noto’g’ri
tuzilganligi, mashinalardagi elastik elementlar xossalarining ish davomida
yomonlashganligi, detallarga ta’sir etuvchi o’zgaruvchan kuchlanishlar, mahkamlangan
detallarning bo’shashib qolganligi titrashni vujudga keltirishi mumkin. Bu holatlardagi
titrashlar detallarning toliqish oqibatida ishdan chiqishiga olib keladi. Ma’lumki,
detalning xususiy tebranishlar chastotasi tashqi kuchlar oqibatida hosil bo’luvchi
tebranishlar chastotasiga mos kelganda rezonans hodisasi yuz beradi.
Titrashga
ustuvorlik masalalari asosan «Tebranishlar nazariyasi» kursida o’rganiladi. Shuni qayd
etish lozimki, titrashga ustuvorlik odatda mashinalar yoki mashinalar tizimi uchun
(qisqacha tizim) bajariladi.
Titrashni kamaytirish uchun uni vujudga keltiruvchi omillarni yo’qotish chora-
tadbirlarini ko’rish lozim. Mashina detallarining
ishchanlik qobiliyati
baholangavda, yuqorida keltirilgan mezonlarning hammasiga ularni hisoblash shart
emas, balki ma’lum detal uchun asosiy hisoblangan mezonlarning biri yoki bir
nechtasi baholansa etarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: