Mashg`ulot turi: Ma’ruza. Ajratilgan soat
Download 1.42 Mb.
|
Matematika toplamlar ustida amallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekvivalensiya amali. 8- tarif.
Implikatsiya amali.
7-ta'rif.A to'plamdagi x ning P(x) predikat chin, Q(x) esa yolg'on bo'lgan qiymatlaridagina yolg'on bo'lgan F(x) Q(x) predikat P(x) va Q(x) predikatlarning implikatsiyasi deyiladi. Ta'rifdan P(x) Q(x) predikatning chinlik to'plami CA(A1 CAB1) = CAAl Bl dan iborat ekanligini ko'rish qiyin emas (buni A(x) B(x) |A(x) B(x) ga asoslanib tekshirib ko'ring). 3-misol.Natural sonlar to'plamidagi P(x) «x>5» va Q(x) «x uchga karrali» predikatlarni olsak, P(x) Q(x) «Agar x >5 bo'lsa, u holda x uchga karrali bo'ladi» predikat hosil bo'ladi. Bunda Al = {6, 7, 8, 9, 10, 11, ...}, B1= {3, 6, 9, 12, 15, 18, 21, ...} bo'lib, CAA1 B1 = {1, 2, 3, 4, 5, 6, 9, 12, 15, 18, 21, ...} dan iboratdir. Ekvivalensiya amali. 8- ta'rif. A to'plamdagi x ning P(x) va Q(x) predikatlarning ikkalasi ham bir xil qiymat qabul qiluvchi qiymatlaridagina chin qiymat qabul qiluvchi P(x) Q(x) predikat P(x) va Q(x) predikatlarning ekvivalemiyasi deb ataladi. P(x) Q(x} (P(x) Q(x)) (Q(x) p(x)) bo'lganligi sababli uning chinlik to'plami (CAA1 B1) (CAB1 A1) dan iboratdir. 4-misol. Natural sonlar to'plami N dagi P(x) «x kichik 10 dan», Q(x) «x soni 5 ga bo'linadi» predikatlami olsak, Al = {I, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9}, B1 = {5, 10, 15, 20, 25, ..., 5n, ...} bo'ladi va bu holda p(x) Q(x) «Agar x kichik 10 bo'lsa, u holda x soni 5 ga bo'linadi va, aksincha, agar x soni 5 ga bo'linsa, x kichik 10 bo'ladi» degan predikat bo'ladi. Uning chinlik to'plami CN B1 ={10, 11, 12, 13, ...} {5, 10, 15, 20, ...} ={5, 10, 11, 12, 13, ..., n, ...}; CNB1 A1={1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9, 11, 12, ,.} {1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9} = {1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, ...} bo'lgani uchun (CNA1 B1) (CNB1 A1) = {5, 10, 11, 12, 13, 14, 16, 17, ...} to'plamdan iborat bo'ladi. 4.Tenglama va tengsizliklarni predikatlar orqali ifodalash. Har qanday algebraik tenglama yoki tengsizlik berilgan bo'lsa, uni predikat sifatida qarash mumkin. Tenglamaning (tengsizlikning) yechimlari to'plamini topish esa predikatning chinlik to'plamini topish demakdir. Misol uchun 3x + 2 = 2x tenglamaning butun sonlardagi yechimlarini topish talab etilsin. Agar bu tenglamaning chap tomonini P(x) bilan, o'ng tomonini esa Q(x) bilan belgilab olsak, P(x) = Q(x) predikatga ega bo'lamiz. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling