Mashg’ulot№17 Mavzu: Turli lokolizatsiyali


Qorinning oq chizig‘i churrasi


Download 277.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana04.02.2023
Hajmi277.69 Kb.
#1160259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
№ 17 turli lokalizasiyali asoratlangan churralar

Qorinning oq chizig‘i churrasi.Qorinning old devoridagi churra bo‘rtmasi 
kindikka yaqin joylashgan-para umblikal va yuqorida joylashgan – epigastral 
xillarga bo‘linadi.  
Bunday churraning paydo bo‘lishi qorinning oq chizig‘i deb ataluvchi aponevrotik 
tortqining yaxshi rivojlanmasligidan paydo bo‘ladi. Bolalarda qorinning oq 
chizig‘ining o‘ziga xosligi, uning qalinligi kam bo‘lgan xolda kengligining 
kattaligidir. Qorinning oq chizig‘ida uchrovchi aponevrotik ip tutamlarida yosh 
bolalarda defektlar bo‘lishi mumkin, yosh o‘tishi bilan ular kamayib boadi.
Aponevrozning defekti orasidan parietal qorin pardada yotuvchi qorin parda old 
kletchatkasi chiqib ketishi mumkin. Juda kam xollarda churra a’zosi ingichka 
ichak qovuzloqlari bo‘lishi mumkin.  
Xamma churralar ichida qorinning oq chizig‘i churrasi 1% ni tashkil etadi va 2-3 
yoshdan keyin paydo bo‘ladi. Bunday churraning qisilishi yanada kamroq 
uchraydi. 
Klinik kechishi simptomsiz va tasodifan ota onasi yoki profilaktik ko‘ruv paytida 
vrach aniqlaydi. Qorinning oq chizig‘i soxasida bo‘tma ko‘riladi, ko‘pincha silliq, 
yumshoq, ushlaganda sal og‘riqli. Bosilganda u yo‘qolmaydi, yoki tarkibi charvi 
yoki ingichka ichak devori bo‘lganda kichrayishi mumkin. Agar teri osti yog‘ 
qatlami yaxshi rivojlangan bo‘lsa u xatto ko‘zga tashlanmaydi, faqat bola xolatini 
o‘zgartirilsa va snchiklab ko‘rilsagina aniqlanadi. Ba’zi xollarda semiz bolalar 
qorin soxasida simillagan og‘riqdan shikoyat qiladilar va statsionarda 
gastroduodenit, xoletsistopatiya va mezadenit bilan samarasiz davolanadilar. 
Qorinning oq chizig‘i churrasini qorin mushaklari diastazi- qorin old devori 
rivojlanish anomaliyalari bilan farqlanadi. Bunday xollarda kuchanganda 
kindikdan to xanjarsimon o‘simtagacha 1.5-2sm kenglikdagi bir xilda bo‘rtma 
kuzatiladi. 



Qorinning oq chizig‘i churrasi qisilganda epigastral soxada butun qorin 
bo‘shlig‘iga tarqaluvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Disfagiya unchalik bo‘lmaydi. Qorin 
old devorida ushlaganda keskin og‘riqli xosilani paypaslash mumkin. Bunday 
churrani to‘g‘irlashga urinish mumkin emas. 

Download 277.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling