‘lmagan somatik va psixologik buzilishlarni kursatish Simulyatsiya sababi bo‘lib aggravatsiyadagi kabi malum bir maqsad yotadi. Bunda tibbiyot kitoblaridan yoki boshqa bemorlar xolatidan olanadi. Ayrim xolatlarda metasimulyatsii xolatlari uchraydi bu xolatda oldin o‘tkazgan kasalliklar simptomlarini kaytaradi yoki uzi anglagan xolda sog‘aygandan keyin xam kasallik simptomlarini<< uzaytiradi>> Dissimulyatsiya- Kasallik belgilarini yashirish. Odatda dissimulyatsiya psixologik bemorlarda uchraydi. Somatik bemorlarda bu xolat statsionardan tezroq ketish uchun yoki ishga kirish uchun qilinadi, Aggravatsiya- Anglagan xolda fizik va psixologik buzilishlarni bo‘rtirib ko‘rsatish. Ko‘prok nogironlikni guruxini qayt qilishda, sud-tibbiyot yoki sud-psixoatrik ekspertiza o‘tkazishda, va xizmatga chaqiriqda. PsixogigienaPsixogigiena – bu ruhiy salomatlikni saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan fan bo‘lib, umumiy gigiena va klinik tibbiyotning ajralmas qismiga aylangan. Psixogigiena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda psixosomatik buzilishlarning oldini olish yo‘llarini izlaydi va gigiena talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi. Psixogigiena tashqi salbiy omillarning asab tizimiga ta’sirini kamaytirish, asab markazlarining «immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari psixoprofilaktika muammolariga o‘xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigienik muolajalar ruhiy, asab va boshqa kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, psixogigiena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi og‘ir kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy omillarning ta’siri ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan. Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asabiy-ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklari soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu o‘z navbatida psixogigiena faniga katta vazifalarni yuklaydi. Kuchli hayajonlanish, og‘ir musibat, aqliy zo‘riqish organizmning umumiy holatiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida gomeostazning normal faoliyati buzilib, ichki a’zolar kasalliklari rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir. Psixogigiena asabiy-ruhiy kasalliklar, shaxs o‘zgarishlari, ichkilikka ro‘ju qo‘yish, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari inson shaxsini e’tiborga olgan holda echiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashi va uning oldini olishda, shuningdek, psixoprofilaktikadan yangi dasturlar tayyorlashida katta yordam beradi. Ruhiy zo‘riqishlar ichki a’zolar kasalliklariga sababchi bo‘lsa, o‘z vaqtida ichki a’zolar patologiyasi inson ruhining buzilishiga olib kelishi mumkin. Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi. Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ro‘ju qo‘yadigan, hech kimga ishonmaydigan, o‘zining sog‘ayib ketishiga ham katta shubha bilan qaraydigan bo‘lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so‘z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan odam bo‘lsa, buning yomon ta’siri oila a’zolariga ham tezda o‘tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon etkazishi mumkin. Demak, psixogigienaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigienasidir. Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning atrofidagi qarindosh-urug‘lari, yor-birodarlarining ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir. Psixogigiena muammosi va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiena bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo‘shadi, ruhiy sog‘lom bo‘lgan shaxsgina biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan sog‘lom kishigina yaxshi vrach, quruvchi, haydovchi, o‘qituvchi yoki uchuvchi bo‘lishi mumkin. Psixogigiena quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: sog‘lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish; tibbiy maskanlarda gigiena talablariga javob beradigan sharoit yaratish; insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillarni kamaytirish va tugatish; bemorlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish; 5) har bir insonni o‘z salomatligiga e’tibor bilan qarash hamda uni saqlashga o‘rgatish. Psixogigiena shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: yoshga oid; aqliy va jismoniy mehnat; o‘rganish va o‘rgatish; oila va jinsiy hayot; turmush; bemor psixogigienasi. Yoshga oid psixogigiena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug‘ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o‘yinlarga asoslangan bo‘ladi. Uning idroki yoshiga mos bo‘ladi. Bola o‘zi qiziqqan narsa bilan shug‘ullanadi. Bolaning yonida ehtiyot bo‘lib gapirish, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatib borish o‘ta muhimdir. Bolani qattiqqo‘llik bilan emas, faqat uqtirish yo‘li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha erkalatib yuborish, uning aytganini qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, u qaysar, o‘jar, ota-onani hurmat qilmaydigan bo‘lib o‘sadi. Bolani uning yoshiga mos turli o‘yinlar bilan mashg‘ul qilish kerak. Uni teatr, sirk va hayvonot bog‘lariga olib borish, tabiat qo‘ynida tarbiyalash, bolaning sinxron rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar psixogigienasida kattalar xulq-atvori, avvalambor, ota- onasining xulq-atvori o‘ta muhim ahamiyatga ega. Doimo janjal bo‘ladigan, ichkilik ichiladigan, kitob mutolaa qilinmaydigan oilada yaxshi farzand voyaga etishi ancha murakkabdir. Bola ota-onaning yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig‘iga ham taqlid qiladi. Hali bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i funksional jihatdan to‘la shakllanmaganligi sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish imkoni past bo‘ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar aytish, hayotdan misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg‘otadi, insonlarga mehr-muhabbatli bo‘lishga undaydi. Agar ota-ona bolada fan, san’at yoki hunarning qaysidir bir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har tomonlama yordam berib, barcha sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilaman deb, unga keragidan ortiqcha talab qo‘yib yuborish, dars qilishga majbur qilaverish, ko‘chada biroz o‘ynagani qo‘ymaslik unda depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunga shunday misol keltirish mumkin: hali 8 yoshga to‘lmagan G. ismli qizchani bizga ko‘rsatishdi. Qizcha bosh og‘rig‘idan shikoyat qilar edi. Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada bosh og‘rig‘i sabablarini aniqlay olishmaganini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. Qizcha juda kam gapirar, bir nuqtaga qarab turaverar, doktor bergan savollarga zo‘rg‘a javob berar edi. Vrach o‘zi haqida gapirib berishini iltimos qilganda, faqat boshi og‘rishini aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alomatlarini aniqladik. Qiz avval hech qanday kasal bo‘lmagan, miya jarohatlari olmagan, ichki a’zolari ham sog‘lom edi. Qizchadan boshing doimo og‘riydimi, og‘rimagan payti bormi desa u: «Ha, doim og‘riydi, lekin noyabr oyida og‘rimadi», deb javob beradi (bemor fevral oyida tekshirilayotgan edi). Qizdagi bosh og‘riqning sabablari har tomonlama tekshirilib, kasallik anamnezi yaxshilab o‘rganilgandan so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qizni 6 yoshidan boshlab o‘qitish kuchaytirilgan maktabga berishgan. Bundan tashqari, qizcha maktabdan qaytgach, ingliz tili o‘qituvchisi uyda u bilan mashg‘ulot olib borgan, so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun doimo savol-javoblar o‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to‘lgach ko‘chaga tengdoshlari bilan o‘ynagani chiqishga qo‘yilmagan. Albatta, bolaga qo‘yilgan bu ortiqcha talablar uni ruhan charchatib qo‘ygan. O’qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy mas’uliyat sezgan qizchaning miyasi doimo hissiy zo‘riqishda bo‘lib, bora-bora u kamgap, faqat savollargagina javob beradigan, tengdoshlari bilan o‘ynamaydigan bo‘lib qoladi. So‘ngra esa qizchada doimiy bosh og‘riq rivojlanadi. Noyabr oyida qizcha maktabdan ta’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda, tabiiyki, dars qilmagan va ko‘p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o‘ynab o‘tkazgan. Bundan xulosa qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablarni kamaytirish, ularni qizning yoshiga moslash, ingliz tili o‘qitishni vaqtincha to‘xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar bajarilgach, qizchada depressiya alomatlari (kamgaplik, ishtaha yo‘qligi, hech narsaga qiziqmaslik va bosh oo‘rio‘i) o‘tib ketdi. Bundan xulosa shuki, ko‘pchilik asabiy-ruhiy buzilishlarning sababi noto‘g‘ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy zo‘riqish, yoshga mos bo‘lmagan talablarning qo‘yilishidir. Bu salbiy omillar bartaraf qilinmas ekan, doridarmonlarning ta’siri ko‘zlangan maqsadni bermaydi. Psixogigienaning asosiy maqsadi ham psixogen omillarni bartaraf qilishdir. Bolalarni maxsus kuchaytirilgan maktabga berayotganda psixologga ko‘rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti-vaqti bilan psixolog nazoratida turishi kerak. Shunday ekan, maktab yoshidagi bolalar psixogigienasi haqida alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Shu o‘rinda darslardagi ortiqcha yuk, o‘quvchilar orasidagi yoki o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi kelishmovchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topish zarur. Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga to‘la bo‘lgan davr – bu o‘smirlik davridir. O’smirlik davrida nafaqat ruhiy o‘zgarishlar, balki aqliy va jismoniy o‘zgarishlar ham keskin kechadi. Bu davr – o‘tish davri hisoblanadi. O’smir – bu kechagi bola, lekin u hali katta kishi ham emas. U oldida turgan muammolarni o‘zi echishga ruhan hali tayyor bo‘lmasligi mumkin. Lekin «Hali sen yoshsan», deb uni hadeb tergayverish qaysar va o‘jarlikni yuzaga keltirishi mumkin. O’smirning mustaqilligini tan olgan holda, uning oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug‘dira borish o‘ta muhimdir. U echishi kerak bo‘lgan muammolardan qo‘rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga engiltaklik bilan qaramasligi kerak. Bu davrda o‘smir uchun eng katta muammolardan biri seksual muammodir. Qizlarda esa hayzning kelishi ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo‘rquvlar bilan kechishi mumkin. Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrach-psixologning vazifasi esa o‘smirda kechayotgan jarayonlarni o‘z vaqtida hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish, mehnatning o‘ziga yoqqan turi bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirib borish o‘smir uchun g‘oyat muhimdir. Katta yoshdagilar psixogigienasi, ko‘pincha, kishining egallab turgan lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga bog‘liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot psixogigienasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy hayotda baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o‘rganib, jinsiy hayot nuqtai nazaridan insonlarda nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli hayot bo‘lmaydi, ana shunday oilalarning jamiyatda ham o‘z o‘rnini topib keta olmasliklarini kuzatuvlariga asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin orasidagi nafaqat yaxshi munosabat va xushmuomalalik, balki normal jinsiy munosabatlar ham mustahkam oilaning asosini tashkil qiladi. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling