Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1721440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Ma\'ruza (4)

Issiqqa 
chidamlilik 
(issiqbardoshlik). 
Mashina 
detallarining 
yoki 
konstruktiv tuzilmaniig berilgan harorat chegarasida berilgan xizmat 
muddati davomida ishlay olish qobiliyati issiqbardoshlik deyiladi. Detallarning 
ish vaqtida qizib ketishi xavfli va zararli hodisadir, chunki bunday holda ularning 
mustahkamligi kamayadi, moylarning xossalari yomonlashadi, harakatchan 
birikmalardagi tirqishlarning kamayishi yeyilishning oshishiga va sinishga olib 
kelishi mumkii. Shuning uchun mashinalarni loyihalashda mashinada ish jara-
yonida hosil bo’ladigan issiklik miqdori Q mashinadan tashqi muhitga tarqaluvchi 
issiqlik miqdoridan Q
1
, kichik yoki unga teng bo’lishi lozim. Bu holatni 
quyidagicha ifodalash o’rinlidir: 
Q ≤ Q

Mashina detallarining issiqbardoshlikka hisobi ularning me’yoriy issiqlik 
maromini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. 
Titrashga ustuvorlik. Konstruktiv tuzilmaning rezonans sohalaridan yetarlicha 
uzoqdagi kerakli maromlar diapazonida ishlay olish qobiliyati uning titrashga 
ustuvorliga deyiladi. Tezlikning oshishi, detallarning yengillashuvi, konstruksiyaning 


noto’g’ri tuzilganligi, mashinalardagi elastik elementlar xossalarining ish davomida 
yomonlashganligi, detallarga ta’sir etuvchi o’zgaruvchan kuchlanishlar, mahkamlangan 
detallarning bo’shashib qolganligi titrashni vujudga keltirishi mumkin. Bu holatlardagi 
titrashlar detallarning toliqish oqibatida ishdan chiqishiga olib keladi. Ma’lumki, 
detalning xususiy tebranishlar chastotasi tashqi kuchlar oqibatida hosil bo’luvchi 
tebranishlar chastotasiga mos kelganda rezonans hodisasi yuz beradi. Titrashga 
ustuvorlik masalalari asosan «Tebranishlar nazariyasi» kursida o’rganiladi. Shuni qayd 
etish lozimki, titrashga ustuvorlik odatda mashinalar yoki mashinalar tizimi uchun 
(qisqacha tizim) bajariladi. 
Titrashni kamaytirish uchun uni vujudga keltiruvchi omillarni yo’qotish chora-
tadbirlarini ko’rish lozim. Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati 
baholangavda, yuqorida keltirilgan mezonlarning hammasiga ularni hisoblash shart 
emas, balki ma’lum detal uchun asosiy hisoblangan mezonlarning biri yoki bir 
nechtasi baholansa etarlidir. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling