Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va
Mashina detallaridagi mahalliy kuchlanishlar
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1- jadval K d koeffisientining qiymatlari (qisqartma)
- Shaklning ta’siri.
Mashina detallaridagi mahalliy kuchlanishlar. Chidamlilik chegarasi qiymatiga detallarning o’lchamlari, shakli va detal sirtining holati to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi. O’lchamlar ta’siri. Detal ko’ndlaang kesimining mutlaq o’lchamlari qanchalik katta bo’lsa, chidamlilik chegarasi shunchalik kichik bo’ladi. Geometrik o’xshash detallarning chidamlilik chegarasi ham ularning mutlaq o’lchamlari ortishi bilan kamayadi. Bunga sabab deb, statik nazariyaga ko’ra, detal o’lchami oshsa, ichki nuqsonlar (gaz pufakchalari, tarkibning bir tekis emasligi, chiqit qo’shimchalarining borligi va h.k.) uchrash ehtimolining ortishidir. Bu holat mutlaq o’lchamlarning ta’sirini hisobga oluvchi K d koeffisient orqali e’tiborga olinadi. (2.1-jadval). 2.1- jadval K d koeffisientining qiymatlari (qisqartma) Deformasiya turi va material Valning diametri d, mm. 20 30 40 50 70 100 Uglerodli po’latlar egilish 0,92 0,88 0,85 0,81 0,76 0,71 Legarlangan po’latlar uchun egilish va barcha po’latlar uchun buralish 0,83 0,77 0,73 0,70 0,67 0,62 Shaklning ta’siri. Detach ko’ndalang kesimining shakli keskin o’zgargan qismida (o’tish kesimlarida, teshikchalar atrofida, o’yiqchalar, yo’nilgan joylar, rezbalar va boshqalarda) hosil bo’ladigan kuchlanishlar materiallar qarshiligi kursida qo’llanib topiladigan nominal qiymatlardan farkli bo’ladi (2.6-rasm). 2.6-rasm. Kuchsizlangan qismdagi eng katta kuchlanishlarni kamaytirish Kuchlanishlarning mahalliy oshishi hodisasi kuchlanishlarning jamlanishi deb ataladi. Kuchlanishlar jamlanishini kamaytirish uchun detalning umumiy qalinliga oshiriladi (3.6-rasm, b), detalning ma’lum qismi kuchaytiriladi (2.6-rasm, v), turli materiallar yoki termik ishlov usullari yordamida zaruriy holatga erishiladi. Detalning kuchlanishlar jamlanishini vujudga keltiruvchi kuchlanishni jamlagich (konsentrator) zonasida kuchlanishlarning ko’p marotaba o’zgarishi yoriqlarning muddati-dan ilgari paydo bo’lishiga va buning natijasida toliqib emirilishga olib keladi. Detal shaklining toliqish chegarasiga ta’siri kuchlanishlar jamlanishining effektiv koeffisienti K σ (K τ ) orqali hisobga olinadi. Bu koeffisient bir xil o’lchamdagi silliq va kuchlanishni jamlagichi mavjud bo’lgan 2 ta namunaning bir xil yuklanishdaga chidamlilik chegaralarining nisbati kabi aniqlanadi. Konstruksiyalarda ko’proq uchraydigan kuchlanishni jamlagichlar uchun K σ va K τ qiymatlari 3.2-jadvalda keltirilgan. 2.2-jadval Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling