Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va


Mashina detallarining asosiy materiallari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1721440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Ma\'ruza (4)

 
Mashina detallarining asosiy materiallari. 
Mashina detallarining asosiy materiallarini uch guruhga bo’lish mumkin: 1) 
qora metallar; 2) rangli metallar; 3) metallmas materiallar. Bulardan eng ko’p 
ishlatiladigani qora metallar – po’lat va cho’yandir. 
Qora metallarning ko’p ishlatilishiga sabab shuki, ular mustahkam bo’lish bilan 
birga, nisbatan arzon turadi. Qora metallarning salbiy tomoni zichligi katta bo’lib, 
korroziyaga uncha chidamli emasligidir.
Mashinalarni loyihalashda ularning detallari uchun material tanlash muxandis-
konstruktorning eng mas’uliyatli vazifalaridan biridir.
Mashina detallari uchun material tanlashdagi asosiy talab shuki, tanlab olingan 
material avvalo, detalning ishga layoqatli bo’lishini ta’minlashi hamda nisbatan 
arzon turishi kerak. Bu talabni hamma vaqt ham osonlikcha qondirib bo’lmaydi, 
chunki, odatda, mustahkam, puxta, sifatli materiallar qimmat turadi. Shunday ekan, 
material tanlashda yanglishmaslik uchun ulardan bir necha xilini tanlab, ularni 
hisoblab ko’rgan ma’qul. Masalan, diametri 100 mm va aylanish chastotasi 5000 
min
-1
bo’lgan shkivni cho’yandan yoki alyuminiy qotishmasidan tayyorlash 
mumkin. Alyuminiy qotishmasi cho’yanga qaraganda ikki marta qimmat turadi. 
Lekin alyuminiy qotishmasi dastgohda cho’yanga qaraganda 8 - 10 marta tez 
ishlanadi. Natijada alyuminiy qotishmasidan shkiv cho’yandan tayyorlangan 
shkivga qaraganda 25 % arzon bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, tannarxi qimmat bo’lsa-
da, alyuminiy qotishmasidan shkiv tayyorlash cho’yandan tayyorlashdagiga 
qaraganda foydalidir. Bordi-yu detalga nisbatan qo’yilgan hamma talabga ham 
javob beradigan material tanlash mumkin bo’lmasa, u holda eng zarur talablarni 


qondiruvchi materialni olish lozim. Qo’yilgan talablarni qondirish uchun ayrim 
hollarda, bir detalning o’zi turli materiallardan ishlanishi ham mumkin. Masalan, 
gidroturbinalarning parragi avvalo mustahkam, qolaversa korroziyabardosh 
bo’lishi kerak. So’nggi yillargacha bu maqsadda yuqori sifatli zanglamas, ammo 
qimmatbaho po’lat ishlatilar edi. Hozirgi vaqtda bunday parraklar oddiy uglerodli 
po’latdan tayyorlanib, ularning sirtiga zanglamas po’lat qoplanmoqda, natijada 
kattagina mablag’ tejalmoqda. Ma’lumki, tishli g’ildirak tayyorlash uchun 
ishlatiladigan materialning asosiy massasi uning tanasiga ketadi. Holbuki, tishli 
g’ildirak tanasiga to’g’ri keladigan kuchlanish tishlariga to’g’ri keladigan 
kuchlanishning juda ham oz qismini tashkil etadi. Anna shu nazarda tutilib, 
ToshDTU «Mashina detallari» kafedrasida tishli g’ildirakning yangi turi yaratildi. 
Bu g’ildirakning tanasi arzon turadigan cho’yandan, tishli gardishi esa sifatli 
po’latdan yasalib, ular elastik material vositasida bir-biriga ulanadi. Bunday 
g’ildiraklar etarli darajada chidamli bo’lishi bilan birga, ishlash vaqtida paydo 
bo’ladigan shovqin odatdagi tishli g’ildiraklardagiga qaraganda birmuncha kamdir.
Mashina detallari materiallari sifatida metallmas materiallar, ya’ni plastmassalar 
ham keng qo’llanilmoqda. Ular ikki guruhga bo’linadi: termoplastlar (termoplastik 
plastmassalar) va reaktoplastlar (termoreaktiv plastmassalar).
Termoplastlar (har xil poliamidlar, hamma turdagi kapralonlar, poliuretanlar, 
poliformalьdegid, 
polikarbonat, 
polipropilen, 
polivinilxloridlar, 
polietilen, 
ftoroplastlar) ga xos xususiyat shundan iboratki, ular suyuqlantirilib, so’ngra 
sovitilgandan so’ng suyuqlantirishdan oldingi xossalari tiklanadi. Demak, bunday 
material chiqindilarini, undan yasalgan detallarni qayta suyuqlantirib, yangi detal 
tayyorlash mumkin. 
Reaktoplastlar (tekstolitlar, voloknitlar va yog’och qatlamli plastiklar (DSP)) 
suyuqlantirilib, so’ngra sovitilgandan keyin ularning dastlabki xossalari 
tiklanmaydi. 
Plastmassalarning qora metallarga nisbatan asosiy kamchiligi shundaki
birinchidan, ularning mustahkamligi etarli darajada bo’lmaydi, ikkinchidan, vaqt 
o’tishi bilan tashqi muhit ta’sirida mexanikaviy xossalari, ba’zan esa detalning 
o’lchamlari o’z-o’zidan o’zgaradi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling