Guruxli psixoterapiyada - Davolash maqsadida gurux dinamikasi xisobga olinadi.
Teoretik maqsadda qo‘llanadi. Insonlar o‘rtasidagi munosabat tushuntirish ishlari olib boriladi.
Gurux –chegaralangan (20), yoki 8-14 kishigacha bemorlar katnashadi.
Gurux:
Kichik – 10 tagacha odam o‘rta – 11 – 20 odam katta – 21 – 30 odam
Psixoterapevt normalari:
1) Emotsional kirishuvchanlik va bemor qabul qilish. Vrach bemorni tanqid qilishi, ayblashi mumkin emas. Bemorga o‘z mustaqil fikri borligi, u boshqalarga o‘xshamasligi, aloxida individual insonligi tushuntiriladi. 2) Autentlik – tabiiylik. Vrach avval o‘zi xaqida boshlash kerak. Bemorga menda xam shu xolat bo‘lgan deb o‘ktirgan xolda psixotravmatik xodisadan chiqarish kerak.
3) Empatiya – birgalikda achinish, bemorni tushunish. 4) Vrach xaqiqatan achinayotganini ko‘rsatish kerak.
Tushunchaning manosi – gurux dinamikasi. Agar bu bo‘lmasa, effekt bo‘lmaydi. Gurux dinamikasi – spetsifik jarayon xisoblanadi.
1-faza – adaptatsion faza birinchi 5-7 kunlari. Xal qiluvchi pozitsiya (shu yerda va xozir)
2-faza - frustratsion tajanglik, xarakat va toliqishni ko‘payishi natijasida 1-3 kungacha davom etadi. Bu xolat guruxga Yangi bemor ko‘shilganda sodir bo‘ladi.
3-faza - konstruktiv, davo fazasi 7-10 kungacha bo‘ladi. Xar bir bemor uz kechinmalari bilan guruxda bo‘lishadi, uz taassurotlarini aytishadi.
4-faza - realizatsion «usha yerda va ushanda». Yangi xulk atvor modellari suriladi, bu esa 5-7 kun davom etadi.
Sanogen (davo) faktorlari, guruxda rezultat beradigan.
umumiylik xissi, men va biz tushunchasining ortishi, egotsentrizm yani o‘z xisiyotlarining kamayishi.
empatiya xissi, davo effekti oshishi uchun, bemor kechinmalarini xis qila bilish.
bir-birlari bilan tanishlikni bo‘lmasligi (ular na tanish na qarindosh).
Guruxli psixoterapiyaning davo kursatish mexanizmi.
Informatsiya uzatish – qiskacha psixologik «likbez», informatsiya bilvosita psixoterapevt tomonidan qo‘shiladi (psixika va somatika)
universallik kechinmalar – nevrotik egotsentrizm kamayadi, yani bemorlar bir-birlaridagi kechinmalari Bilan almashinib o‘z muammolari birgina ularda mavjud emasligiga ishonch xosil qiladilar.
umid uyg‘otish – ochiq guruxlardagi mashg‘ulotlarda bemorlarda bo‘layotgan o‘uzgarishlarni ko‘rib, bemorlarda umid uyg‘onadi.
altruizm –o‘z-o‘ziga bo‘lgan baxo ko‘tariladi, insonlar bir-birlariga yordam berayaptilarmi, demak men xam kimgadir yordam bera olaman degan xulosaga keladilar.
Birlamchi oilaviy guruxda korreksiyali rekapitulyatsiya – barcha oila ozolari bilan birga ishlaganda paydo bo‘ladi.
insonlararo o‘rganish – guruxdagi bemorlarda kuzatilayotgan pozitiv o‘zgarishlardan ishonch kuchayib boradi
imitatsiya – taqlid qilish.
gurux inoqligi – korreksiyalaydi, psixoterapiya samaradorligini oshiradi
katarsis – emotsional reaksiya, soflanish.
interpersonal tasir–guruxli terapiyaga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |