Mashinalardan foydalanish asoslari
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
2.4 Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi ikkita ketma-ket o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatishning bir xil ishlari yoki turlari orasida, ish soati bilan o‘lchanadigan me’yoriy ishlash davomiyligidir. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlashning quyidagi 6 ta usullari amaliyotda keng tarqalgan: - timsoliga o‘xshatib olish; - buzilmaslikning yo‘l qo‘yiladigan darajasi bo‘yicha; - texnik holat parametri o‘zgarishining yo‘l qo‘yilgan qiymati va qonuniyati bo‘yicha; - texnik-iqtisodiy usul; - iqtisodiy-ehtimoliy usuli; - imitatsion modellash usuli. Transport vositasining timsoliga o‘xshatib davriylikni aniqlash. Bu usul eng oddiy bo‘lib, yangi texnika vositasining texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi uning timsoliga o‘xshatib olinadi. Bunda qishloq xo‘jalik texnikasining turiga, rusumiga, tavsifiga e’tibor beriladi. Qishloq xo‘jalik texnikasi turi doirasida uning turkumiga (motor quvvatiga, yuk avtomobillarida - yuk ko‘tarish qobiliyatiga) e’tibor beriladi. Turkum ichida esa, mashina rusumi, rusum ichida esa uning tavsifiga (bir xil rusumli mashinaga har xil motor, transmissiya agregatlari qo‘yilgan bo‘lishi mumkin) e’tibor beriladi. Buzilmaslikning yo‘l qo‘yilgan darajasi bo‘yicha davriylikni aniqlash.Bu usulda shunday maqbul davriylik aniqlanadiki, uning chegarasida detal, agregat yoki mashinaning yo‘l qo‘yiladigan buzilmaslik darajasi ta’minlanadi. (2.3- rasm). рэ o i R х Р ) ( , ya’ni ℓ o =ℓ γ , (2.2) 29 bu erda: a) buzilish ehtimolliklari taqsimotining zichligi; b) buzilish va buzilmasdan ishlash ehtimolligi grafigi; F – buzilish ehtimolligi; R re – ruxsat etilgan buzilmay ishlash ehtimolligi; ℓ - buzilishgacha bo‘lgan ishlash davomiyligi; ℓ 0 – TXK davriyligi; x γ - gamma foizli resurs; _ _ х – buzilishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash davomiyligi; R - buzilmay ishlash ehtimolligi quydagicha: Harakat xavfizligini ta’minlovchi agregat va mexanizmlar uchun-ruxsat etilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligi %), 98 ... 90 ( 98 , 0 ... 90 , 0 рэ R qolgan agregat va mexanizmlar uchun – %), 90 ... 85 ( 90 , 0 ... 85 , 0 рэ R Shunday topilgan TXK davriyligi bir buzilishga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha ishlash davomiyligidan ancha kam (2.3- rasm) va u bilan quyidagicha bog‘langan: ℓ o =β∙ , (2.3) bu erda β n – maqbul davriylik koeffitsienti Maqbul davriylik koeffitsienti bir buzilishga to‘g‘ri kelgan ishlash davomiyligi (ℓ) uning variatsiyasi (ν) va ruxsat etilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligi рэ R L Р ) ( ga bog‘liq. Misol uchun 2.4- rasmda ikkita (1 va 2) elementning buzilishigacha ishlash davomiyliklari taqsimoti keltirilgan. Ularning o‘rtacha ishlash davomiyliklari teng, ammo variatsiyalari har hil ν Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling