Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati va


Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1721440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Ma\'ruza (4)

Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash 
Kuchlanishning eng katta qiymatida detalning mustahkamligi va umrboqiyligi 
ta’minlangan bo’lsa, bu kuchlanish ruxsat etilgan kuchlanish deb ataladi va uni 
tanlash mashinasozliqda katta ahamiyatga molikdir. Bu kuchlanish chegaraviy 
kuchlanishga asosan tanlanadi (ruxsat etilgan kuchlanish normal va urinma bo’lishi 
mumkin): 


(2.1) 
bu yerda, [n] - zarur bo’lgan mustahkamlik zahirasi koeffisienti va u hisoblash 
usuli aniqligiga, loyihaning turiga va mas’uliyatliligiga, yuklanish xarakteriga va 
boshqalarga bog’liqdir. Chegaraviy kuchlanishlar esa detal materialiga, 
deformasiya turiga, kuchlanishning vaqt bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq. 
O’z vazifasini bajarayotgan detalda kuchlanish vaqt bo’yicha qiymati va 
yo’nalishini o’zgartirishi mumkin. 
Boshqacha aytganda, detal vaqt davomida turlicha yuklanadi. Buni kuchlanish 
davri deb atash mumkin va u eng katta va kichik qiymatlar bilan xarakterlanadi. 
Mashina detallari ish davomida simmetrik, pulsasiyalanuvchi va o’zgarmas davr 
(sikl) bilan yuklanishi mumkin. 
1. Simmetrik davriy ravishda mashina detallari kuchlanish bilan 
yuklanganda (2.1-rasm) o’rtacha kuchlanishlar qiymati quyidagacha aniqlanadi: 
(2.2) 
Davrning kuchlanish amplitudasi esa quyidagacha aniqlanadi: 
(2.3) 
Asimmetriya koeffisientining qiymati bo’lsa, tubandagicha ifodalanadi: 
2.1-rasm. Simmetrik yuklanish tarhi 
2. Pulsasiyalanuvchi davr. Ba’zi hollarda detallar pulsasiyalanuvchi, ya’ni vaqt 
birligi ichida o’z qiymatini noldan maksimal qiymatgacha o’zgartirib turadigan 
yuklanish ostida bo’lishi mumkin. (2.2-rasmda pulsasiyalanuvchi davr tarhi keltirilgan.) 


2.2-rasm. Pulsasiyalanuvchi davrli yuklanish 
Agar asimmetriya koeffisienti birga teng bo’lsa, kuchlanish o’zgarmas holda 
bo’ladi va bunda detal o’zgarmas kuchlanish ta’siri ostida ishlaydi (2.3-rasm). 
Ruxsat etilgan yoki zarur mustahkamlik zahirasi koeffisienti differensial usul 
bilan topilishi mumkin:
 
3
2
1
n
n
n
n



2.3-rasm. O’zgarmas kuchlanishli yuklanish 
bu yerda: 
n
1
=1,2...1,5 - detalga ta’sir qiluvchi kuch va momentlarning haqiqiy qiymatlari 
bilan hisoblash uchun qabul qilingan qiymatlar orasidagi farqni hisobga oluvchi 
koeffisient; 
n
2
=1,3...2,2 - materialning bir jinsliligini, uning mexanik xossalarining 
normativda ko’rsatilganidan farq qilishini hisobga oluvchi koeffisient; 
n
3
=1,1...1,5 - juda mustahkam bo’lishi talab etiladigan muhim detallarning 
mustahkamlik zahirasini qo’shimcha ravishda oshirish uchun kiritiladi. 
O’zgaruvchan yuklamalar ta’sirida davomli ishlatilgan mashina detallari, 
tajribalarning ko’rsatishicha, mustahkamlik chegarasi σ
v
dan ancha kichik 
yuklanishlarda ham emirilishi (sinishi) mumkin. 
Davriy yuklanishdagi emirilish (sinish) kuchlanishlarning jamlanish zonasida 
hosil bo’ladigan mikroyoriklar tufayli yuz beradi. 
Yoriqlar asta-sekinlik bilan kattalashadi, detalning ichki sohalariga kirib boradi. 
Kuchlanishlarning davriy ta’siridan yuzaga kelgan emirilish materialning toliqishi 
deb ataladi. 2.4-rasmda valning toliqish oqibatida sinishi ko’rsatilgan. Detallarning 
75-80sinishi toliqish natijasida vujudga keladi. 


2.4-rasm. Valning toliqish oqibatida sinishi: 
1 - toliqib yemirilish zonasi; 
2 - statik yemirilish zonasi.Materialning yemirilmasdan o’zgaruvchan 
kuchlanishlarni ko’p marotaba qabul qila olish qobiliyati uning toliqishga 
qarshiligi yoki chidamliligi deb ataladi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling