Ruhiy siqilishlarda oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish, qorinda og‘riqlar) Gippokrat davridan buyon ma’lum. Tanada kechadigan har qanday jarayon miya ishtirokisiz bo‘lmasligi Gippokrat, Galen va Dekart asarlarida qayd qilingan. Galen va Ibn Sino «qora o‘tning» o‘t pufagida ko‘pay-ib ketishi ipoxondriyaga olib kelishini aytib o‘tishgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida oshqozon-ichak sohasida asab buzilishlari sababli uchraydigan turli belgilar va ularni davolash usullarihaqida yozib qoldirgan. Abdominal og‘riqlar
Qorindagi og‘riqlar xuddi bosh va yurak sohasidagi og‘riqlar kabi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu sindrom bilan bemorlar, odatda, tez-tez doktorlarga murojaat qilib turishadi (terapevtdan tortib, to onkologgacha).
Mo‘taxassislar ma’lumotiga ko‘ra, tez yordam bo‘limiga olib kelingan bemorlarning 5-10 foizi qorin og‘rig‘idan shikoyat qilarkan. Shunisi e’tiborliki, bu bemorlarning 41 foiziga «qorindagi sababi aniqlanmagan og‘riq» deb yakuniy tashxis qo‘yilarkan. Yetuk klinikalarning birida qilingan ilmiy tahlil shuni ko‘rsatganki, «appenditsit» tashxisi bilan operatsiya qilinganlarning har uch nafaridan birida, olib tashlangan o‘simta gistologik tekshiruvdan o‘tkazilganda, normal holatda bo‘lgan. Shu bilan birga, qorindagi og‘riqlar affektiv buzilishlar natijasida kelib chiqqanligi aniqlanib, qo‘yilgan «ganglionevrit», «solyarit» kabi tashxislar bekor qilingan.
Umumiy psixogen giperesteziyaga glossalgiya (glossodiniya) lar yaqqol misol bo‘la oladi: bemorlar gohida tili chidab bo‘lmas darajada og‘rishidan shikoyat qilishadi. Ularning jig‘ildoni va qizilo‘ngachi juda sezgir bo‘ladi: tez-tez kekirish natijasida oshqozondagi kislotali moddalarning yuqoriga ko‘tarilib turishi bemorlarning jig‘iga tegib, ovqat eyishdan bosh tortishgacha olib keladi. Bunday bemorlar choy yoki ovqatni sal issiq bo‘lsa ham icha olmaydilar, chunki bu darrov ularning jig‘ildonini «qaynatadi» va ko‘kragida qattiq og‘riq paydo qiladi, shuning uchun ular doimo suyuqliklarni iliq holatda ichishadi. Har qanday tashqi va ichki ta’sirlarga ortiqcha e’tibor qilaveradigan bu bemorlar o‘ta injiq bo‘lib qolishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |