Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
25.3-§. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi
Texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi traktor va mashinalarni sozligini va ishlash qobiliyatini ta’minlovchi jami operatsiyalar majmuidan iborat. Texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi texnologik xaritalar tarzida taqdim etiladi va ularda texnik xizmat jarayonlari, operatsiyalari, materiallar, qurilmalar, hamda texnik talablar ko‘rsatiladi [11, 34, 35]. Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi quyidagi tamoillarga asoslanadi. 1. Mashinalarga texnik xizmat va ta’minlash ishlari ularning texnik holatiga ko‘ra nosozliklarini ogohlantirish uchun zarur holatida o‘tkaziladi. 2. Mehnatning taqsimlanish va ixtisoslashtirilishi ish unumini va sifatini yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. 3. Texnik xizmat ko‘rsatishning ma’lum tartibdagi ketma-ketligi. 4. Texnik xizmat jarayonlarini boshqarish. Texnik xizmatlarning mazmuni. Texnik xizmatga- yuvish, tozalash, nazorat, tashxis, rostlash, moylash, to‘ldirish, mahkamlash va montaj-demontash ishlari kiradi. Har bir traktorlar yoki mashinaga ko‘rsatiladigan texnik xizmat mazmuni, bajariladigan ishlar ularning “Texnik tavsifnomasi va foydalanish bo‘yicha yo‘l- 209 yo‘riqlar” to‘plami (kitobi)da keltiriladi. Texnik xizmat qoyidalari shunday tuzilganki, ularning avval o‘tkaziladigan raqamli texnik xizmat tarkibiga kiradi. Tavsiya etilgan texnik xizmatlar mohiyatini qarab chiqamiz. Traktorni chiniqtirishda texnik xizmat. Traktorni chiniqtirishga tayorlashda quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor ko‘rib chiqiladi, chang va iflosliklardan tozalanadi; konservatsiyalash moylaridan tozalanadi: akkumulyator ko‘rib chiqiladi va ishga tayorlanadi; tarkibiy qismlarda moylar sathi tekshiriladi, zarur bo‘lganda quyiladi; tarkibiy qismlar moylash apparati yordamida moylanadi; rezbali bog‘lanishlar tekshiriladi, zarur bo‘lsa tortiladi (ma’kamlanadi); tasmalar (generator, ventilyator, kompressor harakat uzatmalarining) tarangligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa rostlanadi; boshqarish mexanizmlari, zanjirlar tarangligi, shinalardagi bosim tekshiriladi va rostlanadi; dvigatelning sovitish tizimi va ta’minlash tizimi muvofiq ravishda sovitish suyuqligi va dizel yonilg‘isi bilan to‘ldiriladi; dvigatel shovqini eshitib ko‘riladi; nazorat priborlari ko‘rsatishlarining me’yordaligi tekshiriladi. Traktorni chiniqtirishda quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor chang va iflosliklardan tozalanadi; tashqi kuzatish orqali yoqilg‘i, moy, elektr oqimi bor- yo‘qligi tekshiriladi, bor bo‘lsa oqimni to‘xtatish chorasi ko‘riladi; dvigatel karteri tagligidagi moy sathi, radiatordagi sovutish suyuqligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa to‘ldiriladi; dvigatelning, boshqarish rulining, yoritish va signal jihozlarining, oyna tozalagich va to‘xtatkichlarning ish qobiliyati tekshiriladi; uch smenadan so‘ng ventilyator va generator tasmalarining tarangligi rostlanadi; traktor ko‘rib chiqiladi va tozalanadi; CHiniqtirish tugagandan so‘ng, quyidagilar tekshiriladi va zarur bo‘lganda rostlanadi: tasmalar tarangligi, shinalardagi bosim, dizelning klapanlari va “koromislo” orasidagi, mufta bog‘lanishidagi, tuzatgich va boshqarish mexanizmidagi tirqishlar rostlanadi; havo tozalagichlarga texnik xizmat o‘tkaziladi; akkumulyator batareyasi tekshiriladi, zarur bo‘lsa uni sirti, klemmalari tozalanadi distirlangan suv quyiladi; dag‘al yonilg‘i tozalash filptridan chiqindilar orqa ko‘prik to‘xtatgich bo‘limlaridagi moy, havoli ballonlardagi kondensatlar olib 210 tashlanadi; markazdan qochma moy tozalash filtri tozalanadi; gidravlik tizimning filtrlari ham tozalanadi; traktorning tarkibiy qismlar moylash jadvaliga muvofiq moylanadi; dizel va uning tarkibiy qismlarida, transmissiyada (moy tozalash filtri bo‘lmagan holda); dvigatel moylash tizimi dizel ishlamagan holatda yuviladi; traktorning tarkibiy qismlari ishlash jarayonida ko‘rish va eshitish orqali tekshiriladi. Aniqlangan va topilgan nosozliklar tuzatilishi lozim. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling