II-БОБ. MASHINA TRAKTOR AGREGATLARIDAN TEXNIK
FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
24-§.
Mashinalardan texnik foydalanish
Qishloq va suv xo‘jaligida mashina traktor agregatlaridan
foydalanishda
orttirgan tajribalar texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
zarurati paydo bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bunday holatlarning asosiy sababi
shundaki, 5 yildan 15 yilgacha foydalanib kelinayotgan texnikalarning
foydalanishdagi ishonchlilik ko‘rsatkichlarining pasayishi natijasida ularning
resursi 30-40% ni tashkil etishi, 50-70 % material-texnik bazalarning etishmasligi
natijasida texnikalar parametrlarining me’yordan chetlab ketganligi, 20-50 % dizel
dvigatelli texnikalar sifati normadan tushib ketgan motor moylarida ishlatilishi,
17 % dvigatellar dizel yonilg‘isi aralashib ketgan motor moylarida ishlatilishi, 43
% dvigatellar me’yordan ortiq yonilg‘i sarfi bilan ishlashi, 46 % dvigatellar
remenlarining tarang tortilmaganligi, 20 % dvigatellar ifloslangan filtrlarda
ishlatilayotganligi, 44 % traktorlarda uzatmalar qutisi zichligining buzilganligi,
69 % tormoz tizimining yaxshi ishlamasligi, 31 % gidrotizimdan moy oqishi,
90 % akkumulyator batareyalarning distillangan suvlari kamayib ketganidan
zaryadlanishi buzilganligi, 1,2 -2 marta ko‘proq ishdan chiqishi aniqlangan.
Texnikalardan texnik foydalanish tizimi ularga zamonaviy texnik xizmat
ko‘rsatish, to‘xtovsish ishlashini ta’minlash, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
oshirish va ularning uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
Таyanch iboralar: mashina traktor agregatli, ish qobiliyati,
tuzuklik va buzuqlik, ochiq, noaniq resurs va noresurs buzilish, puxtalik,
ishga yaroqlilik, ta’mirboblik, saqlanuvchanlik ва uzoq muddatlik,
chiniqtirish, me’yoriy ishlatish va buzilish davri, eyilish sur’ati va
kataligi, texnikaviy, sifat va tejamlilik nezonlari.
195
Do'stlaringiz bilan baham: |