Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saqlanuvchanlik
Ta’mirlashga moyillik - mashinaning texnikaviy xizmat va-ta’mirlash yo’li
bilan radsiya va buzilishlarning yuz berish sabablarini aniqlash va oldini olish, ishga yaroqli holda ushlab turish va shu holga tiklanishga moslanuvchiligidir. Mashinalar tuzilmasi va tizimining murakkablashuvi raddiya sabablari va ishdan chiqqan elementni tezlikda aniqlash imkoniyatini kamaytirib yuboradi. Zamonaviy samolyotlarda uchuvchi nazorati ostida bo’lishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlar 10 mingdan oshiqrokdir. Shuning uchun ham eng muhim omillarning nazorati EHM (elektron hisoblash mashinalari)ga yuklatilgan. Ta’mirlashga moyillikning muhimligi xalq xo’jaligida mashinalarni ta’mirlashda juda katta miqdordagi vositalarning jalb qilinishi bilan belgilanadi. Saqlanuvchanlik - mashinaning saqlash va transportirovkadan so’ng raddiyasizlik, umrboqiylik va ta’mirlashga yaroqlilik ko’rsatkichlari qiymatlarini saqlash xossasidir. Bu xossaning amaliy ahamiyati zahiradagi detal, qism va mashinalarni hamda mavsumiy ishlatiladigan texnikani yana ishlatishda yaqqol ko’rinadi. Ishonchlilik ko’rsatkichlari haqida yanada to’liq ma’lumotlarni maxsus adabiyotlardan topish mumkin. Ishonchlilik mahsulotni (masalan, detalni) loyihalash davrida konstruktor tomonidan ta’minlanadi, uni tayyorlash jarayonida va ishlatish mobaynida ham qator omillarga bog’liq. Ishonchlilik quyidagi jarayonlarga bog’liq bo’ladi: loyihalash, ishlab chiqarish va ekspluatasiya. Loyihalash paytida ishonchlilikka katta ahamiyat beriladi. Yomon va etarli ishlanmagan konstruksiyalar ishonchli bo’lmaydi. Konstruktor hisoblarda, chizmalarda, texnik sharoitlarda va boshqa texnik hujjatlarda ishonchlilikni ta’minlovchi barcha omillarni hisobga olishi lozim. Ishlab chiqarish davrida konsruktor tomonidan qo’yilgan ishonchlilikni oshiruvchi barcha vositalar ta’minlanadi. Konstruktor hujjatlaridan chetlanish ishonchlilikni buzadi. Ishlab chiqarish nuqsonlarining ta’sirini bartaraf etish maqsadida barcha mahsulotlar obdon teshiriladi. Ekspluatasiya paytida mahsulotning ishonchliligi joriy qilinadi. Buzilmasdan ishlash va umrboqiylik kabi ishonchlilik tushunchalari mashinalar ishlashi jarayonida vujudga keladi va ekspluatasiya sharoitlari va usullariga bog’liq bo’ladi. Ishonchlilik berilgan xizmat muddati davomida ishlash qobiliyatini saqlash ehtimoli orqali baholanadi. Ishlash qobiliyatining yo’qotilishi ishdan chiqish deyiladi. Agar masalan, mahsulotning buzilmasdan ishlash ehtimoli 1000 soat davomida 0,99 ga teng bo’lsa, unda 100 ta mahsulotdan bir foizi yoki bittasi o’zining ishlash qobiliyatini oldinroq yo’qotadi deb tushunish mumkin. Bu holatda buzilmasdan ishlash ehtimoli (yoki ishonchlilik koeffisienti) ishonchli mahsulotlar sonini kuzatuvdan o’tkazilgan mahsulotlar soniga nisbatiga teng, 99 , 0 100 99 t P . Ishonchlilik koeffisienti qiymati kuzatuv vaqti t ga bog’liq bo’ladi. Murakkab mahsulotning ishonchlilik koeffisienti ushbu mahsulotni tashkil etuvchi elementlar ishonchlilik koeffisientlari orqali ifodalanadi, t P t P t P t P n ... 2 1 . Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling