Mashg’ulot№17 Mavzu: Turli lokolizatsiyali
Download 277.69 Kb. Pdf ko'rish
|
№ 17 turli lokalizasiyali asoratlangan churralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinika va diagnostika.
Kindik churrasi –qorin old devori rivojlanish defekti- ko‘proq qizaloqlarda
uchraydi. Uning xosil bo‘lishiga ushbu soxadagi anatomik o‘ziga xoslik sabab bo‘ladi. Kindik tushgach uning xalqasi berkiladi. Biroq uning faqat pastki qismi yaxshi bitadi, chunki bu erdan embrional davrda ikkita kindik arteriyasi va siydik yo‘li o‘tadi, ularni zich efbrional to‘qima, keyin fibroz to‘qima o‘raydi. Bu pastki qismda chandiq to‘qimasining yaxshiroq rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Kindik xalqasining yuqori qismidan faqat kindik venasi o‘tadi va uning o‘rovchi xalqasi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, qator xollarda qorin fassiyasi bu krni qisman o‘raydi. Fassiya yaxshi rivojlanmagan joylarda kindik churrasi rivojlanadiSHunday anatomik tuzilishga ega bo‘lganligi uchun kindik qorin oldl devorining bo‘sh joyi xisoblanadi va churra kelib chiqishiga moyil bo‘ladi. Turli xolatlarda qorin bo‘shlig‘i bosimining ortishi xam axamiyatga ega. Mushaklar tonusini kamaytiruvchi uzoq davom etuvchi kasalliklar churra xosil bo‘lishiga olib keladi Klinika va diagnostika. Kindik churrasi xar xil o‘lchamdagi yumaloq bo‘rtma ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Tinch xolatda va yotganda churra qorin bo‘shlig‘iga oson to‘g‘irlanadi. SHunda churra xalqasini oson paypaslash mumkin. Katta o‘lchamli churrada churra ustidagi teri yupqalashadi, bola bezovta bo‘ladi va ota onalar bola churra bezovtalikka sabab bo‘lyapti deb xisoblaydilar. Sub’ektiv belgilar churra shakliga bog‘liq. Agar churra xalqasi katta bo‘lsa va churra a’zolari osonlikcha kirib chiqsa, u og‘riq va bezovtalikka sabab bo‘lmaydi. Kichik teshik va qirrasning rigidligi bezovtalikka olib kelishi mumkin Davolash churraning shakli va bola yoshiga bog‘liq.ko‘p xollarda bola o‘sgan sayin (2-3 yoshdan) churra o‘z o‘zidan yo‘qolib ketadi. Keng kindik xalqasida qorin devorini mustaxkamlovchi massaj qilinadi. Davolash 1 oylikdan boshlanadi va bola bir kunda 5-6 marta 10-15 minut ovqatdan oldin 2-3 mindavomida qorniga yotqiziladi. Bunday xolatda bola orqa mushaklarini taranglashtiradi, boshini ko‘taradi, qo‘l va oyoqlarini qimirlatadi, natijada mushaklar, ayniqsa qorin 7 mushaklari tonusi ortadi. Keyinchalik davolash gimnastikasi mutaxassisi tomonidan massaj boshlanadi, uni onasi bajarishi xam mumkin. 3 yoshdan keyin xam kindik xalqasi berkilmasa, o‘z o‘zidan berkilmaydi. 5yoshga borib operativ yo‘l bilan mustaxkamlanadi. Download 277.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling