Mashg’ulotlar uchun


Paylar cho‘zilishi va uzilishi sabablari, belgilari, tez yordam


Download 0.61 Mb.
bet68/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Paylar cho‘zilishi va uzilishi sabablari, belgilari, tez yordam.
Cho‘zilishlar. Cho‘zilish deb to‘qimalarning qarama-qarshi tomonga tortish kuchi ta’sirida haddan tashqari taranglashishi tushuniladi. Bo‘g‘imlar joyining cho‘zilishida ayrim tolalarning hamda maxalliy tomirchalarning uzilishi kutiladi. Qshda yiqilish, qayirib bosish natijasida boldir-oshiq bo‘g‘imi paylarning cho‘zilishi ro‘y beradi. Paylar qon tomirlarining cho‘zilishi va qisman uzilishida qon quyilishi va aseptik yallig‘lanishi tufayli, bo‘g‘im sohsida shish paydo bo‘ladi. Bu qon quyulishi birinchi kunlarda unchalik rivojlanmagan bo‘lib, kechroq u qoramtir-ko‘kish dog‘ holida ko‘rinadi. Bo‘g‘imda harakat bo‘lsada, u og‘riqli va biroz cheklangan bo‘ladi.
Cho‘zilishlarda ham xuddi lat eyishdek qon quyilishining kamaytirish maqsadida, birinchi soatlarda muz solingan xaltacha, sovuq kompresslar qo‘yiladi. Ikkinchi kundan boshlab, issiq muolajalar buyuriladi. Bir vaqtning o‘zida oyoq-qo‘llar ko‘tarilib, sakkiz simon bosib turuvchi bog‘lam bilan bog‘lanadi va osoyishtalik yaratiladi. Mana shu tadbir qo‘llanilsa bemor 10 kun ichida sog‘ayib ketishi mumkin.
Uzilishlar. Uzilishlar deb o‘tkir kuch ta’siri orqali to‘qimalarning anatomik qarama-qarshiligini oshiradigan yumshoq to‘qimalarning shikastlanishiga aytiladi. Odatda paylar, mushaklar, fastsiyalar, hatto qon-tomirlari va nerv stvollari ham uziladi. Hammadan ko‘proq tizza, qo‘l bo‘g‘imlari, paylarning uzilishi ro‘y beradi.
Paylarning uzilishi ko‘pincha bo‘g‘im kapsulasining va uning sinovial po‘stlog‘ining shikastlanishi bilan birga ro‘y beradi. Paylarning uzilishi odatda uning birikkan joyida yoki o‘zida bo‘lishi mumkin. Agarda uzilish bo‘g‘im kapsulasi shikastlanishi bilan birga ro‘y bersa, qon bo‘g‘im ichiga tushadi va gemartroz hosil qiladi. Ayniqsa, bu narsa tizza bo‘g‘imi va uning X simon payining shikastlanishi uchun xarakterlidir. Bunda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi, bo‘g‘imni bukish va yozish qiyinlashadi. Bo‘g‘imga qon quyilishi natijasida uning hajmi kattalashadi. Bo‘g‘im ichidagi yarimoysimon miniskning yorilishi natijasida bo‘g‘im blokadasi kelib chiqadiki, buni faqatgina maxsus davolash muassasasida davolash mumkin. Tizza bo‘g‘imidagi gemartrozga tizza qopqog‘i harakatining simptomi tavsiflidir.
O‘mrov-akromion payning uzilishida o‘mrov suyagining to‘la bo‘lmagan chiqishi, paylar uzilishida esa, uning to‘la chiqishi kuzatiladi.
Ko‘p xollarda muskullarning uzilishi ro‘y berishi mumkin. Muskullar uzilishining asosiy belgilari, to‘satdan paydo bo‘ladigan og‘riq, ko‘zga tashlanib turadigan deformatsiya, shish tagiga qon quyilishi va funktsiyaning buzilishi hisoblanadi.
Xuddi lat eyish, cho‘zilishlardagidek birinchi yordam qon ketishi va og‘riqni pasaytirishga qaratilmog‘i kerak. Bunga shikastlangan joyga sovuq, bosuvchi va immobilizatsiyalovchi bog‘lamlar qo‘yish yo‘li bilan erishiladi. Paylarning uzilishi organ funktsiyasining buzilishi bilan ro‘y bersa, operatsiya yo‘li bilan tiklanadi va 12-15 kunga immobilizatsiya qilinadi. Operatsiyadan keyingi paytda normal funktsiyalarni tiklash uchun reabilitatsiya choralari ko‘riladi (massaj, LFI, fizioterapiya).
Pay cho‘zilganda ahamiyat berilmay shifokorga murojaat qilinmasa, shikast surunkali tus olib, kasallik uzoq vaqt bemorni bezovta qilishi mumkin. To‘g‘ri davo ham qilinmasa, pay cho‘zilish tez-tez takrorlanishi mumkin. Tizza qaltis bukilganda xam pay cho‘zilishi takror ro‘y beradi; tizza qattiq og‘riydi, harakat qilganda og‘riq zo‘rayadi, bo‘g‘in shakli o‘zgarmaydi; bunda tizza bo‘g‘imini bint bilan siqib bog‘lash yoki maxsus moslama bilan ishqalash zarur bu muolajalarni mutaxassis bajarishi kerak. To‘g‘ri davo qilinsa, bemor hech qanday asoratsiz tuzalib ketadi. Pay cho‘zilishining oldini olish uchun (xususan sportsmenlarda) muskul sistemasi tonusini bir maromda tutish, sport o‘yinlari vaqtida elastik bint bilan siqib bog‘lab olish, maxsus sport poyabzali kiyishi yoki tizza bandaji taqish tavsiya etiladi.
Paylar cho‘zilishida va uzilishida birinchi yordam ko‘rsatgach bemorni davolash muassasasiga yuborish kerak.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling