Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Ma\'ruza (4)
n
- ruxsat etilgan kontakt kuchlanish. 2.8-rasm Kontakt kuchlanishlarning uzlukli sikl bo’yicha o’zgarishi Yuklama ostida aylanayotgan detallarning tutash sirtlarining har bir nuqtasi kontakt zonasidan o’tayotgan vaqtdagina davriy yuklanadi, bu nuqtalardagi kontakt kuchlanishlar σ n noldan boshlanadigan uzlukli sikl bo’yicha o’zgaradi. (2.8- rasm.) Agarda hosil bo’layotgan kontakt kuchlanishlar ruxsat etilganidan katta bo’lsa, ya’ni σ n >[σ] n , bu holda kontakt kuchlanishlarning siklik ta’siridan detallarning tutashish sirtlarida toliqish mikroyorikdari hosil bo’ladi. Kontakt zonasida moyning mavjud bo’lishi bunday mikroyoriklarning kattalashuviga olib keladi. Mikroyoriqlarga kirib qolgan moy yuqori kontakt kuchlanishlar ostida metall yoriqlari ichida katta bosimni vujudga keltiradi va metall zarrachalarining uvalanishiga olib keladi. Detallarning ishchi yuzalarida avval ko’zga ko’rinmas mayda chuqurchalar, so’ng esa 2-3 mm o’lchamgacha yetadigan o’yiqchalar paydo bo’ladi. Bunday yemirilish jarayoniga toliqishdan uvalanish nomi berilgan. Mustahkamlik va qattiqlik chegaralarini oshirish, yuza notekisligani kamaytirish yuzalarning uvalanishga qarshiligini oshirishga olib keladi. Moylarning ishlatilishi toliqishdan uvalanishga olib kelar zkan degan xulosa albatta noto’g’ri bo’lar edi. Moylardan oqilona foydalanish yuzalarda moy qatlamini vujudga keltiradi. Bu holat metall yuzalarning bevosita kontaktini yo’qotadi, yeyilishni kamaytiradi, haroratni me’yorida ushlab turishga yordam beradi, ishqalanish mahsulotlarini kontakt zonasidan tezlikda olib ketishga, zanglashdan saqlashga vosita bo’ladi. Moy qatlami orqali kontaktlashuv xizmat muddatini oshirishga olib keladi, birinchi mikroyoriqlar paydo bo’lishi bilan moyning salbiy ta’siri ham paydo bo’la boshlaydi. Moysiz sharoitda ishlash detal yuzalarining tezda yeyilishiga olib keladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling