Mashinalaridan foydalanish, texnik
partiyalarda ishlab chiqariladigan mashina va mexanizmlar Davlat sinov
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
partiyalarda ishlab chiqariladigan mashina va mexanizmlar Davlat sinov stansiyalaridan o‘tganidan so‘ng ishlab chiqarishga qo‘yiladi. 24.2-§. Mashinalarining tuzukligi va buzilish turlari Mashinalarning ish jarayonida ularning asosiy foydalanish xossalari: ish sifati, tejamkorligi va puxtaligining o‘zgarishi yuqorida ta’kidlab o’tildi. Shunga ko’ra mashinalar boshlang‘ich ekspluatatsion xossalarining o‘zgarishi ish sifatini, tejamkorligini va mashinaning puxtaligini ta’minlay oladigan chegaralarda ruxsat etiladi. Mashinaning ish sifati va tejamkorligi ruxsat etilgan chegaralarda to‘xtab qolmasdan ishlaydigan holati – uning me’yoriy, ya’ni tuzukligi deb ataladi. Mashina me’yoriy holatining o‘zgarishi esa buzuqlik deyiladi. Mashinalar quyidagi sabablarga ko‘ra buziladi: - mashinaning ishlash jarayonida detallari eyiladi. Eyilish deganda, detallar shakli va og‘irligining, shuningdek ular tayyorlangan material fizik va kimyoviy xossalarining sekin-asta o‘zgarishi tushuniladi. Bunday o‘zgarishlar o‘z navbatida qator sabablarga ko‘ra: edirilish, plastik deformatsiyalar, molekulyar va kimyoviy o‘zgarishlar oqibatida sodir bo‘ladi. Har qanday zamonaviy texnika ham bunday o‘zgarishlarning oldini ololmaydi, lekin mashinaga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatib, uning me’yoriy ishlash vaqtini cho‘zish mumkin; - mashina mexanizmlarining to‘g‘ri rostlanganlik holati buziladi. Rostlash deganda mashinaning me’yoriy ishlashini ta’minlaydigan texnologik tirqishlar, burchaklar, bosimlar, temperaturalarni rostlash - zarur holatga keltirish tushuniladi. Mashinalarning dastlabki rostlanishlarini o‘zgarishi buzilishlarga olib keladi; - mashinaning ish sharoiti keskin o‘zgarishi natijasida o‘z ishini davom ettira olmaydigan holatga tushib qoladi. Masalan, g‘alla yig‘ish kombaynida yanchish barabaniga somon-poxollar yoki seyalkalarda urug‘larni o‘tkazgichlarga tiqilib qolishi. Mashinalarning ishidagi bunday buzuqlik 200 ochiq buzuqlik deyiladi. Mashinalarning texnik jihatdan to‘g‘ri foydalanish nuqsonlarning oldini oladi va mashinalarning me’yoriy holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Buzilish mashina ish qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishiga olib keladi. Buzilish - bu mashinaning me’yoriy ishini tavsiflovchi asosiy parametrlarning o’zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir. Mashina ishlay olmaydigan holatga kelganda ochiq buzilishi sodir bo‘ladi, mashina ishlaydi, lekin o‘zinig asosiy vazifasini bajara olmaydigan holati - noaniq buzilish deyiladi. Asosiy (kapital) ta’mirlashni talab etgan buzuqlik (xizmat muddati tugallangandagi) resurs buzilish deyiladi, qolgan barcha buzilishlar noresurs buzilish deb ataladi. Buzilishlar sodir bo‘lish sabablariga ko‘ra o‘ziga xos uch turga ajraladi: ishqalanib moslanish, birdaniga va eyilish sababli sodir bo‘ladigan buzilishlar. Bunday buzilishlar o‘zining fizik mohiyatiga va ularni bartaraf etish hamda oldini olish usullari bo‘yicha farqlanadi. Ishqalanib moslanishdagi buzilish mashinalarning chiniqtirish davrida sodir bo‘ladi. Bunday buzilishga mashinada nuqsonli elementning mavjudligi, mashinani yig‘ish texnologiyasining buzilganligi, o‘rnatish xatolari, shuningdek detallar sirtida toza ishlov berilganligiga qaramay, g‘adir-budirliklarning borligi sabab bo‘ladi. Birdaniga buzilish yuklamaning ruxsat etilgandan birdaniga kutilmaganda oshib ketishi sababli sodir bo‘ladi, bunda mashina qismlari sinishi mumkin. Ishqalanib moslanishdagi va birdaniga buzilishlar tasodifiy xarakterda bo‘ladi. Eyilishdagi buzilishlar asosan mashinaning uzoq muddat ishlaganiga va mashinadan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganligi sabali sodir bo‘ladi. Detal parametrining asta-sekin miqdoriy o‘zgarishi sababli bu parametr texnik shartlarda ko‘rsatilgan chegaralardan chiqadi. Mashina shinalarining eyilishi, lemex tig‘ining o‘tmaslanib qolishi va boshqalar eyilib buzilishga misol bo‘ladi. Bunday buzilishlar detallar va materialning eyilish va eskirishi oqibatidir. Demak, eyilish deganda detal parametrlarining ish jarayonida mexanikaviy, issiqlik va boshqa yuklamalar ta’sirida asta-sekin o‘zgarish jarayoni tushuniladi. 201 Eskirgan deganda - buyum parametrlarining ish tartibotiga bog‘liq bo‘lmagan jarayonlar sababli sekin-asta va uzluksiz o‘zgarishi tushuniladi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling