Mashinalaridan foydalanish, texnik
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26-§. Mashinalarning texnik tashxisi, turi va texnologiyasi 26.1-§. Umumiy tushunchalar
230 Nazorat savollari: 1. Mashinalar nima maqsadda chiniqtiriladi? 2. Texnikalarning texnik holatiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 3. Texnik xizmati ko‘rsatish qanday tadbirlar majmuidan iborat? 4. Rejali-ogohlantiruvchi texnik xizmat ko‘rsatish tizimining mohiyatini tushuntiring. Traktor va mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish turlari va davriyligini tushuntiring. 5. Mavsumiy texnik xizmat qachon va necha marta o’tkaziladi? 6. Har smenada texnik xizmati ko‘rsatish (KTXKT)da qanday ishlar bajariladi? Raqamli texnik xizmati ko‘rsatish (TXK-1)da qanday ishlar bajariladi? 7. Mashinalarni saqlashda (uzoq saqlashga tayyorlashda, uzoq saqlash jarayonida, uzoq saqlashdan olishda) qanday texnik xizmatlar ko‘rsatiladi? 8. Traktorlarga va murakkkab texnikalarga texnik xizmati ko‘rsatish ketma ketligini tushuntirib bering. Traktorlar va murakab mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishlar davriyligi qanday? 9. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasiga tavsif bering. 10. Traktorni chiniqtirish davrida qanday texnik xizmat ko’rsatiladi? 11. Ikkinchi texnik xizmat (TX-2)da qanday operatsiyalar bajariladi? 12. Traktorga o‘zgacha sharoitda texnik xizmat ko‘rsatish nimani anglatadi? 13. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish qaysi ko’rsatkichlarga nisbatan o’tkaziladi? 231 26-§. Mashinalarning texnik tashxisi, turi va texnologiyasi 26.1-§. Umumiy tushunchalar Tashxislashning maqsadi: mashino-traktor agregatlari, kombaynlar, qishloq xo‘jalik mashinalarini uzel, agregat yoki detalni hamda texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, rostlash va sozlash ishlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat [35]. Tashxislash texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning tarkibiy qismi bo‘lib, asosiy vazifasi - ularga sarflanadigan xarajatlarni hamda nosozlik sababli texnikaning bekor turib qolish vaqtini kamaytirishdan iborat. “Tashxis” atamasi yunoncha diagnostikos – aniqlashga qodir so‘zidan kelib chiqqan. Texnik tashxislash deganda mashinaning texnik holati va xossalarini o‘ziga xos bilvosita ko‘rsatkichlar (tashxis parametrlar) bo‘yicha aniqlash tushuniladi. Tashxislash ob’ektiv (o‘lchov asbobraridan foydalanib) va sub’ektiv (organoleptik, ya’ni sezgi organlaridan foydalanib) usulda amalga oshiriladi (rasm). Ob’ektiv usulda o‘lchov asboblari nosozlik belgisini taxlil etish uchun qulay bo‘lgan boshqa bir ko‘rinishda nomayon etsa yoki taxlil qilib natijani ko‘rsatsa, asbobdan foydalanib tashxislash deyiladi. Bunda sodda mexanik va elektron asboblar, stendlar, kompyuterlashgan va boshqa asboblardan foydalaniladi. Sub’ektiv usulda o‘lchov asboblari faqat ovozni kuchaytirish, nosozlik belgisini aniqlashtirish va tiniqlashtirib ko‘rsatishga xizmat qilsa, nosozlik belgisini ilg‘ab olish vazifasini inson sizgisi bajaradi. Bunda, stetoskop kabi asboblardan foydalaniladi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling