Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

Nazorat savollar: 
1
.Qishloq xo‘jalik texnikasidan texnik foydalanishda mehnat sarfini 
aniqlash. 
2.Ehtiyot qismlar zaxirasini aniqlash. 
3.Mashina va agregatlar resurlarini me’yorlash. 
4.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA TEXNIK XIZMAT 
KO‘RSATISH VA TA’MIRLASH TIZIMI VA USULLARI 
4.1. Qishloq xo‘jalik texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 
tizimining vazifasi 
Mashina ekspluatatsiya qilinish jarayonida 500-700 nomdagi buzilish va 
nosozliklar paydo bo‘ladi, ulardan 200-300 xili TXKlar, 300-400 xili 
ta’mirlash orqali bartaraf etiladi. 
Har bir buzilish va nuqsonni bartaraf etish amalining boshqalardan farq 
qiladigan maqbul davriyligi mavjud. 
Agar mashina TXK ga har qaysi amalning maqbul davriyligi bilan 
yo‘llansa, uning yuqori ekspluatatsion puxtaligi ta’minlanadi, lekin
unumdorligi keskin pasayadi. TXK ni tashkil etish uchun sarflar ortib ketadi. 
Bu kamchilikni bartaraf etish uchun TXK ga bo‘lgan talablar oqimi TXK va 
T tizimi bilan moslashtiriladi. TXK va T tizimi me’yorlar va nizomlarning 
o‘zaro bog‘langan majmuasi bilan tartibga solinadi. Bu majmua mashina ish 
qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan ishlarning me’yorlarini, tarkibini, tashkil 
etilishini va tartibini belgilab beradi. 
TXK va T tizimini ishlab chiqish murakkab va ko‘p mehnat talab 
qiladigan ilmiy-amaliy masala bo‘lib, o‘z ichiga nazorat va tajriba 
tadqiqotlarini, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish, an’analarni hisobga olish


47 
QXT konstruksiyasi va puxtaligini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Tahlillar 
natijasida muayyan mashinaning TXK va T tizimini ishlab chiqish va 
takomillashtirish bo‘yicha quyidagicha qaror qabul qilinishi mumkin: 
- agar o‘zgarishlar bo‘lmasa, amaldagi tizim tarkibi va me’yorlari saqlab 
qolinadi; 
- agar o‘zgarishlar sezilarli bo‘lsayu, jiddiy bo‘lmasa, amaldagi tizim 
tarkibi saqlab qolinadi, ammo me’yorlar o‘zgartiriladi; 
- agar mashina konstruksiyasi, ishlash sharoiti o‘zgarsa, uning ish 
qobiliyatini ta’minlash bo‘yicha ITIlar natijasida mutloqo yangi echimlar 
kiritilsa, tizim tarkibi va me’yorlar o‘zgartiriladi. 
To‘liq mashtabda TXK va ta’mirlash tizimini ishlab chiqish ayrim, katta 
korxonalar, uyushmalar, kompaniyalarga ham og‘irlik qiladi. 
Amaliyotdagi TXK va T tizimi quyidagicha shakllangan. 
1. Tizimning tub asoslari, texnik siyosati, tuzilmasi va asosiy me’yorlari 
markazlashgan holda davlat yoki tarmoq darajasida (Rossiya, O‘zbekiston), 
yirik birlashmalar va kompaniyalar darajasida (AQSH, Germaniya), ishlab 
chiqaruvchilar (firmalarning tizimlari) darajasida ishlab chiqilgan. 
2. Bu me’yorlar juda nufuzli bo‘lib, ko‘pchilik korxonalar, firmalar va 
kompaniyalar tomonidan qonunchilikka binoan yoki ixtiyoriy bajarilgan.
3. Korxonalar o‘zlarining foydalanish sharoitlariga, tashkilotchilik 
darajasiga (xodimlar malakasi, boshqarish usullari va x.k.) bog‘liq ravishda 
tizim me’yorlariga o‘zgartirishlar kiritganlar.

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling