Mashg’ulotlar uchun
Lat eyish va paylar cho‘zilish
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
Lat eyish va paylar cho‘zilishi.
Lat eyish, sabablari, belgilari, qo‘llanadigan vositalar. Odam organizmiga tashqi faktorlar ta’sir etishi natijasida to‘qimalar va organlarni anatomik va funktsional jihatidan buzilishi shikastlanish deyiladi. Ta’sir qiluvchi kuchlar bir necha xil bo‘ladi: mexanik, termik, kimyoviy, elektrik, ruhiy ta’sirlar farq qilinadi. Shikastlanishlar aksari mexanik kuchning bevosita ta’siri natijasida kelib chiqadi. Shikastlanish ochiq va yopiq bo‘ladi. Teri va shiliq pardalar shikastlanmagan bo‘lsa, yopiq shikastlanish deyiladi. Bularga urilish, bo‘g‘imlarning cho‘zilishi, bo‘g‘im va suyaklarning shikastlanishi, to‘qimalarning ezilishi va boshqalar kiradi. Teri va shiliq pardalar shikastlanishi, butunligining buzilishi bilan kechadigan shikastlanishlar ochiq shikastlanish deyiladi. Shikastlanishlarning og‘irligiga qarab, engil (ish qobiliyatini yo‘qotmaydi), o‘rtacha (vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotadi) va og‘ir shikastlanishlar bo‘ladi(bemor uzoq vaqt davolanadi). Mexanik kuchning bevosita ta’siri natijasida ro‘y beradigan jarohatlar ko‘proq uchraydi. Mexanik kuchlarning ta’siriga qarab jarohatlar: a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (qon quyilishi, shishlar); b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan bo‘ladi. Jarohatlar ta’sir vaqtiga qarab o‘tkir (ta’sir kuchidan keyin darhol ro‘y berishi) va surunkali (kuchning kichik va ko‘p miqdoridan kelib chiqadi) xillariga bo‘linadi. Surunkali jarohatlarga ko‘pincha kasb kasalliklari kiradi. Har qanday jarohat organizmda mahalliy va umumiy o‘zgarishlar hosil qiladi. Mahalliy o‘zgarishlarga og‘riq, shakl va rangning o‘zgarishi, teri butunligining buzilishi kiradi. Umumiy belgilarga esa xushdan ketish, kollaps va shoklar kiradi. Jarohatning og‘irligi ko‘p sabablarga bog‘liq bo‘ladi: - jarohatga sababchi bo‘lgan omilning fiziq tavsifi (shakli, konsistentsiyasiga); - jarohat olgan to‘qima va organning anatomik fiziologik xususiyatiga; - to‘qima va organning jarohat vaqtidagi patologik holatiga; - bemorning qanday sharoitda bo‘lishiga. Lat eyish deb, yumshoq to‘qimalar yoki organlarning teri yuzasi butunligi buzilmasdan bo‘ladigan mexanik shikastlanishga aytiladi. Lat eyish tananing biror bir joyiga o‘tmas predmet bilan urganda ro‘y beradi (ko‘pincha oyoq-qo‘llar, bosh yoki aksincha biror qattiq predmetga yiqilganda). Lat eyishda shikastlanish darajasi jarohatlovchi predmetning hajmi va og‘irligiga, uning konsistentsiyasi, kuchiga hamda to‘qimaning lat eyish vaqtidagi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Lat eyish ko‘pincha teri va teri osti yog‘ qatlami, muskullar, suyak usti pardasi, boldirning oldingi qismi, kalla suyagining gumbazida uchraydi. Lat eyishga ba’zan ancha og‘ir jarohatlar to‘g‘ri kelishi mumkin (sinishlar, chiqishlar, ichki organlarning yorilishi va boshqalar). Lat eyishda bo‘ladigan patologoanatomik o‘zgarishlar bemorning umumiy ahvoli, yoshi va boshqa bir qator narsalarga bog‘liq bo‘ladi. Lat eyishda og‘riq to‘qimalar shishishi, funktsiyalarning buzilishi tavsiflidir. Og‘riq zarbining kuchiga va jarohatning o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Juda kuchli og‘riq suyak usti pardasi, katta nerv stvollari va chigallari, moyak lat eganda kuzatiladi. To‘qimalarning shishishi ularga qonning suyuq qismi so‘rilishi tufayli bo‘ladi. Qontalashlik kichik qon tomirlarning yorilishiga bog‘liqdir. Quyilgan qon ko‘k dog‘ ko‘rinishida, ayniqsa teri osti qavatida to‘qimalarning diffuzion imbibitsiyasiga olib keladi. Ba’zan qon to‘qimalarni bir-biridan ajratadi va gematoma hosil qiladi. Shish, qon quyilishi, og‘riq natijasida to‘qimalar va organlarning funktsiyasi buziladi. Lat eyish hayot funktsiyalarining vaqtinchalik buzilishiga olib keladi, masalan ko‘krak qafasi qattiq lat eganda nafas olish qiyinlashadi. Boshning lat eyishi miya chayqalishiga olib keladi yoki quyilgan qon miyani ezib qo‘yadi. Qorin lat eganda jigar va ichak yorilishi mumkin. Tez yordam. Yengilgina lat eyish odatda oqibatlarsiz o‘tib ketadi va alohida davoni talab qilmaydi. Birinchi yordam tariqasida lat egan joyning tinch bo‘lishini ta’minlab berish, bosib turadigan qilib bog‘lab qo‘yish, muzli xalta, sovuq kompress qo‘yish, qon quyilishini cheklash va og‘riqni kamaytirish uchun qo‘l yoki oyoqni yuqoriroq qilib qo‘yish kerak. Kattagina joy lat eganda shina qo‘yib qo‘ygan ma’qul, chunki harakat qilinganida og‘riq kuchayadi. Ko‘p joyga quyilib qolgan qonning so‘rilib ketishini tezlashtirish uchun 3-4 chi kunlarda lat egan joyga isituvchi (grelka), kompresslar, iliq vannalar qo‘llaniladi. Katta gematomalar bo‘lganida funktsiya, uning foydasi bo‘lmaganida esa gematomani ochish va quyulgan qonni drenaj yordamida tashqariga chiqarish usulidan foydalaniladi. Bo‘g‘imlar qotib qolishining oldini olish maqsadida massaj va davolash gimnastikasi (LFK) qo‘llaniladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling