Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va


Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1721440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2-Ma\'ruza (4)

Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar. 
Ishonchlilik - bu ob’ekt (mashina)ning ishlatish (foydalanish)ning berilgan 
sharoitlarida talab etilayotgan vazifaning bajarilishini ta’minlaydigan barcha 
ko’rsatkichlarni belgilangan chegarada vaqt davomida saqlab turish xossasidir. 
Texnika 
sohasida 
ishonchlilikning 
ustuvorligi 
shundan 
iboratki, 
ishonchlilikning darajasi tom ma’noda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ish 
jarayonlari va tashishni jadallashtirish, material va quvvatni tejash, axborotni 
saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi sohalardagi texnikaning taraqqiy etishini 
aniqlaydi. 
Hozirgi zamon texnik vositalari o’zaro ta’sirlashuvchi mexanizmlar, apparatlar 
va asboblardan iborat. Masalan, oddiy tikuv mashinasi bir necha o’n yoki yuz 
detaldan iborat bo’lsa, zamonaviy raketalarni uchirish va radioboshqarish majmui 
tizimi o’n millionlab elementlardan tashkil topgan. Birorta ma’sul elementning 
ishdan chiqishi, albatta butun tizimning ish maromining buzilishiga olib keladi. 
«Kursk» atom suvosti kemasining halokati, Chernobil atom elektrostansiyasidagi 
portlash, neftь tashuvchi katta sig’imli tankerlardagi ishlatish va tashish 
talablarining buzilishi hammamizga ma’lum bo’lgan insoniyat uchun halokatli 
ekologik ofatlarga olib keldi. 
Jihozlar, mashinalarning etarli darajada ishonchli emasligi ta’mirlashdagi katta 
sarflarga, mashinalarning ishsiz turib qolishiga, aholini elektroenergiya, suv, gaz, 
transport vositalari bilan ta’minlanishining uzilib qolishiga olib keladi. 
Ishonchlilik tushunchalari va atamalari standartlashtirilgan. Mashinalar 
ishonchliligining asosiy ko’rsatkichlariga raddiyasizlik, umrboqiylik
ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlik kiradi. 
Raddiyasizlik (tor ma’noda, ishonchlilik) - ishlash muddatida yoki berilgan 
vaqt davomida mashinaning ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi. 


Mashinaning bu xossasi ayniqsa, avtomatlashgan ishlab chiqarishning to’xtab 
qolmasligida, qimmatbaho mahsulotni nuqsonsiz tayyorlashda, insonlar hayotining 
xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan sharoitda juda ahamiyatlidir. 
Umrboqiylik - belgilangan texnikaviy xizmat va ta’mirlash tizimida 
mashinaning chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini davomiy saqlay olish 
xossasidir. Mashinaning chegaraviy holati uni yana ishlatish mumkin yoki mumkin 
emasligi, samaradorligi yohud xavfsizligining keskin kamayib ketishi bilan 
tavsiflanadi. Qayta tiklanmaydigan mahsulotlar uchun umrboqiylik va 
raddiyasizlik tushunchalari bir xil ma’noni anglatadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling