Shifokor xatoliklarini sababi.
Ob’ektiv xolatlar: Tekshiruv yoki biron muolaja o‘tkazishga kerakli jixozlar va sharoitning bo‘lmasligi ( endoskop bo‘lmasa oshqozonning yoki bronxning ba’zi o‘sma kasalliklarini aniqlab bo‘lmaydi ).
Nazariy jixattan ba’zi qarashlar , prinsiplarning o‘zgarib turishi ,kasallikning etiologiyasi, patogenezi va umuman kasallikka bo‘lgan qarashning o‘zgarib turishi olib kelishi .
Shifokor tomonidan ko‘yilgan xatoliklar.
Maxorat tajribaning kamligi va oddiygina tibbiyotga xurmatsizlik bilan qarash.
Diagnostik: Kasallikni noto‘g‘ri yoki umuman aniqlay olmaslik, bu uz navbatida kasallikni atipik kechishi, tekshiruvni to‘liq olib bormaslik va malakasiz shifokor sababli kelib chiqadi.
Davolashdagi: Davolashdagi xatoliklarning asosiy sababi bu noto‘g‘ri ko‘yilgan tashxis va bilimsizlik va boshqalar.
Texnik: Tibbiy anjomlarni noto‘g‘ri ishlatish, dori darmonlarni o‘rinsiz ko‘llash.
Tashkil qilishdagi xato: Tibbiy yordam ko‘rsatishga u yoki bu xizmatni tashkil qilishdagi yetishmovchiliklar.
Deontologi: Bu shifokorning bemor uning yaqinlari va o‘rta va kuyi tibbiyot xodimlari bilan xato muomulada bo‘lishidir.
Tibbiy xujjatlarni to‘ldirishdagi xatoliklar: Chunarsiz, aniq bo‘lmagan operatsiya ma’lumotlari, kundalikni xato olib borish , boshqa tibbiy muassasaga yuborilganda xujjatlarni noto‘g‘ri to‘ldirish.
Bir qator ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p kaytariladigan xatolar :
Chuzilgan tekshiruv: Bemorga tayyorlangan davo choralarini rejali emasligi.
To‘liq bo‘lmagan tekshiruv: Bor bo‘lgan metodlarni kasalliklarga ko‘rsatma bo‘lgan xollarda xam ko‘llamaslik. Ayniksa bu poliklinikalarga tegishli.
Diagnostik konsepsiya mavjud bo‘lmagan xollarda kompleks tushunishni soddalashtirish: Bunday xollarda ayni bir kasallikka kerakli bo‘lgan tekshiruvlar emas balki xamma qilinishi mumkin bo‘lgan tekshiruvlar tayinlanadi. Shunga qaramay kompleks tekshiruvlarni eng aniq javob beriladiganlari tayinlanadi. Eng yaxshi vrach bu- eng kam tekshiruvdan eng kup ma’lumot oladiganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |